1. Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayonining mazmuni


Download 353.98 Kb.
bet27/28
Sana04.05.2023
Hajmi353.98 Kb.
#1425319
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
3 Мавзу Ishlab chiqarish va iqtisodiy tizimlar, mulkchilik

Ishlab chiqarish funksiyasi – ishlab chiqarish omillari bilan uning samaralari o‘rtasidagi bog‘liqlikni bildiradi.
Qo‘shilgan kapital – ishlab chiqarishda mavjud band bo‘lgan kapital miqdori ustiga yangi qo‘shimcha ravishda sarflangan kapital, boshqacha qilib aytganda kapital miqdorining o‘sgan qismi.
O‘rtacha mahsulot – jalb qilingan ishchi kuchi va kapitalning bir — birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulot miqdori.
So‘nggi qo‘shilgan mahsulot – so‘nggi qo‘shilgan omil (kapital yoki ishchi kuchi) evaziga o‘sgan mahsulot.


Ishlab chiqarish usuli - ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari birligi hamda o‘zaro ta’siri.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar - ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birligi.
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar - bu kishilar uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va is’temol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Ishlab chiqarishning texnologik usuli - mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish majmui.
Mulkchilik munosabatlari - mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni o‘zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Mulkdan foydalanish - mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol qilinishi.
Mulqni tasarruf etish - mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish.
Mulkka egalik qilish - mulkdorlik huquqining uning egasi qo‘lida saqlanib turishi va yaratilgan moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning ijtimoiy shakli.
Mulk ob’yektlari - mulkka aylangan barcha boylik turlari.
Mulk sub’yektlari - mulk ob’yektini o‘zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari.
Xususiylashtirish - mulkka egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o‘tishi.

Download 353.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling