3.4 INSTITUTSIONAL ISHSIZLIK
Institutsional ishsizlik jamiyatda mutlaqo zarur bo’lgan ijtimoiy himoya shakli sifatidagi kafolatlangan ish haqi minimumi joriy etilishi tufayli kelib chiqqan. SHu munosabat bilan shunday vaziyat yuzaga keladiki, bunda inson nisbatan past ish haqi olib mehnat qilishga rozi bo’ladi, ish beruvchi ushbu ish haqini to’lashga tayyor turadi, lekin bunda o’zaro qiziqish yuzaga kelmaydi. Chunki ish beruvchi ish haqini qonunda belgilangan eng past darajadan pastroq miqdorda tayinlashga huquqli emas.
G’arb mamlakatlarida iqtisodiy fanlarning asosiy namoyandalari ishsizlikka, uning xususiyatlariga, kelib chiqish sabablariga va ushbu ishsizlikni bartaraf etish usullariga oid talqinlari diametral tarzda bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan hollar ham uchrab turadi. Lekin G’arbdagi nazariyotchilarning ishsizlik tabiatiga oid qarashlari qanday bo’lishidan qat’i nazar, ularning barchasi pirovard natijada bitta fikrga – ishsizlik bozor iqtisodiyotining ajralmas elementidir degan fikrga keladi. Ishsizlikning eng ko’p tarqalgan shakllarining asosiy o’ziga xos belgilari 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |