3.3 DAVRIY (TSIKLIK) ISHSIZLIK
Uchinchi tur davriy (tsiklik) ishsizlik – ishlab chiqarish hajmining pasayishi natijasida ishchi kuchiga bo’lgan talabning kamayishi oqibatidagi ishsizlikdir. Sobiq Ittifoq davrida xalq xo’jaligi tarmoqlari o’rtasidagi nomutanosiblikning kuchayishi oqibatida iqtisodiy aloqalarning uzilishi ishlab chiqarish hajmining keskin pasayishiga olib keldi. O’zbekistonda ham bozor tuzilmasining yaratilmaganligi, xom ashyoni qayta ishlash sanoatining past rivojlanganligi, tadbirkorlik faoliyati uchun sharoitlar to’liq yaratilmaganligi va boshqalar sababli ishsizlar soni ko’paydi. Rivojlangan mamlakatlardagi ishlab chiqarishning pasayishi iste’mol bozorining to’yinishi va natijada talabning pasayishi bilan bog’liqdir. Davriy ishsizlikda ishsizlar soni keskin ko’payadi. Masalan, AQShda 1933 yildagi “Buyuk depressiya” davrida ishsizlik taxminan 25,0 %ga teng bo’lgan edi. [6, 89-bet].
Iqtisodiyotda birinchilar qatorida rivojlanayotgan, yangi ish o’rinlariga va katta investitsiyalarga ega bo’lgan, ishlab chiqarish hajmlarini oshirib borayotgan tarmoqlar chiqadi. Iqtisodiyotning tarkibiy qayta qurilayotganligi sababli hozirgi paytda katta miqyosda bo’lmasada, ishsizlikning yangi turlari namoyon bo’lmoqda.
Iqtisod ilmida ishsizlikning boshqa turlari mavjud bo’lib, ularning to’laroq tasnifi quyidagi 4-chizmada keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |