1. Ishlab chiqarish omillari Ishlab chiqarish jarayonining tavsifi
Download 49.29 Kb.
|
Маъруза 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Ishlab chiqarish jarayonlarining turlanishi
- Asosiy ishlab chiqarish
Ishlab chiqarish jarayoni- korxonaning murakkab va ko‘p qirrali faoliyati asosida tashkil topgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi dastlabki xom-ashyosi tayyor mahsulotga aylantirishdir. Ishlab chiqarish jarayoni mexnat vositasi sanalgan ishlab chiqarish jarayoni mexnat vositasi sanalgan ishlab chiqarish quroli va jonli mehnat xarakati yig‘indisidan iborat bo‘lib, xom ashyoning tayyor maxsulotga aylanishiga xizmat qiladi. Har bir jarayonning asosini fuqaro mehnati tashkil qiladi. SHaxs ishlab chiqarish jarayonida mexnat vositalari (mashinalar, moslamalar va xokozalar.) yordamida mexnat predmetlari shaklini o‘zgartiradi, va natijada tayyor maxsulot ishlab chiqariladi.
3. Ishlab chiqarish jarayonlarining turlanishi Mahsulot tayyorlashning ishlab chiqarish jarayoni har xil jarayonlardan iborat bo‘ladi. Ular har biri ma’lum texnologik bosqichni o‘z ichiga oladi. Mehnat jaryoni elementlari birligi sifat va miqdoriy belgilariga binoan amalga oshadi va bir qancha yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi. Ishlab chiqarishni tashkil etishda funksional, makon va zamondagi bo‘laklarga ajratish farqlanadi. Ishlab chiqarishni tashkil qilishning funksional elementli bo‘lagi ishlab chiqarishning bir butun jaryonida texnika, texnologiya, mehnat predmeti va mehnat o‘zining ham tartiblashtirilishini nazarda tutadi. Ishlab chiqarishni tashkil etishning elementli bo‘lagini asosiy vazifasini yuqori sifatli mahsulot olishni ta’minlaydinan asbob-uskunalar, inistrumentlar, material va yuqori malakali kadrlarni to‘g‘ri tanlash hisoblanadi. Alohida ishlab chiqarish jarayonlarining (quritish, tozalash va h.k.) o‘zaro birlashishi ishlab chiqarishning makon va zamonda tashkil etilishini ta’minlaydi. Tayyor mahsulotni ishlab chiqarishni ko‘plab alohida jarayonlar yig‘indisidan iboratdir. Ma’lumki, xom-ashyoning tayyor mahsulotga aylanishida barcha jarayonlarning roli bir xil bo‘maydi. Umuman ishlab chiqarish jarayoni asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi kabi turlarga bo‘linadi. Asosiy ishlab chiqarish jarayonida qayta ishlov berilishi natajasida xom-ashyoning geometrik andozalari, o‘lchovlri va fizikaviy xususiyati o‘zgaradi va u tayyor maxsulotga aylanadi. Paxta tozalash korxonalarida bunday jaryonlarga paxta xom-ashyosini quritish va tozalash; jinlash; lintrlash; tola, momiq va chigitni tozalash; presslashlar kiradi. Download 49.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling