1. Ishsizlik tushunchasi va uning paydo bo'lish sabablari. Ishsizlik turlari, shakllari, turlari


MEHNAT BOZORINI TARTIBGA SOLISHNING MUHIM ASOSI


Download 389.19 Kb.
bet12/26
Sana09.01.2022
Hajmi389.19 Kb.
#266366
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
Ишсизлик ва унинг турлари lotin

2.2 MEHNAT BOZORINI TARTIBGA SOLISHNING MUHIM ASOSI
Bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan mamlakatda ishsizlik bilan ish haqi o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik mehnat bozorini tartibga solishning muhim asosi bo’ladi. Gap Fillips egri chizig’i to’g’risida bormoqda, ushbu egri chiziq mazkur ikki miqdor o’rtasidagi chiziqsiz bog’liqlikni grafika tarzda aks ettiradi. Bu bog’liqlikni ingliz iqtisodchisi A.Fillips 1891 yildan 1958 yilgacha bo’lgan davrni qamraydigan ma’lumotlar asosida hisoblab chiqqan.

Ish haqi bilan narxlar o’zgarib borishi sur’atlari o’rtasida bir xil nisbat bo’ladi, deb fikr qilinsa, Fillipsning modeli ishsizlik bilan narxlar darajasining o’zgarishi sur’ati o’rtasidagi nisbatga aylantirilishi mumkin. Fillipsning egri chizig’i tanlab olish uchun quyidagi variantlarni beradi: yo iqtisodiyot nihoyat darajada yuksalib boradigan, lekin narxlar tez oshadigan tarzdagi ancha yuqori darajali ish bilan bandlik variantini yoki narxlar ancha barqaror tusda bo’ladigan, biroq ishsizlik balandroq bo’ladigan variantni tanlash mumkin (2-chizma).

Uzoq yillar mobaynida Fillipsning egri chizig’i G’arb mamlakatlarida ijtimoiyiqtisodiy tartibga solishning asosi bo’lib xizmat qilib keldi. G’arb mamlakatlaridagi ko’plab iqtisodchilar hali ham ish haqi va narxlardagi o’zgarishlarning bir yo’nalishli harakati, mazkur miqdorlar va ishsizlik o’rtasida esa “turli” yo’nalishli harakat mavjud bo’ladi, degan tushunchaga asoslanib kelmoqdalar. Lekin ishsizlik bilan inflyatsiya teskari aloqaga emas, balki to’g’ridan-to’g’ri bog’lanishga ega bo’layotganligini, ya’ni ishsizlik oshishi bilan, narxlar ham oshib borganligini ko’rsatmoqda. Bu esa Fillips egri chizig’ining iqtisodiyotda qo’llayotgan mamlakatlar uchun va ularning iqtisodiy rivojlanishini tartibga solib turuvchi ishonchli omil sifatida asoslanganligi tanqid qilinishiga sabab bo’lmoqda.

6

Io4



2

0

2 4Yi 6 8

Shartli belgilar:

I0 – narxlar oshishining o’rta hisobdagi yillik sur’ati; Yi – ishsizlik darajasi.





Download 389.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling