1. Ishlab chiqarishning mazmuni va uning omillari Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi Ishlab chiqarish funksiyasi


Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlari


Download 96.73 Kb.
bet5/6
Sana01.05.2023
Hajmi96.73 Kb.
#1419036
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mekhame

4. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlari

Ishlab chiqarish samaradorligi ishlab chiqarishning pirovard natijasi bilan unga


qilingan xarajatlar o‘rtasidagi nisbatni anglatadi. Boshqacha aytganda, samara
dorlik ―natija‖ va ―xarajat‖ nisbatini aks ettiradi ya‘ni, ―natija‖/ ―xarajat‖.
Butun milliy xo‘jalik darajasida uning natijalarining iqtisodiy resurs sarf
xarajatlariga nisbati milliy ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligining asosiy
ko‘rsatkichidir. Samaradorlikning mavjud darajasida jamiyat a‘zolari biror
qismining iqtisodiy ahvolini yomonlashtirmasdan boshqasining ehtiyojlari
qondirilish darajasini oshirish mumkin emas. Bunday holat Pareto – samarasi deb nomlanadi. (Italiyan iqtisodchisi V. Pareto nomi bilan).
Foyda miqdori va uning normasi ishlab chiqarish samaradorligining asosiy mutloq va nisbiy ko‘rsatkichidir. Foyda normasi (P1) olingan foyda massasining (F) ishlab chiqarishga sarflangan resurs xarajatlariga (W) nisbati bilan aniqlanadi, ya‘ni:

Bu erda: R1– foyda normasi,W– ishlab chiqarish xarajatlari. Ishlab chiqarish samaradorligi ko‘p qirrali tushuncha bo‘lganligi sababli, qayd qilingan birgina asosiy ko‘rsatkichda, uni to‘liq ravishda har tomonlama


ifodalab bo‘lmaydi. Shuning uchun iqtisodiy reserslardan samarali foydalanish


darajasini tavsiflovchi unimdorlik ko‘rsatkichlardan ham foydalaniladi.
Mehnat unumdorligi ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot
yaratish qobiliyati yoki ishlab chiqarilgan mahsulotning sarflangan mehnat
miqdoriga nisbati bilan belgilanadi. MU=M/V.
Bu erda, MU mehnat unumdorligini, M mahsulotning hajmi, V sarflangan ish
vaqti. Mehnat unumdorligi sarflangan mehnatning har birligi hisobiga ishlab
chiqarilgan mahsulot miqdorini bildiradi. Samaradorlikni aniqlashda kapital unumdorligi ko‘rsatkichidan ham foydalaniladi va u ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning birligi evaziga olingan mahsulot, daromad yoki foyda miqdorini ko‘rsatadi KU=M/K;
KU=YAD/K ; KU=F/K; bu erda KU – kapital unumdorligini, K – ishlab
chiqarishda qatnashgan kapital miqdorini, M – mahsulot, YAD – yalpi daromad, F – foyda. Ishlab chiqarishning muhim omillaridan biri yer hisoblanishi sababli undan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichi olingan mahsulot hajmining yer maydoniga (gektarga) nisbati yoki ekinlar hosildorligi bilan aniqlanadi.
Samaradorlikni aniqlashda mahsulotning mehnat sig‘imi, material sig‘imi,
energiya sig‘imi kabi ko‘rsatkichlar ham qo‘llanilib, ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotning har bir birligini yaratish uchun ketgan mehnat, energiya va moddiy ashyolar miqdorini ifodalaydi.
Bu ko‘rsatkichlarning har biri ishlab chiqarishda qatnashgan turli omillar
samaradorligini ifodalab, bir-birini to‘ldiradi.
Ishlab chiqarish samaradorligi har qanday darajada uning natijalari miqdoriga to‘g‘ri, iqtisodiy resurs sarf-xarajatlari hajmiga teskari mutanosiblikda o‘zgaradi.
Ishlab chiqarish natijalari miqdori o‘zgarmay qolganda xarajatlarning kamayishi uning samaradorligi oshishini bildiradi va aksincha.
Shu sababli samaradorlikni oshirishga boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda
ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmini ko‘paytirish va unga sarflanadigan
harajatlarni kamaytirish, ya‘ni tejamkorlik tamoyillariga amal qilish orqali
erishiladi. 2017-2021 yillar O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
―Harakatlar strategiyasi‖* da ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosatini davom ettirish hamda eng avvalo iste‘mol tovarlari va butlovchi buyumlar importining o‘rnini bosish, tarmoqlararo anoat kooperatsiyasini kengaytirishga tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiyava diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirishning ustuvor yo‘nalishi sifatida qaraladi.

___________________________________

7Мирзиѐев Ш.М. Танқидий таҳлил қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак.Т.: «Ўзбекистон», 2017 14-январь.14 бет.
8 Ўша жойда. 26 бет.
* кейинги ўринларда қисқача ―Ҳаракатлар стратегияси‖ деб кетилади.7Мирзиѐев Ш.М. Танқидий таҳлил қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак.Т.: «Ўзбекистон», 2017 14-январь.14 бет.
8 Ўша жойда. 26 бет. кейинги ўринларда қисқача ―Ҳаракатлар стратегияси‖ деб кетилади.


Download 96.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling