1. Ishlab chiqarishning mazmuni va uning omillari Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi Ishlab chiqarish funksiyasi


Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi


Download 96.73 Kb.
bet3/6
Sana01.05.2023
Hajmi96.73 Kb.
#1419036
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mekhame

2. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi

Ehtiyojlarning doimo yuksalib borishi resurslarning cheklanganligi sababli


ularni to‘la qondirish uchun zarur bo‘lgan miqdorda tovar (xizmat)larni ishlab
chiqarishning imkonini bermaydi. Shu sababli cheklanganlik tanlovda
muqobillikni taqozo etadi.
Oila byudjetini cheklanganligi hayot kechirish uchun zarur buyumlarni qaysi birini xarid qilishni, vaqtimizni cheklanganligi qaysi ishni bajarishimizni,
resurslarni cheklanganligi ularni qaysi tovar (xizmat)larni ishlab chiqarish, davlat byudjetining cheklanganligi ularni qanday maqsadlar uchun ishlatishni tanlashni zarur qilib qo‘yadi. Tanlash to‘g‘risidagi qarorlarni muqobil qiymatlarni taqqoslash asosida chiqaramiz. Tanlovning muqobil qiymati deb, uning natijasida voz kechilgan imkoniyatlar ichidan bu maqsad uchun eng katta naf keltiruvchi yoki qadrlanuvchi qiymatga aytiladi Muqobil qiymat doimiy, o’sib boruvchi va pasayib boruvchi bo‘lishi mumkin. Muqobil qiymatni ilmiy abstraktsiya usulini qo‘llab, ikki tur mahsulot ishlab chiqarish misolida tahlil qilamiz. Iqtisodiyoda ikki xil mahsulot - guruch va avtomobil ishlab chiqariladi deb, faraz qilamiz

Barcha resurslar 100 birlikdan iborat. 1 tonna guruch etishtirish uchun 2 birlik, bir dona avtomobil ishlab chiqarish uchun 4 birlik resurs zarur. Agarda guruchni X, avtomobilni Y bilan belgilasak, mavjud resurslardan foydalanib ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan tovarlar miqdori o‘rtasidagi bog‘lanish quyidagicha bo‘ladi

2X+4Y=100

Ishlab chiqarish imkoniyati chegarasi

Agar mavjud resurslardan faqat avtomobil ishlab chiqarsak, u 25 ta, faqat


guruch etishtirsak 50 tonnaga teng keladi. Birinchi tovarni ishlab chiqarishni
ko‘paytirish, albatta ikkinchisining kamayishi hisobiga ro‘y beradi. Jadval ma‘lumotlarini grafikda aks ettirsak, ikki turdagi mahsulot ishlab chiqarishning turlicha uyg‘unlashuvi mavjud bo‘lishiga ishonch hosil qilamiz.


Resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning asosi bo‘lgan ishlab
chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo‘yadi. Ishlab chiqarish imkoniyati
mavjud iqtisodiy resurslardan to‘laroq foydalanish evaziga eng ko‘p mahsulot
ishlab chiqarish salohiyatini anglatadi. U ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini
ifodalaydi. Yangi texnika va texnologiyalarning yaratilishi hamda ularning ishlab
chiqarishga jalb qilinishi imkoniyatlar chegarasining kengayishiga olib keladi. Yangi texnikalar va texnologiyalar, bir tomondan, unumdorlikni, oshirish, energiya, yonilg‘i, mehnat va boshqa moddiy resurslarni tejash, ikkinchi tomondan, resurslarning yangi manbalarini topib, iqtisodiy faoliyatga jalb etish imkonini beradi. Bunga jahon okeanining uzoq va chuqur joylaridagi resurslaridan, quyosh energiyasidan foydalanish va shu kabilarni misol qilib keltirish mumkin.

Resurslar cheklanganligi sharoitida ularni tejab ishlatish tovar turlarining muqobil variantlaridan eng optimal darajasini tanlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.


Tanlovning variantlari nihoyatda xilma-xil bo‘lib, bu qaror qabul qilishni
qiyinlashtiradi. Muqobil variantlardan birini tanlash uchun ularga qilinadigan sarf - harajatlarni taqqoslashga to‘g‘ri keladi. Shunday qilibturli variantlardan birini tanlash qolganlaridan voz kechishga yoki ularning miqdorini kamaytirishga olib keladi. Insonning butun hayoti tanlov asosida qanday qarorga kelishiga bog‘liq.
Iqtisodiyot nazariyasi fani mavjud cheklangan iqtisodiy resurslardan qanday qilib foydalanilganda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini to’laroq qondirib borish mumkin,
degan muammo ustida bosh qotiradi. Bunda, birinchidan, iqtisodiy resurslardan
foydalanishning turli xil muqobil variantlari mavjud bo’lishi ko’zda tutilib, ulardan eng samaralisi, ya’ni jamiyat ehtiyojlarini ancha to’laroq qondiradigan miqdorda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish imkonini beradigan turini tanlab olishga harakat qilinadi.
Ikkinchidan, iqtisodiy resurslar nisbatan cheklanganligi sababli jamiyat a’zolarining barcha ehtiyojlarini birdaniga qondirish mumkin bo’lmaydi. Shuning uchun jamiyatga qaysi mahsulotlarni ishlab chiqarish, qaysilaridan vaqtincha voz kechish lozimligini hal qilish, ya’ni tanlashni amalga oshirish zarur bo’ladi. Shunday tanlash orqali, resurslarning mavjud darajasida mahsulot olishning aniqlangan eng yuqori miqdori jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatini ko’rsatadi. Jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatidan to’liq foydalanish uchun, iqtisodiy resurslarning to’liq bandligiga erishish va ishlab chiqarishning to’liq hajmini ta’minlash zarur.To’liq bandlilik deganda biz ishlab chiqarishga yaroqli bo’lgan barcha resurslardan to’la unum bilan foydalanishni tushunamiz. Ishchi majburiy ishsiz bo’lib qolmasligi, iqtisodiyot ishlashni xohlagan va unga layoqatli bo’lgan barchani ish bilan ta’minlashi zarur, haydaladigan erlar yoki ka’ital uskunalar ham bo’sh qolmasligi lozim.

Ishlab chiqarishning to’liq hajmi, resurslarni samarali taqsimlashni, ya’ni ulardan mahsulotning umumiy hajmiga eng ko’’ hissa qo’shadigan qilib foydalanishni va mavjud texnologiyalarning eng yaxshisini qo’llashni ham bildiradi.




Download 96.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling