1. Ishlab chiqarish omillari Ishlab chiqarish jarayonining tavsifi


Ishlab chiqarish jarayonining tashkil etish usullari


Download 49.29 Kb.
bet9/10
Sana20.12.2022
Hajmi49.29 Kb.
#1034695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Маъруза 4

5. Ishlab chiqarish jarayonining tashkil etish usullari

Sanoatda ishlab chiqarish jarayonining tashkil etish quyidagi usullarda amalga oshiriladi: yakka, oqimli, partiyali. Ushbu usullar bir-birlaridan ish joyining ixtisoslashtirilganlik darajasi, vaqt bo‘yicha operatsiyalar qo‘shilishi turlari, ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz jarajasi, sex va bo‘limlar shakllanishi tamoyillari bo‘yicha farqlanadi.


Ishlab chiqarishni tashkil etishning yakka usuli juda murakkab texnikani ishlab chiqarishda, shuningdek tajriba ishlab chiqarishda, tikuv sanoatida esa alohida buyumni tikishda qo‘llaniladi. ¥ar bir buyum bir-biridan fasoni, ko‘rinishi, o‘lchami, mavsumbobligi, aholining turli guruhlarga mosligi, tikishda ishlatiladigin gazlamasi bilan farqlanib, o‘zining texnologik va konstruktiv xususiyatlariga ega. Ishlab chiqarishning bu turiga aterelar va yakka tartibda buyurma bilan kiyim tikuvchi ustaxonalar misol bo‘la oladi.
Ishlab chiqarishni tashkil etishning partiyali usuli mahsulotni seriyali ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Ish jarayonida maxsus va universal asbob-uskunalardan foydalaniladi. Ushbu asbob-uskunalar chiziqli va guruhlar bo‘yicha joylashtirilgan bo‘ladi. Ishlab chiqarishni tashkil etishning Ushbu usuli seriyali va kichik seriyali ishlab chiqarishlarda keng tarqalgan. Masalan, mashinasozlik korxonalarida detallarni tayyorlash jarayonida, paxta tozalash korxonalarida esa arra xo‘jaligida ushbu usul qo‘llaniladi.
Ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil etishning kompleks tuzilishida oqimli ishlab chiqarish muhim o‘rin egallaydi. U o‘zida ishlab chiqarish jarayonining munday tuzilmasini mujassam etadiki, unda xom-ashyo va materiallar tayyor mahsulotga aylanishida belgilangan uslubda uzluksiz, texnologik ketma-ketlikda va barcha operatsiyalarga bir vaqtda qayta ishlanadi. Oqimni ishlab chiqarishda texnologik jarayon bir xil taktda operatsiyalarga bo‘linadi. Operatsiyalar taktlarini to‘g‘rilash jarayonining proporsional bo‘lishligi uchun hamda operatsiyalar oralig‘ida zahiralarni kamaytirish yoki umuman bo‘lmasligini ta’minlash uchun zarur bo‘ladi.
Paxtachilik ishlab chiqarishi oqimli ishlab chiqarish sanaladi,Ushbu jarayonda har bir agregat o‘ziga xos alohida vazifasini bajaradi.£uritish barabanlari paxta xom-ashiyooni quritib,undan namlikni ajratadi;tozalagichlar – mayda va yirik iflosliklardan tozalaydi;jinlar toladan chigitni ajratadi, linterlar chigitdagi kalta tolalarni ajratib oladi va hokazo. Barcha asbob- uskunalar bir-birlari bilan pnevmotransport yoki boshqa turdagi mexanik transportyorlar yordamida bog‘langan. Paxta tozalash korxonalarida chegaralangan nomenklaturadagi mahsulotlar (tola,chigit,momiq) ishlab chiqarilganligi bois, oqimli ishlab chiqarish tashkil etilgan bo‘lib,maxsus asbob-uskunalar biriktirilgan. Paxtachilik ishlab chiqarishni uzluksiz oqimli ishlab chiqarash sanalib unda barcha jarayonlar davomiyligi nuqtai nazaridan teng yoki takrorlanuvchidir.Ushbu jarayonda uzluksizlik darajasi juda yuqoridir.Oqimli ishlab chiqarishning oliy shakli-avtomatik oqim bo‘lib, bunda bir butun majmuada texnologik asbob-uskunalar,transport uskunalari,markaziy avtomatik nazorat tizimi hamda mehnat predmetlariga qayta ishlab berish va ular harakati jarayonlarini boshqarish birlashtiriladi. Oqimli ishlab chiqarish kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish uchun keng yo‘l ochib beradigan nisbatan ilg‘or va istiqbolli ishlab chiqarishni tashkil etish usuli hisoblanidi.
Yuqori hajmdagi ishlab chiqarishda ixtisoslashtirish darajasining yuksakligi, mehnatni tashkil etishning ilg‘orligi mehnat unumdorligi yuqori bo‘lishligini ta’minlaydi.
Oqimli ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi mahsulot tannarxi pasayishida ham ro‘y beradi. Transport jarayonlari davomiyligi kamaytirilishi oqibatida ishlab chiqarish siklining kamayishi, ishlab chiqarish maydonlari qisqartirilishi, omborlar sonining kaytirilishi oqibatida mahsulot ishlab chiqarish xrajatlari sezilarli pasaytiriladi va natijada korxona foydadorlik darajasi oshishi ta’minlanadi.



Download 49.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling