1. Ishlab chiqarishning mazmuni va uning omillari Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi Ishlab chiqarish funksiyasi


Download 96.73 Kb.
bet4/6
Sana01.05.2023
Hajmi96.73 Kb.
#1419036
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mekhame

3. Ishlab chiqarish funktsiyasi

Ishlab chiqarish jarayonida turli omillarning birgalikda ishlatilishi natijasida


mahsulot, va xizmatlar yaratiladi. Ular qiymat o‘lchovida korxonalar darajasida yalpi mahsulotni milliy iqtisodiyot ko‘lamida milliy mahsulotni tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish omillari bilan uning natijalari o‘rtasidagi bog‘liqlik ishlab
chiqarish funktsiyasi deb ataladi. Masalan, ishlab chiqarish omillari Er /E/, kapital
/K/ va ishchi kuchi /V/dan olingan mahsulotni /M/ dan iborat deb olsak, ishlab
chiqarish funktsiyasi M=F /E. K. V/ ko‘rinishni oladi.
Ishlab chiqarish funktsiyasi jalb qilingan omillar birligi evaziga olingan
mahsulot hajmini bildiradi. Bundan tashqari, mazkur ko‘rsatkich mahsulotning
mavjud hajmini ishlab chiqarishga qancha resurs sarfi talab qilinishini aniqlash
imkonini beradi.
Ishlab chiqarishda foydalaniladigan turli xil resurslar sarfini birdaniga yoki ularning ayrim turlarini ko‘paytirish yo‘li bilan mahsulot hajmini oshirish mumkin.
Lekin boshqa omillar teng bo‘lgan sharoitda ayrim resurslar sarfini oshirish yo‘li bilan mahsulotni cheksiz ko‘paytirib bo‘lmaydi. Masalan, ishlab chiqarish binolari, mashina, stanok va boshqa asbob-uskunalar miqdori o‘zgarmagan holda ishchilar sonini va xomashyoni ko‘paytirish yo‘li bilan mahsulotni ma‘lum miqdorgacha oshirib borish mumkin.
Ammo ma‘lum darajaga borgandan keyin qo‘shimcha jalb qilingan ishchi kuchi yoki xomashyolar samarasi kamayadi. Ikkinchidan, ishlab turgan ishchilar soni o‘zgarmagan holda ularni yangi texnika va texnologiyalar bilan qurollantirish, ya‘ni har bir ishchiga to‘g‘ri keladigan kapital miqdorini oshirish hisobiga ham mahsulotni ko‘paytirishga erishish mumkin. Iqtisodiyotning barcha darajasida resurslardan foydalanish va ularning miqdorini oshirish evaziga olingan mahsulotni uch xil o‘lchamda aniqlash mumkin: umumiy mahsulot, o’rtacha mahsulot va qo’shilgan mahsulot.
Umumiy mahsulot jalb qilingan asosiy kapital, ishchi kuchi, xom ashyo va
materiallardan foydalanish evaziga olingan mahsulotning mutloq hajmidir.
O‘rtacha mahsulot (O‘M) esa jalb qilingan ishchi kuchi (V) yoki kapitalning
(K) bir birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulot miqdori. Bu esa umumiy mahsulot (M)
hajmini umumiy resurs (ishchi kuchi yoki kapital) miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan
aniqlanadi. O‘M=M/V. (yoki O‘M=M/K)
Qo‘shilgan mahsulot eng keyingi qo‘shilgan (o‘sgan) ishchi kuchi yoki
kapital hisobiga olingan mahsulot miqdorini anglatib qo‘shilgan omil,
(qo‘shilgan kapital yoki qo‘shilgan ishchi kuchi) unumdorligini ko‘rsatadi.
Yuqorida qayd qilingandek alohida olingan resurs evaziga qo‘shilgan
mahsulot ma‘lum darajaga borgandan keyin kamaya boshlaydi. Marjinalistlar
qo‘shilgan resurs unumdorligining pasayib borishini hisobga olib, marjinalistlar
unumdorlikning kamayib borish qonunini ochib berishgan. Ularning g‘oyasi bo‘yicha har bir keyingi qilingan xarajat yoki resurs oldingisiga qaraganda kamroq samara beradi va oqibatda uning hisobiga olingan o‘rtacha mahsulot ham pasayib boradi.


Download 96.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling