2.Ishlab-chiqarishni tashkil etishning an’anaviy va logistik konsep-siyalari
Ishlab-chiqarishni tashkil etishning logistik konsepsiyasi quyidagi asosiy ho-latlarni o‘z ichiga oladi:
ortiqcha zaxiralardan voz kechish;
asosiy va transport-ombor operatsiyalarini bajarish uchun ortiqcha vaqtdan voz kechish;
iste’molchi buyurtmasi bo‘lmagan mahsulotlarni ishlab-chiqarishdan voz ke-chish;
uskunalar to‘xtab turishini yo‘q qilish;
sifatsiz mahsulotlarni yo‘q qilish;
xo‘jalik ichidagi noratsional tashishlarni yo‘q qilish;
yetkazib beruvchilarni hamkorlarga aylantirish.
Logistikadan farqli o‘laroq ishlab-chiqarishni tashkil etishning an’anaviy konsepsiyasi quyidagilardan iborat:
mahsulotni iloji boricha yirik partiyalarda ishlab-chiqarish;
«har extimolga qarshi» moddiy resurslarning maksimal katta zaxirasiga ega bo‘lish.
Konseptual hollarning mazmuni shundan dalolat beradiki, ishlab-chiqarishni tashkil etishning an’anaviy konsepsiyasi «sotuvchi bozori» sharoitlari uchun eng qu-lay bo‘lsa, logistik konsepsiya «xaridor bozori» sharoitlari uchun eng qulaydir.
Talab taklifdan ko‘p bo‘lsa, hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, bozor konyuk-turasini hisobga olib ishlab-chiqarilgan mahsulot to‘liq sotiladi. Shuning uchun asosiy ishlab-chiqarish fondlari maksimal yuklash ustuvorlikga ega bo‘ladi. Shu bi-lan birga ishlab-chiqarilgan partiya qancha yirik bo‘lsa mahsulot birligining tan-narxi shuncha kam bo‘ladi. Mahsulotni sotish birinchi darajali muammo bo‘lmaydi.
Bozorga iste’molchi «diktaturasi» kelishi bilan vaziyat o‘zgaradi. Raqobat sharoitida ishlab-chiqarilgan mahsulotni sotish vazifasi birinchi o‘ringa chiqadi. Bozor talabini muntazam emasligi va oldindan bilib bo‘lmasligi sharoitida katta zaxiralar yaratish va saqlash maqsadga muvofiq emasdir. Shu bilan birga, ishlab-chiqaruvchi bitta buyurtmani ham qo‘yib yubormaydi. Bundan, paydo bo‘lgan talabga tez javob qaytara oladigan, egiluvchan ishlab-chiqarish quvvatlariga ehtiyoj paydo bo‘-ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |