Psixolog mutaxassisligiga kirish


Download 0.54 Mb.
Sana16.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1506085
Bog'liq
PSIXOLOG MUTAXASSISLIGIGA KIRISH

PSIXOLOG MUTAXASSISLIGIGA KIRISH

Psixolog - bu insonlar bilan tez muloqatga kirisha oladigan va odamlarni tushuna oladigan mutaxassis hisoblanadi.

Psixolog – insonlarning xatti-harakati, hissiyotlari, boshqalarning fikrini boshqara oladigan va shunga mahsus o’rgatilgan insondir.

Psixolog – bu o’zini yaxshi tushuna oladigan va har qanday vaziyatda ham o’zini boshqara oladigan inson.

Psixolog – bu hayot haqida ko’proq tasavvurlarga ega bo’lgan donishmanddir, uning vazifasi qiynalgan insonlarga yo’l ko’rsatib, hayotda o’z yo’llarini yo’qotgan insonlarga to’g’ri maslahat berish bilan alohida ajralib turadi.

MUTAXASSIS PSIXOLOG XUSUSIYATLARI: a) Nazariy bilimlar tizimining mavjudligi, psixika va psixologiya tushunchalarining umumlashtirilganligi b) eng tayanch nuqtasi ilmiy bilish usullaridan xabardorligi

e) har doim nazariy asoslarga ega bo’lgan metodikalardan foydlana oladi d) mas’uliyatni mijozda shakllantirib, ular bilan ishlab ularga to’g’ri yo’l ko’rsatadi.

Kasb tanlashga yo‘llash-Kasb ta’limi psixologiyasining asosiy muammosi –shaxsning kasbga yaroqliligini aniqlash, uni tayyorlash, mehnat faoliyatiga yo‘llash masalasidir. Professiografiya- Insonga qo‘yilgan talablar nuqtai nazaridan kasblar va uning o‘z ichiga olgan ixtisosliklarini umumlashtirib tavsiflanishi profissiografiya deyiladi.

Amaliy psixologiya. E.From, J.Salivin, V.Shuts, G.Shepadre, V.Bayon kabi olimlar tomonidan guruhlar psixologiyasi nazariyasining yaratilishi amaliy psixologiya borasidagi bilimlarni bir qadar rivojlantirdi. Bunda turli xil ijtimoiy psixologik treninglar orqali guruhlardagi shaxslararo munosabatlar bilan bog‘liq psixologik iqlimni kamol toptirish yo‘llarini ilk bor ko‘rsatilishi mehnat jamoalaridagi ijtimoiy psixologik xizmat vazifalarini belgilash uchun ma’lum darajada emperik ma’lumot sifatida xizmat qilishi mumkin.

Uznadze- ehtiyoj tushunchasi tirik organizm uchun zarur bo‘lgan va ayni paytda qo‘lga kiritilmagan barcha narsalarga taalluqlidir. Kagan, Margulis, Etkindlarning fikricha ehtiyoj bu kerakli narsalarning yetishmaslik oqibati. Bajovichning fikricha- ehtiyoj individ organizmi va u shaxs taraqqiyoti uchun muhim bo‘lgan zarurat.deb aytgan.

Zamonaviy psixologiyaning bo‘limlari. -Psixoprofilaktika. - Psixodiagnostika - Psixologik maslahat. - Psixokorreksiya. - Psixologik ma’rifat.

I.Shvansar shaxs taraqqiyotini diagnostika qilishning quyidagi bosqichlarini taklif etadi. -Psixologga rasmiy iltimos. -Psixologik muammoni aniqlash. -Tadqiqot medotini tanlash. -Psixologik diagnoz qo‘yish. - Amaliy tavsiyalar.

Psixologik xizmat to`g`risida nizom

O`zbekistonda psixologik xizmat haqida nizom dastlab, 1994-yilda “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limida psixologik xizmat , xalq ta’limi tizimida ishlaydigan psixologlarning malakasini oshirish va ularning attestatsiyasi haqida Nizom”ning Xalq ta`limi Vaziri J.G`. Yo`ldashev tomonidan 1996-yil 5-aprelda tasdiqlanganligi psixologik xizmatni yanada rivojlanishiga asos bo‘ldi. Nizomga 2001-yil o`zgartirishlar kiritildi.Nizomga 7-bo‘lim, kasb-hunarga yo‘naltirish ham kiritildi. Maktablarga maxsus kasb-hunarga yo‘naltirish darslari kiritildi. Ushbu darslarni psixologlar o‘ta boshladi.

2002-yil Nizomga qayta o‘zgartirish kiritildi. Bu o‘zgarishning ijobiy va salbiy tomoni bor edi. Ijobiy tomoni shundaki: psixolog xonasini jihozlash maktab, litsey, kollej ma’muriyati zimmasiga yuklatildi. Salbiy tomoni esa, o‘quvchilar kontengentining ortishida nomoyon bo‘ldi. Maktabda o‘quvchilarning soni 1000 nafar va undan ortiq bo‘lsa 1 shtat, kollejlarda 750 nafar va undan ortiq o‘quvchilarga 1 shtat birlik etib belgilangan edi. Shundan so‘ng Nizomga 2010-yilda yana o‘zgartirish kiritildi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling