183. Mehnat unumdorligini oshirishning intensiv yo‘li - ...
a) mahsulotga sarflanayotgan mehnat sig‘imini kamaytirish orqali ish vaqtini tejashni aks ettiradi. Mehnat unumdorligi o‘sishining ekstensiv yo‘lida ish vaqtidan to‘liq foydalanishning salohiyatli mikoniyatlari aniqlanadi*
b) ishlab chiqarish korxonalarida samaradorlikni yanada oshirish uchun mavjud bo‘lgan lekin turli sabablarga ko‘ra foydalanilmayotgan salohiyatli imkoniyatlar tushuniladi
v) mahsulot, ish yoki xizmatlar ishlab chiqarishda yollanma mehnat sarfi miqdorining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi sabablar, harakatlantiruvchi kuchlardir
g) b va v
184. Mehnat normalar sifatini tavsiflovchi belgilar qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
a) berilgan tashkiliy-texnikaviy sharoitlar uchun korxonada belgilangan ilmiy-asoslangan sarflar normalariga, mahsulot birligiga ketadigan mehnat sig‘imi o‘lchamining mos kelish darajasi
b) normalashni hisoblash uchun yagona bazaning mavjudligi. Ish va jarayonlar o‘lchov birliklarining ularni bajarish uchun ishlab chiqilgan, ishlab chiqarishni hisobga olish tizimi, normalarga mos kelishi
v) Mehnat normalari ijrochiga faqat ko‘rsatkich bo‘yicha emas, balki tuzilmasi bo‘yicha ham tushunarli bo‘lishi kerak
g) xamma javob to‘g‘ri*
185. Mehnatdan qoniqish hosil qilish - …
a) xodimning mehnat mazmuniga, xarakteri va shart-sharoitlariga qo‘yadigan talablarining muvozanatli holati, bu talablarni amalga oshirish imkoniyatlariga subyektiv baho berishdir*
b) murakkab ijtimoiy hodisa bo‘lib, uch element birligi: mehnat muomalasi sabablari va yo‘nalishlari; real yoki haqiqiy mehnat muomalasi; xodimlarning mehnat faoliyatiga og‘zaki baho berishidan iboratdir
v) shaxs yangi mehnat vaziyatini o‘zlashtirishining ijtimoiy jarayoni bo‘lib, unda shaxs va mehnat muhiti bir-biriga faol ta’sir ko‘rsatadi va moslashuvchi-moslashtiruvchi tizimlar hisoblanadi
g) mehnat qilish qobiliyatining yo‘qolishi yoki mehnatga yaroqsizlik
186. Mehnat sig‘imi qanday o‘lchanadi?
a) MS = FCh: IK
b) MS = FCh : VP*
v) MS = VP:F
g) MS = VP : I
Do'stlaringiz bilan baham: |