1. Ishsizlik tushunchasi va uning paydo bo'lish sabablari. Ishsizlik turlari, shakllari, turlari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ISHSIZLIKNI TARTIBGA SOLISH BO'YICHA ISHLARNI TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI. BANDLIK SIYOSATI
Download 389.19 Kb.
|
Ишсизлик ва унинг турлари lotin
2.4 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ISHSIZLIKNI TARTIBGA SOLISH BO'YICHA ISHLARNI TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI. BANDLIK SIYOSATI
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ishsizlikka qarshi qator himoya choratadbirlari qo’llanilishi ko’zda tutilgan. Barcha fuqarolarga to’g’ri keladigan ish topish va Ishga joylashish bo’yicha ko’maklashish markazlari orqali ishga tekinga joylashtirish kafolatlanadi. Ishsiz fuqarolarga davlat quyidagilarni: bepul tarzda yangi kasbga (mutaxassislikka) o’qitilishni va Ish bilan bandlikka ko’maklashish markazlari yo’llanmasi bo’yicha stipendiya to’lanadigan malaka oshirilishini; haq to’lanadigan jamoat ishlarida qatnashish yuzasidan muddatli mehnat shartnomalari tuzish imkoniyatini Ish bilan bandlikka ko’maklashish markazlarining taklifi bo’yicha boshqa erga ixtiyoriy ravishda ko’chib borishga ketadigan sarf-xarajatlarining kompensatsiyasi to’lanishini va nihoyat, ishsizlik nafaqasi to’lanishi, ushbu nafaqaning miqdori mehnatga haq to’lashning minimal miqdoridan kam bo’lmasligini kafolatlaydi. [6, 141-bet]. O’zbekistonda haqiqiy ishsizlik darajasini aniqlash uchun ish bilan band yoki ishsiz ishga tushishdagi farqlar tufayligina uni aniqlash va tushunish unchalik qiyin emas. Me’yoriy axborot bazasining yo’qligi, Ish bilan bandlikka ko’maklashish markazlarining yetarlicha tezkor ishlamasligi, buning ustiga aholining ko’pchilik qismi bu markazlarga yetarli darajada ishonmasligi ishsizlikni aniqlashda talay qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Masalan, ishsiz maqomini olish uchun kishi Ish bilan bandlikka ko’maklashuvchi markazda ro’yxatga olinishi kerak. Barcha haqiqiy ishsizlar Ish bilan bandlikka ko’maklashuvchi markazga boradi deyishdan uzoqmiz, aholining ko’pchilik qismi, ayniqsa, qishloq joylarida, bunday xizmat borligini, bor bo’lganda ham bu xizmat ko’rsatish idorasi ularga yordam berishini xayoliga ham keltirmaydilar. Shu bilan birga bu muammolar masalaning hammasi emas. Ish bilan bandlikka ko’maklashuvchi markazlarga murojaat qilib va ro’yxatdan o’tishdan boshlab, to ishsiz maqomini olgunga qadar, ishsiz kishi yana bir qator talablarga va qo’yiladigan shartlarga muvofiq kelishi uchun ancha tekshiruvlardan o’tishi kerak. Ishsiz kishi Ish bilan bandlikka ko’maklashuvchi markazga murojaat qilishdan oldin to’rt hafta mobaynida ish izlash bilan band bo’lishi kerak, o’tgan yilning, ya’ni o’n ikki oyning kamida uch oyi ish bilan band bo’lgan bo’lishi kerak, o’z ixtiyoriga ko’ra bo’shamagan bo’lishi, boshqa daromad manbalari bo’lmasligi kerak. Bu anchagina qattiq shartlar bo’lib, ishsiz deb tan olingan fuqarolar ushbu markazning ishga joylashtirish taklifini rad etmasliklari kerak, aks holda ishsizlik bo’yicha arzimas nafaqa ishsizlik «stajiga» ko’ra kamaytirib boriladi. Faqat quyidagi omillar ishsizlar ommasini Ish bilan bandlikka ko’maklashish markaziga murojaat qilishga majbur etadi: yangi ish topish umidi; ishsizlik bo’yicha nafaqaning me’yoriy yashashini ta’minlovchi yuqori darajasi; aholining shu markaz faoliyatidan xabardorligi; ishsiz maqomiga ega bo’lish uchun zarur shartlarning hammasiga muvofiq kelish (hujjat bilan tasdiqlangan). Bu omillarning hammasi mamlakatdagi haqiqiy ishsizlikni kamaytirish tomoniga xizmat qiladi. Ikkinchi tomondan, ko’pincha Ish bilan bandlikka ko’maklashish markazida ish bilan shubhali band bo’lmaganlar (real, ammo norasmiy ishlaydiganlar), har qanday ma’lumotnomalarni olishda «faol» bo’lganlar ro’yxatdan o’tadilar. Shunday qilib, ishsizlik maqomini aniqlashda ro’yxatga olish jarayoniga yondashuv to’g’ri natijalar bermaydi. Ishsizlikni baholashning boshqa uslublari, masalan, tanlab tekshirish yoki ekspert xulosalari asosida baholash uslubini ishlab chiqish kerak. Shu bilan birga, aholiga ularning mehnat bozoridagi huquqlari to’g’risida to’la axborot berish, Ish bilan bandlikka ko’maklashish markazi faoliyatini tom ma’noda targ’ib qilish kerak. Ishsizlik darajasini baholashning aytib o’tilgan kamchiliklariga qaramay, O’zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida»gi Qonuniga binoan rasmiy ko’rsatkichlardan foydalanish mavjud bo’lgan yagona, asosiysi ishda qo’llash mumkin bo’lgan ko’rsatkichlardir. Ammo, bu uslubiyat Xalqaro Mehnat Tashkiloti uslubiyatiga to’liq javob bermasa-da, bunday ko’rsatkichlar mahalliy xususiyatlarni hisobga oladi va ishsizlik muammosining dolzarblik darajasi hamda uning dinamikasi to’g’risida birmuncha tasavvur beradi.
Download 389.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling