1. Ishlab chiqarish jarayoni, uning mazmuni va natijalari Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi


Download 209 Kb.
bet1/8
Sana01.04.2023
Hajmi209 Kb.
#1318061
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1. Ishlab chiqarish jarayoni, uning mazmuni va natijalari Ishlab


Ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish zamonaviy tizimlarini o`rganish
Reja:

1. Ishlab chiqarish jarayoni, uning mazmuni va natijalari

2. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi.

3. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi.

4. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlari.

Ishlab chiqarish jarayoni, uning mazmuni va natijalari




Ishlab chiqarish jarayoni - bu kishilarni o’zlarining iste’moli uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatidir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko’rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir.
Kishilar o’zlarining ongli maqsadga muvofiq unumli mehnati bilan tabiat moddalarining shakllarini o’zgartiradilar va iste’moli uchun zarur bo’lgan mahsulotni vujudga keltiradilar. Mehnat jarayonida kishilar bilan tabiat o’rtasida moddalar almashinuvi bilan birga insonning o’zi ham har tomonlama kamol topib boradi, ya’ni kishilar o’zining mehnatga bo’lgan qobiliyatini, bilimini oshiradi va ularni amalda qo’llashni kengaytirib boradi.
Boshqacha qilib aytganimizda, ishlab chiqarish jarayoni iste’mol qiymatlarni vujudga keltirish uchun maqsadga muvofiq qilinadigan harakatdir, tabiat yaratgan narsalarni kishi iste’moli uchun o’zlashtirib olishdir, kishi bilan tabiat o’rtasidagi modda almashuvining umumiy shartidir, kishi hayotining abadiy tabiiy sharoitidir.
Ishlab chiqarish jarayoni insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlariga, hamma mamlakatlarga, el-yurtlarga va xalqlarga xos bo’lib, umuminsoniy kategoriyadir (tushunchadir).
Shuning uchun bu jarayon uzoq tarixga ega bo’lib, oddiy tosh va yog’och qurollardan foydalanib, eng sodda ovchilik va dehqonchilik qilishdan tortib to hozirgi zamon murakkab texnologiyasiga asoslangan robotsozlik, samolyotsozlik, kompyuter texnikalarini, zamonaviy radio va televideniye vositalarini ishlab chiqarishgacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdi. Hozirgi davrda mamlakatimiz hududida bir necha yuzlab tarmoqlar va sohalarda xalqimizning iste’moli va ishlab chiqarishning o’zi uchun zarur bo’lgan iste’mol buyumlari va asbob uskunalar ishlab chiqariladi.
Ishlab chiqarishning eng yirik sohalari sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va aloqa, qurilish, savdo, tayyorlov tashkilotlari, kommunal va uy – joy xo’jaliklari, turli xil texnik va boshqa xizmat ko’rsatish sohalaridan iborat. Har bir mamlakat o’z taraqqiyotining shu davrdagi bosqichi uchun zarur va qulay bo’lgan tarmoqlar tarkibini vujudga keltirishga harakat qiladi. Bunda resurslar cheklanganligi hisobga olinib ishlab chiqarishni o’stirish va xalqning talabini qondirish uchun o’ta zarur bo’lgan, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga, chet ellar bilan bo’ladigan hamkorlikni yuksaltirishga imkon beradigan tarmoqlarga alohida e’tibor beriladi.
Ehtiyojlar turi qancha ko’p bo’lsa shunga binoan ishlab chiqarishning tarmoq va sohalari ham kengayib boradi. Ularni o’rganish oson bo’lishi uchun ishlab chiqarish ikki katta sohaga: moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalariga bo’linadi.
Moddiy ishlab chiqarish sohalarida (sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish va boshqalar) zaruriy moddiy ne’matlar yaratiladi, xizmat ko’rsatish sohalarida esa turli xil ma’naviy ne’matlar yaratiladi va xizmatlar ko’rsatiladi. Bu ikki soha bir-biri bilan chambarchas bog’langan holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko’rsatadi.
Respublika milliy iqtisodiyotida tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarining YaIMdagi mutloq miqdori va nisbiy ulushi quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi (1-jadval).
1-jadval

Download 209 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling