1-Ishsizlik darajasi ishsizlarning ishchi kuchi tarkibidagi foizli nisbati


Download 66.5 Kb.
bet2/4
Sana24.12.2022
Hajmi66.5 Kb.
#1064669
1   2   3   4
Bog'liq
argos test iqtisod

PUL ISLOHOTLARI — milliy valyutani mustahkamlash, pul birligini barqarorlashtirish va pul muomalasini tartibga solish maqsadida davlat tomonidan mamlakat pul tizimini toʻliq yoki qisman qayta tashkil etish. Pul islohotlari qogʻoz pul belgilarining hammasi yoki bir qismi qadrsizlanganda va ularning hajmi koʻpayib, yangisi (qogʻoz yoki metall) bilan almashtirish lozim boʻlganda, pulning oltin qiymati yoki valyuta kursi oʻzgarganda, pul tizimiga oʻzgartish kiritish zarur boʻlganda oʻtkaziladi. Pul islohotlari mamlakatdagi iqtisodiy holatga, pulning qadr-sizlanish darajasiga va davlatning siyosatiga bogʻliq holda turli usullar-da: ortiqcha qogʻoz pullarni yoʻq qilish yoʻli bilan pul hajmini kamaytirish (deflyatsiya); eski pul belgilarini yoʻq qilib, yangi qogʻoz pul belgilarini zarur mikdorda chikarish (nullifikatsiya); eski pul belgilarini yirikroq yangi pul belgilariga almashtirish (denominatsiya); pul birligi yoki qogʻoz pul birligi kursining metall qiymati va chet el valyutasiga nisbatan kursini pasaytirish (devalvatsiya); pul birligidagi metall qiymati yoki qogʻoz pul kursini tashki davlatlar valyutasiga nisbatan oshirish (revalvatsiya) va b. shakllarda amalga oshiriladi.
Milliy valyutaning mustahkamlashning muhim sharti inflyatsiyaga qarshi siyosatning qo‘llanili-shidir. Valyutaning mo‘’tadilligi inflyatsiya darajasini keskin pasaytirishga bog‘liqdir.
13-Tashqi qarz – biror-bir mamlakat boshqa mamlakatdan yoki boshqa mamlakatdagi kompaniyalardan, banklardan, xususiy tashkilotlardan oladigan qarz hisoblanadi. Tashqi qarz ikki turga bo‘linadi: davlat qarzi va xususiy (korporativ) qarz. Hukumat kafolati ostida yoki davlat olgan qarzlar esa davlatning tashqi qarzlari hisoblanadi. Bular qo‘shilib, ya'ni davlat qarzi bilan xususiy kapital qarzi qo‘shilib, umumiy tashqi qarz tushunchasini hosil qiladi.
14-Davlat xaridlari jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: - davlat xaridlarini rejalashtirish; - xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish; - shartnomani tuzish va bajarish; - davlat xaridlari monitoringi.
15-Korporativ boshqaruv bu turli partiyalar tomonidan boshqarish va ishlash uchun foydalaniladigan mexanizmlar, jarayonlar va munosabatlarning Boshqaruv tuzilmalar va printsiplar korporatsiyaning turli ishtirokchilari (masalan, direktorlar kengashi, menejerlar, aktsiyadorlar, kreditorlar, auditorlar, nazorat organlari va boshqalar) o'rtasida huquq va majburiyatlarning taqsimlanishini belgilaydi. manfaatdor tomonlar) va korporativ ishlarda qaror qabul qilish qoidalari va tartiblarini o'z ichiga oladi.[3] Imkoniyat tufayli korporativ boshqaruv zarur manfaatlar to'qnashuvi manfaatdor tomonlar o'rtasida asosan aktsiyadorlar va yuqori menejment o'rtasida yoki aktsiyadorlar o'rtasida.Korporativ boshqaruv korporativ maqsadlarni belgilash va amalga oshirish jarayonlarini ijtimoiy, tartibga soluvchi va bozor atrof-muhit.
16-Ekspansionistik monetar siyosat deganda muomaladagi pul massasining 
multiplikativ kengayishini ta’minlash asosida to’lovga qobil talabni 
rag’batlantirishga qaratilgan monetar siyosat tushuniladi. 
Ekspansionistik monetar siyosatni amalga oshirishda Markaziy bank 
quyidagi usullardan foydalanadi: 
– Markaziy bank qayta moliyalash stavkalarini pasaytiradi va tijorat 
banklariga beriladigan markazlashgan kreditlarning hajmini oshiradi; 
– tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan Markaziy bank 
tomonidan belgilangan limitlar hajmi oshiriladi, ya’ni banklarga kreditlar 
miqdorini oshirishga imkoniyat yaratiladi. 
– Markaziy bankning majburiy zaxira stavkalari pasaytiriladi; 
– tijorat banklariga qimmatli qog’ozlar Markaziy bank tomonidan qayta 
sotish sharti bilan sotib olinadi; 
– Markaziy bank valyuta siyosati doirasida milliy valyutadagi pul 
mablag’lari hajmining o’sish sur’atlarini oshirishga qaratilgan operatsiyalarni 
amalga oshiradi. 
17-
Download 66.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling