1. Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayonining mazmuni


Download 353.98 Kb.
bet22/28
Sana04.05.2023
Hajmi353.98 Kb.
#1425319
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Bog'liq
3 Мавзу Ishlab chiqarish va iqtisodiy tizimlar, mulkchilik

3.1-diagramma.

Diagrammadan ko‘rinadiki, mamlakatimizda ro‘yxatga olingan jami korxonalarning 7,0 foizini davlat mulkidagi korxonalar, 93,0 foizini mulkchilikning nodavlat shaklidagi korxonalar, shundan, 56,1 foizini – fermer va dehqon xo‘jaliklari, 20,8 foiz – xususiy korxonalar, 0,9 foiz – xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar, 0,4 foiz – aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etgan.
Shuningdek, mamlakat yalpi ichki mahsuloti tarkibida nodavlat sektorining ulushi ham sezilarli darajada oshib bormoqda (3.2-diagramma).
3.2-diagramma.

Diagrammadan ko‘rinadiki, 2016 yilda YAIMning 20,6 foizi davlat mulkiga asoslangan korxonalarda yaratilgan bo‘lsa, 79,4 foizi nodavlat mulkiga asoslangan korxonalarda yaratilgan. Jumladan, 32,4% - fuqarolar mulki, 24,3% - xo‘jalik birlashmalari, 12,8% - qo‘shma korxonalar, 6,7% - fermer va dehqon xo‘jaliklari, 3,2% - nodavlat mulkining boshqa ko‘rinishlarida yaratilgan.

O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo‘llari va usullari


Bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy sharti ko‘p ukladli iqtisodiyotni va raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Shu sababli respublikamiz Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov mulkchilik masalasini hal qilishni «...bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo‘lib xizmat qiladi»4 deb alohida ta’kidlab ko‘rsatadi. Uzoq yillar mobaynida respublikamiz iqtisodiyotida umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa davlatlashtirilgan mulk to‘liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan mulk sub’yekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat a’zolari o‘rtasida bu mulkga «hech kimniki», «davlatniki», «birovning mulki» deb qarashlarining shakllanishiga olib keldi.
Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o‘tish davrida mulkchilikda davlat sektorining salmog‘i ancha yuqori bo‘lgan mamlakatlarda bu mulkning ma’lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonunida (1991 yil 19 noyabr) quyidagicha ta’rif beriladi:
Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, aksiyali jamiyatlarga, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo‘lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
Ushbu masalaga Harakatlar strategiyasida xususiy mulk huquqi va kafolotlarini himoya qilishni ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‘lidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‘liq erkinlik berish, “Agar xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va kuchli bo‘ladi” degan tamoyilni amalga oshirish borasidagi tadbirlarga alohida e’tibor qaratilgan.

Download 353.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling