1. Ishlab chiqarishlar (texnologiyalar): a) ko‘mir, kon-ruda va noruda sanoati hamda geologiya va marksheyderlik faoliyati sohasida
d) kimyo, metallurgiya va neft-gazni qayta ishlash sanoati sohasida
Download 24.39 Kb.
|
Xavfli ishlab chiqarishlar
d) kimyo, metallurgiya va neft-gazni qayta ishlash sanoati sohasida:
siniq parchalar (lom)ga ishlov berish presslari; qoliplash presslari; chig‘irlash (prokat) va cho‘zish uskunalari (stanlar); konveyyerlar; relsli va relssiz tashish vositalari; texnologik quvuro‘tkazgichlar va ularning uskunalari; ammiakli sovutish qurilmalari; e) kimyo, neft-kimyo, neft va gazni qayta ishlash sanoatlari, shuningdek sellyuloza-qog‘oz, tibbiyot, oziq-ovqat, yengil va sanoatning boshqa tarmoqlarida portlash-yonish xavfi yuqori bo‘lgan, toksik, zaharli hamda agressiv (tajovuzkor) muhitlarida ishlaydigan asbob-uskunalar: kolonnali apparatlar, issiqlik almashtirish, quritish, shu jumladan quritish barabanlari, aylanma harakatlanadigan pechlar va utilizatsiyalash qozonlari, fizik-kimyoviy jarayonlar apparatlari (kimyo va metallurgiya sanoati pechlari, kristallashtiruvchilar, bug‘lantirish apparatlari va qurilmalari, ekstraktorlar, elektrolizyerlar, ozonlashtirish, havoni quritish uskunalari, kontakli apparatlar); ichki qurilmalarsiz, qo‘zg‘almas ichki qurilmali, notsilindrlik, ichki qurilmalarsiz va qo‘zg‘almas ichki qurilmali, mexanik aralashtirish qurilmali, issiqlik almashish qurilmalari bo‘lmagan silindrsimon idishlar va sig‘im apparatlari; suyuqlik filtrlari, suyuq bir jinsli bo‘lmagan tizimlarni markazdan qochma kuch hisobiga va gravitatsiya ta’sirida har xil suyuqliklarni ajratishga mo‘ljallangan uskunalar; materiallarga fizik-mexanik ishlov berish uskunalari (sochiluvchan va pastasimon materiallar tegirmonlari, qorg‘ichlar); dozatorlar, titgichlar, ta’minlagichlar (pitatel), donalashtirgichlar (klassifikatorlar), polimer materiallar qayta ishlash uskunalari; metallarga gaz-alangali ishlov berish uchun kislorod, kriogen, kompressor, sovutish uskunalari; vakuumli va yuqori vakuumli nasoslar va agregatlar; but texnologik liniyalar, havoni parchalash (bo‘lish) qurilmalari, kamyob gazlar uskunalari, barcha turdagi sovutish qurilmalari (maishiy qurilmalardan tashqari); suyultirilgan gazga mo‘ljallangan barcha turdagi va tuzilishdagi sig‘im va ballonlar (SO2, xlor, kislorod va hokazo); yopish-rostlash armaturasi va saqlash qurilmalari, nazorat-o‘lchash asbob va uskunalari, gazsimon tashlamalarni utilizatsiyalash va yoqish mahalliy qurilma uskunalari, texnologik quvuro‘tkazgich va inshootlar; portlash xavfi yuqori bo‘lgan, toksik va tajovuzkor (agressiv) muhitlarni ko‘chirishga mo‘ljallangan tortish-puflash mashinalari va shamollatish uskunalari; yuqorida ko‘rsatilgan xavfli ishlab chiqarishlarda qo‘llaniladigan avariyaga qarshi himoya tizimlari va ularning elementlari, shuningdek portlashdan himoyalangan boshqa asbob-uskunalar; Download 24.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling