1. Ishsizlik tushunchasi va uning paydo bo'lish sabablari. Ishsizlik turlari, shakllari, turlari


Ishsizlik asosiy shakllarining o’ziga xos xususiyatlari


Download 389.19 Kb.
bet21/26
Sana09.01.2022
Hajmi389.19 Kb.
#266366
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Ишсизлик ва унинг турлари lotin

Ishsizlik asosiy shakllarining o’ziga xos xususiyatlari



Ishsizlikning shakllari

Asosiy o’ziga xos xususiyatlari

Friktsion (tabiiy)

Mehnat qiluvchi ishchi kuchining kam jozibali tarmoqlar va ishlab chiqarishlardan boshqa yoqqa o’tib ketishlari natijasida tabiiy jarayon yuzaga keladi

Tarkibiy

-tarkibiy-texnologik

-tarkibiy-tashkiliy


Yangi texnologiyalar paydo bo’lishi natijasida istiqbolsiz yoki keraksiz eski texnologiya jarayonlari qisqartiriladi

Boshqarish jarayonida tarkibiy o’zgartishlar qilinadi, mulkchilik shakllari o’zgartiriladi



TSiklli yoki davriy

“Tovarlarning hayotiy davri” bilan bog’liq bo’lgan davriy o’zgarishlar ro’y beradi

Institutsional

Mehnat bozori ishlab turishining samarasiz tizimi amal qilishi natijasida yoki ish bilan bandlik sohasida noto’g’ri siyosat yuritilishi oqibatida mehnatga bo’lgan talab va taklif bir-biriga mos kelmay qoladi

Salohiyat

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga talab yo’qligi tufayli kelib chiqadi, bu esa resurslarning barcha turlari bundan keyin ham takror ishlab chiqarilishiga oborot mablag’lari kelib tushishini kamaytiradi

Mintaqa

Mintaqalarning tarixiy, demografik, milliy xususiyatlari murakkab tarzda bir-biri bilan qo’shiladi

Aytilganlarga yakun yasab, ishsizlik turli sabablar: iqtisodiyotdagi turg’unlik davrida davriy ishsizlik, tabiiy omillar natijasida mavsumiy ishsizlik, tarkibiy o’zgarishlar davrida tarkibiy va texnologik ishsizlik, mehnat bozorida axborotning takomil emasligi davrida friktsion ishsizlik tufayli sodir bo’ladi, deyishimiz mumkin.

Ishsizlikning paydo bo’lish omillarining birikmasi mamlakatdagi umumiy ishsizlik darajani ko’rsatadi. Shu bilan birga, turli xil ishsizliklar ortida o’zining ijtimoiy maqomiga ega bo’lgan real inson resursi, real mintaqalar va tarmoqlar turadi.

Ichki va mintaqa mehnat bozorlarining bir-biriga ko’rsatadigan ta’siri va ularning ishsizlik darajasiga ta’sir etishini tartibga solishning printsipial sxemasi 6-chizmada keltirilgan.

Yigirmanchi asrning 90-yillarida Hamdo’stlik mamlakatlarida, shu jumladan O’zbekistonda ham mehnat bozori holatining o’ziga xos jihatlari yashirin ishsizlik ko’lamdorligi rasmiy ro’yxatga olinadigan ishsizlik darajasining pastligi bilan birga qo’shilib ketganligidan iborat edi. Rasmiy ishsizlik miqdori MDH mamlakatlarida o’rtacha 3,0 %dan iborat bo’lib, yashirin ishsizlik miqdori 8-11 %dan iborat deb baholanayotgan edi. Shunday qilib, yashirin (latent, shartli tusdagi) ishsizlikning salohiyati nihoyatda yuqori bo’lgan edi. Shu boisdan ham korxonalarning bankrotlikka uchrashlari taqdirida ushbu ishsizlikning ochiq shakl tomon o’zgarib borishining istiqbollarini aniqlash juda ham muhim bo’lib turgan edi.



5-chizma. Ishsizlikning kelib chiqishi sabablari va namoyon bo’lishi xususiyatlariga qarab ajratiladigan turlari

Yashirin ishsizlik ishsizlikning alohida shaklidir. Uning o’ziga xos jihati shundan iboratki, ishsizliklari yashirin tusda bo’lgan, aslida bankrotlikka uchragan korxonalar sun’iy madad oladilar. Yashirin ishsizlik ishlab chiqarishning nihoyat darajadagi pasayishi sharoitida korxonalarda keragidan ortiq miqdordagi ish bilan bandlik saqlanishi tufayli ham yuzaga kelgan. Aslida yashirin ishsizlik aniqlangan ekan, u stixiyali tarzda yuzaga keltirilgan, foydalanilmay qolayotgan ishchi kuchi zaxirasi bo’ladi. Korxonalarda ana shunday ishchi kuchi zaxirasi mavjud bo’lib turishining maqsadga muvofiqligi zaxira tayyorlab borish zarurligi bilan belgilanadi. Ya’ni bo’sh o’rinlarga va yangi ish o’rinlariga qo’yib borish uchun yo bor xodimlar orasidan ularni kasb-malaka va lavozim borasida yuqori ko’tarish yo’sinida, yo stajirovka (amaliyotdan o’tish) shartlari asosida yangi xodimlarni ishga qabul qilish yo’sinida zaxira tayyorlab borish zarurligi bilan belgilanadi.

3.5 REGIONAL MEHNAT BOZORLARI VA KORXONALARNING ICHKI MEHNAT BOZORLARI DARAJASIDA TALAB VA TAKLIFNI TARTIBGA SOLISH

Ushbu ishchi kuchi zaxirasini (gap ayrim xodimlar, bo’linma yoki korxona personali haqida boradimi) muayyan vaqt mobaynida saqlab borish, basharti, ushbu davr tugaganidan keyin xodimlarning samarali ish bilan bandliklarini ta’minlashning yetarlicha kafolatlari (korxonani rivojlantirish dasturiga muvofiq yangi ish o’rinlari yoki ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilishi) mavjud bo’lsa, iqtisodiy jihatdan o’zini oqlashi mumkin.

Ichki mehnat bozori mexanizmi ishga solinganida ish beruvchining yashirin ishsizlikka nisbatan tutgan pozitsiyasi uning ushbu ishsizlikni yashirishga intilishi bilan belgilanmaydi. Ushbu pozitsiya korxonaga kerak bo’lmagan xodimlarni saqlashga sarfxarajat qilinmaydigan bo’lishidan va buning uchun zaruriy shart-sharoit yaratilishidan iborat yaxlit bir butun vazifani hal qilish maqsadida uni mumkin qadar to’liq aniqlash zarurligi bilan belgilanadi. Aniq qilib aytadigan bo’lsak, yashirin ishsizlik tushunchasining o’zi bozor mexanizmi me’yoriy ishlashi bilanoq o’z ahamiyatini yo’qotadi. SHunisi ham borki, xodimning yashirin ishsizlikka va bunday ishsizlik bilan bog’liq bo’lgan majburiy tarzdagi vaqtinchalik ishlamaslikka nisbatan tutgan pozitsiyasi turli yo’sinda yuzaga keladi. Korxonadagi o’z ish o’rnini qadrlaydigan ko’pchilik xodimlar kelishilgan muddatda qaytadan ishga tushish kafolatlari bor bo’lgan taqdirda ma’muriyat tomonidan taklif etilgan ta’tilga rozi bo’ladi. Xodimlarning bir qismi (ayniqsa yozgi davrda) ushbu vaqtdan bog’poliz uchastkalarida ishlash uchun foydalanadi, ko’plar tijorat faoliyati bilan shug’ullanadi, buning ustiga, bunday xodimlar ko’pincha tijorat faoliyatlarini korxonada qaytadan ishga tushganlarida ham davom ettiradilar.

Deyarli barcha Hamdo’stlik mamlakatlarida, xususan O’zbekistonda ham XXI asrning birinchi besh yilida ish bilan bandlik xizmatlarida hisobda turgan ish bilan band bo’lmagan fuqarolar soni oshishi va pasayishi sur’atlari bir-biriga mos kelmaydigan bo’lib, mamlakatlarning iqtisodiy o’sish tendentsiyalariga to’g’ri kelmay qoldi. Bu esa ish bilan bandlik va ishsizlikning shakllanishi jarayonlari barcha mamlakatlarda iqtisodiy tizimlar dinamikasi bilan o’zaro bog’liq bo’lishini yana bir bor tasdiqladi.






  1. Download 389.19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling