1. Ishlab chiqarish korxonalarini konsentratsiyalash. Ishlab chiqarish korxonalarining ixtisoslashuvi va kooperatsiyasi


Xo`jalik yuritish shakllari, ularning umumiyligi va farqli xususiyatlari


Download 33.72 Kb.
bet7/7
Sana05.04.2023
Hajmi33.72 Kb.
#1275002
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
behruz

Xo`jalik yuritish shakllari, ularning umumiyligi va farqli xususiyatlari.

Mulk shakllarining xilma-xilligi xo`jalik yuritish usullarini farqlashni taqozo etadi. O`zbekiston Respublikasida xo`jalik yuritish usullarining yoki tadbirkorlik faoliyatining quyidagi shakllariga ruxsat berilgan:




  • yakka tartibdagi mehnat faoliyati;


  • xususiy faoliyat;


  • shirkat usulida xo`jalik yuritish;


  • aralash xo`jalik yuritish;


Yuqorida sanab o`tilgan shakllarning birinchisidan tashqari barchasida korxonalar tuzish kerak bo`ladi. Shu bois korxona turlarining hammasi xo`jalik yuritishdan xolos bo`lmasligi kerak. Korxonalarning mulkiy maqomi va xo`jalik yuritish uslubi har xil bo`ladi. Bu yerda turli korxonalar ish yuritadilar. Ularning asosiy turlari quyidagicha:

1. Xususiy korxona xususiy mulk asosida faoliyat yurituvchi korxona, fuqarolar (oila) mablag`laridan, olingan daromadlardan, kreditlardan va boshqa qonuniy manbalardan tashkil topadi.

Xususiy korxonaning asosan ikki xili mavjud. Birinchisi, xususiy faoliyat bilan bog`liq xususiy korxona bo`lib, bunda bitta shaxsga mulkdor va xodimning birlashishiga asoslanadi. Ikkinchi xil xususiy korxona - ishlab chiqarish vositasi egasi shartnoma asosida yollanma xodimlardan foydalanishiga asoslanadi.

2. Davlat korxonasi davlat reja va shartnomalariga muvofiq o`z-o`zini boshqarish sharoitida mahsulot ishlab chiqaradi va realizatsiya qiladi, ishlarni bajaradi va xizmatlar ko`rsatadi. Davlat korxonasi yuridik shaxs hisoblanadi va davlat mulki bazasida faoliyat ko`rsatadi.

3. Mas'uliyati cheklanmagan korxona - odatda jamoa mulki bo`lgan korxona, uning mol-mulki sherikchilik yo`li bilan egalik qilinadi. Uning faoliyati uchun barcha egalari javobgar bo`ladi. Hozir kichik biznes sohasida keng tarqalgan.

4. Mas'uliyati cheklangan korxona - jamoa korxonasi, lekin mol-mulki uni ta'sis etuvchilarning pay (hissa) mablag`i asosida shakllanadi. Mazkur turdagi korxonalarning alohida shakllari borki, ularga aralash firmalar, aktsioner jamiyatlar kiradi.

5. Aralash firmalar - turli mulk shakliga taalluqli firmalar. Ular xususiy, davlat va jamoa mulkining aralash mablag`lariga tayanadi. Shunday firmalar qatoridan qo`shma korxonalar ham o`rin oladi. Aralash firmalar milliy va xorijiy kapitalga tayangan korxonalardir. Ular kapitali hissadorlik qoidasiga binoan tashkil topadi, foydasi shunga qarab taqsimlanadi.



Demak, O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti hozirgi bozor munosabatlariga o`tish davrida mulkchilik va ko`p ukladlilik xususiyatiga ega hamma qonunga ko`ra fuqarolarga, tashkilotlarga va boshqa mulkdorlarga ularning mulkiy huquqini himoya qilish va ulardan samarali foydalanish uchun teng sharoitlar yaratiladi.

Bular O`zbekistonning mavjud barcha potentsialidan foydalanish asosida iqtisodiyotni ko`tarishga ta'sir etuvchi strategik yo`nalish hisoblanadi.
Download 33.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling