1. Ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan zaharli va zararli moddalar (zzm)
Ishlab chiqarish xonasi havosi tarkibidagi zararli moddalarning eng yuqori yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyalari
Download 91.56 Kb.
|
Zararli moddalarning insonga tasiri
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zaxarlovchi moddalarning inson orgaizmiga ta’siri.
Ishlab chiqarish xonasi havosi tarkibidagi zararli moddalarning eng yuqori yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyalari
Texnologik jarayonlarning va ish zonasiga zaharli moddalarning tushishiga qarshi kurash vositalarining hozirgi darajasida ishchilarning nafas olish zonasida zaharlarning bo‘lmasligini talab etish, albatta, me’yoriy holat hisoblanadi. Shunday natijaga erishish esa juda mushkul texnik vazifa bo‘lib, uni ato etish katta moddiy xarajatlar bilan bog‘liqdir. Shunga ko‘ra, mehnat gigienasida zaharli va zararli moddalarning (ZZM) havodagi eng yuqori yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyalarni (EYuK), ya’ni bezarar miqdorlarini asoslash zarurati vujudga keldi. Zaxarli va zararli moddalar (ZZM) - deb, inson organizmiga oz mikdorda tushib, unda tukimalar bilan kimyoviy yoki fizik - kimyoviy uzaro ta’sirga kirishadigan va muayyan sharoitlarda sog‘likning buzilishiga olib keladigan moddalarga aytiladi. Mexnat faoliyati sharoitlarida ta’sir etadigan ZZMlar ishlovchilarni ish kobiliyatini pasaytiradi, kasbiy kasalliklarga sabab buladi. Ishlab chikarishning xom-ashyo , oralik va oxirgi maxsulotlari, aralashmalar, yordamchi moddalar, chikindilarni xam ZZMlar katoriga kiritish mumkin. ZZMlar kattik, suyuk, gaz, par xolatlarda bulishi mumkin. GOST 12.1.005-88 ning "Ish zonasi havosi" bo‘limida bu eng yuqori yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyalar quyidagicha belgilanadi: ish zonasi havosida zararli moddalarning yo‘l qo‘yiladigan zichlik miqdorlari 8 soat davomidagi kundalik ishda (dam olish kunlaridan tashqari) yoki boshqacha davomlilikda, biroq haftasiga 40 soatdan oshmagan mehnat jarayonida, butun ish faoliyati davomidagi ish jarayonida yoki hozirgi va kelgusi avlodlar hayotining keyingi davrlarida zamonaviy tekshirish usullari bilan aniqlanadigan kasalliklar yoki sog‘lik holatida chetlanishlar keltirib chiqara olmaydigan konsentratsiyalardir. Ishlab chiqarishda eng yuqori yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyalarni belgilashda: a) moddalarning fizik-kimyoviy xossalari hisobga olinadi; b) tajriba tekshirish natijalaridan foydalaniladi: v) ishlab chiqarishdagi gigienik kuzatuvlar ma’lumotlariga, ishchilarning sog‘liq holati va kasallanishga doir materiallarga ham amal qilinadi. Ishlab-chiqarishga yangi kiritiladigan kimyoviy birikmalar uchun materiallarning dastlabki ikki guruhidan va agap yangi texnologiyani ishlab chiqarish jarayonida laboratoriya-ishlab chiqarish uskunalarida olingan gigienik ma’lumotlar bo‘lsa, ulardan ham foydalaniladi. Bunday hollarda tavsiya etilgan EYuK gigienik kuzatuv ma’lumotlari, shuningdek korxonalaridagi ishchilarning sog‘liq holati va kasallanish ma’lumotlarini yig‘ishga qadar, ilgari taklif etilgan EYuK aniqlash maqsadida vaqtinchalik hisoblanadi. EYuKni asoslashda moddalarning tarkibiy va tuzilish formulasi, molekular massasi va nisbiy zichligi, erish va qaynash nuqtasi, turli muhitlarda eruvchanligi, kimyoviy reaksiyaga kirishish xususiyati va zaharli xossalarning yuzaga chiqishiga ta’sir qila oladigan va havodagi zaharning ta’sir etadigan konsentratsiyalari paydo bo‘lishi imkonini belgilaydigan qator boshqa ko‘rsatkichlar hisobga olinadi. EYuKni belgilashda havodagi moddani kimyoviy yoki fizik usulda tekshirish majburiy hisoblanadi. Ish xonasi havosidagi zararli moddalar EYuKni belgilash maqsadida tajriba tadqiqotlari to‘liq yoki qisqartirilgan hajmda bajarilishi mumkin. Oxirgi holda tavsiya etilgan EYuKning taxminiy miqdori hisoblash usuli yordamida olinishi mumkin. Zaharli moddalarning EYuKlaridan ishlab chiqarishdagi sanitariya sharoitiga, sog‘lomlashtirish tadbirlarining, masalan, shamolatish samaradorligiga baho berishda, shuningdek yangi sexlar va zavodlarni loyihalashda amalda foydalaniladi. Zaharli moddalar EYuK ro‘yxati tinimsiz kengaymoqda. EYuKlari esa gigiena fani nazariya va amaliyotidan olingan ma’lumotlar bilan to‘ldirilib, qaytadan ko‘rib chiqilmoqda. Ishlab chiqarish korxonalaridagi zaharli moddalarning EYuK, shuningdek ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan zaharlarning zaharlilik sinflariga qarab ham belgilanadi. GOST 12.1.007-76 ga asosan zaharli moddalar organizmga ta’sir ko‘rsatish darajasiga qarab 4 sinfga bo‘linadi: o‘ta xavfli, yuqori xavfli, o‘rtacha xavfli va kam xavfli moddalar. Zaxarlovchi moddalarning inson orgaizmiga ta’siri. ZZMlar organizmga umumiy yoki maxalliy ta’sir kilishi mumkin. Umumiy zaxarlanishlarda zaxar konga surilib, ayrim organlar, asab tizimi kon xosil kilish organlari zarar ko‘radi. Maxaliy zaxarlanishda tukimalar, terining yallig‘lanishi kabi xodisalar ruy beradi. Zaxarlanishning kuyidagi shakllari mavjud: o‘tkir zaharlanish - kiska muddatda katta mikdorda ZZM ta’siri natijasida ro‘y beradi; surunkali zaharlanish - organizmga ZZMning nisbatan oz mikdorda, astasekin, uzok vakt davomida ta’siri natijasida paydo buladi. Ishlab chikarishda ZZM juda kup salbiy okibatlarga xam sabab buladi. Ular organizmning immunbiologik karshiligini pasaytiradi: yukori nafas yullari katori, sil, buyrak, yurak - qon tomirlari tizimi kasalliklari kabilar rivojlanishiga imkon berishi mumkin. Allergik (astma, ekzema va boshqa), avloddan avlodga o‘tuvchi , mayibmajruxlikka olib keluvchi va bir qator keyinchalik avj oladigan okibatlar keltirib chikaradigan ZZMlar mavjud. ZZM ichida o‘smalar rivojlnishiga imkon beradigan kanserogen moddalar mavjud bulib, ular jumlasiga turli murakkab moddalar kiradi. Download 91.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling