5.Qishloq xo‘jaligi ishlab-chiqarish logistikasida moddiy oqimlar boshqaru-vining yetaklovchi tizimlari.
Ishlab-chiqarishdagi logistik jarayonlarni tashkil etishning ikkinchi varianti, mod-diy oqimlarni boshqarishning prinsipial boshqacha usuliga asoslangan. U «yetaklovchi ti-zim» deb nomlanadi. Bu ishlab-chiqarishni tashkil etishning shunday tizimiki, unda zarur mahsulotlar keyingi bo‘g‘indan oldingisiga lozim bo‘lgan taqdirdagina yetkaziladi.
Bu yerda markaziy boshqaruv tizimi korxonaning har xil bo‘limlari orasidagi moddiy oqimlar almashinuviga aralashmaydi, va ular uchun joriy ishlab-chiqarish vazifalarini belgilamaydi. Ayrim texnologik bo‘g‘in ishlab-chiqarish texnologik zanjirining oxirgi bo‘g‘ini oldida vazifa qo‘yadi.
Yetaklovchi tizimning amal qilish mexanizmini tushunish uchun, 3.4.-rasmdagi misolni ko‘rib chiqamiz.
Faraz qilaylik meva qayta ishlash korxonasi 1500 birlik mahsulot (meva sharbati) ishlab-chiqarishga buyurtma qabul qildi. Bu buyurtmani boshqaruv tizimi qadoqlash (tayyor mahsulot) bo‘limiga jo‘natadi. Qadoqlash bo‘limi buyurtmani bajarish uchun sharbat bo‘li-midan 1500 ta qadoq mahsulotga ketadigan sharbat so‘raydi. Sharbat bo‘limi o‘z zaxirasidan so‘ralgan mahsulotni yetkazadi va uni o‘rnini to‘ldirish uchun qayla bo‘limidan 1500 ta qadoq sharbat ishlab-chiqarish uchun qayla so‘raydi. Qayla bo‘limi o‘z zaxiralaridan so‘ralgan mah-sulotni yetkazadi va uni o‘rnini to‘ldirish uchun ombordan meva so‘raydi. Shunday qilib mod-diy oqim har bir oldingi bo‘g‘in tomonidan «tortib olinadi».
Shartli belgilashlar:
-
Do'stlaringiz bilan baham: |