1. Islom huquqining manbalari deganda nima tushunasiz?


Islom huquqida farz, sunna, muboh, makruh va xarom huquqiy holatlarini izohlang va misollar keltiring!


Download 27.4 Kb.
bet2/2
Sana09.01.2022
Hajmi27.4 Kb.
#256283
1   2
Bog'liq
Islom huquqi ON

2. Islom huquqida farz, sunna, muboh, makruh va xarom huquqiy holatlarini izohlang va misollar keltiring!

Javob


Islom huquqining barcha normalari mazmuniga ko’ra, asosan, ikki guruhga ajrailadi. Birinchi guruhga insonning u yoki bu amalini baholovchivqoidalar kiradi. Shu nuqtai nazardan islom huquqi barcha amallarni besh toifaga ajratadi.

  1. Farz – majburiy amallar;

  2. Sunna yoki mustahab – tavsiya etiladigan amallar;

  3. Muboh – ruxsat etilgan amallar;

  4. Makruh – joiz emas amallar;

  5. Harom – ta’qiqlangan amallar.

Endi esa bularning harbiriga to’xtalib o’tamiz.

Farz (arab. — qat’iyat, majburiyat) — hamma musulmonlar bajarishi qatʼiy buyurilgan amallar. Bularga Qurʼonda koʻrsatilgan diniy eʼtiqod, marosim, urfodat talablari, axloqiy va huquqiy normalar kiradi. Farz 2 tur — «farzi ayn» va «farzi kifoya»ga boʻlinadi. Birinchi turi barcha musulmonlarga bab-barobar buyurilgan boʻlib, ularning adadi 40 atrofida (mas, namoz, roʻza, tahoratdati Farzlar). Amri maʼruf, nahiy munkar, ilm olish ham «farzi ayn»ga kiradi. «Farzi kifoya» esa bir qism musulmonlar bajarsa krlganlar zimmasidan soqit boʻladigan ishlar. Mac, janoza namozi, kafanlash, murdani yuvish, dafn etish kabilar. Shariatga koʻra, Farzning bu turiga kiruvchi ishlarni hech bir musulmon bajarmasa, hamma musulmonlar gunohkor boʻladilar. Keng maʼnoda Farz — bajarilishi zarur boʻlgan vazifa, burch.

“Farzi ayn” holatiga jahon siyosiy tarixidan shuni misol qilib keltirish mukin. Ma’lumki 1979-yilda sobiq SSSR qurolli kuchlari Afg’onistonga hujum boshladi. Bu vaziyatda islom dunyosining shu davrdagi katta ulamolari birlashib afg’on musulmonlariga yordam berish “farzi ayn” bo’ldi degan qarorga kelishgan. Va butun islom olamidan Afg’onistonga yordamga musulmonlar borishgan.

Sunna bu – islomda musulmonlar uchun ibrat hisoblangan Payg’ambarimiz (s.a.v.)ning qilgan ishlari, gapirgan so’zlari, ko’rib turib ta’qiqlamagan amallarini kiritishimiz mumkin. Sunnat amallarning turlari ko‘p bo‘lib, insonning turmush tarzi bilan bog‘liq. Masalan, xatna qilish, misvok tutish, voyaga etgan bolalarini uylantirish yoki turmushga berish, nikoh to‘yi va hokazo.

Sunnat amallarning bir ko‘rinishi mustahabdir. Mustahab payg‘ambar (s.a.v.)ning umrlarida bir yo ikki bor qilib, keyinchalik tark qilgan amallaridir. Ularni bajargan kishi savob oladi, bajarmagan kishi gunohkor bo‘lmaydi. Muhtoj kishilarga uy-ro‘zg‘or buyumlarini beg‘araz omonatga berib turish, suv chiqarish, qarz bergan kishi iloji boricha qarzini so‘ramay turishi, qarz olgan odam qarzini tezroq to‘lashi kabilar mustahab amallardandir.

Muboh – bu amallar joiz, ixtiyoriydir. Shariat bu amallarni qilish yki qilmaslikni insonlar erkiga qoldirgan. Buday amallay qilganlik uchun savob ham qilmaganlik uchun gunoh ham mavjud emas. Muboh amallar: halol taomlarni eyish, halol ichimliklarni ichish, o’tirish, turish, yurish va zararsiz so’zlarni so’zlash va boshqalar.

Makruh - Islom dini ta’qiqlagan amal. Makruhni qilmagan kishi savobga qoladi, qilgan kishi esa azoblanishi mumkin. Uni qilgan kishi kofir bo’lmasa-da, gunohga botadi. Mo’min-musulmonlarga buday amallarni qilishdan qaytish buyiriladi. Makruh amallar: masjidga tuflash, (fahsh) nag’malarga quloq solish, odobsiz she’rlarni kuylab hofizlik qilish, odamlar ichida masxarabozlik qilish, uyatsiz she’rlarni bitish, ayollarni erlarisiz safarga chiqishlari, qarindoshlar orasidagi nikoh, kafan savdosi kabilar makruh amallardir.

Harom bu – passiv majburiyatlar tug’diruvchi (qilmaslik kerak) ya’ni taqiqlangan normalardir. Harom - Islom dinida qat’iy ta’qiqlangan amaldir. Uni qilgan kishi qattiq gunohga botadi, uni halol, deganlar kofir va iymonsiz hisoblanadi. Harom amal: eng katta gunohlarni sodir etish – zino, shirk, sudxo’rlik, yetim molini yeyish, mazlumga zulm qilish, nohaq odam o’ldirish, odamzotga va hayvonotga zulm qilish, g’iybat qilish, o’g’irlik, yolg’onchilik, aroqxo’rlik kabilar shariatda harom qilingan amallardir.

Kazus

Islom huquqida bokira ayollarga tuhmat qilish og‘ir gunohlardan sanaladi va hadd jazosi bilan 80 darra uriladi (Nur surasining 4-oyati. Pokiza ayolga tuhmat uchun jazo). Biroq, mazkur jinoyat, huquq subyektligi cheklangan shaxslar, masalan, qullar va xizmatkorlar tomonidan sodir etilsa, ularga nisbatan jazoning yarmi, ya‘ni 40 darra jazosi belgilanadi.



Аhmad ismli qul qullik paytida dalil-isbotsiz Z.ismli ayolni zinokorlikda ayblab, tuhmat jinoyatini sodir etgan edi. To‘rt kishidan iborat guvohlar Z.ismli ayol qarshi guvohlik berishmadi. Oradan 5 yil o‘tgach Z.ismli ayol Аhmadga qarshi da‘vo arizasini kiritdi. Sud Z.ismli ayolning da‘vo arizasini qanoatlantirdi. Аhmad aybdor deb topildi va unga nisbatan jazo belgilanishiga qaror qilindi. Biroq, sud Аhmadning ishini ko‘rib chiqayotgan paytda, u allaqachon qullikdan ozod etilgan va ozod kishi maqomini olgan edi. Bu holatda, sud tomonidan belgilanadigan jazo qanday bo‘ladi: Аhmadga 80 darra uriladimi yoki 40 darra jazo chorasi qo‘llaniladimi?

1-echim. Аhmadga hech qanday jazo chorasi qo‘llanilmaydi, chunki oradan besh yil o‘tganligi bois, da‘vo kiritish muddati o‘tib ketgan.

2-echim. Аhmadga jazo sifatida 80 darra uriladi, chunki ish ko‘rilayotgan paytda u qul emas, ozod kishi, ya‘ni jinoyat huquqining to‘laqonli sub‘ekti bo‘lgan.

3-echim. Аhmadga jazo sifatida 40 darra uriladi, chunki u jinoyatni sodir etayotgan paytda qul, ya‘ni huquq sub‘ektliligi cheklangan shaxs bo‘lgan, shu bois, unga nisbatan jazoning yarmi qo‘llanilishi kerak.

Jazo – jinoyat sodir etgan kishiga davlat tomonidan beriladigan azobdir.” – Muhammad al-Fadel

Yuqoridagi kazusga to’xtalishdan avval islom huquqida jazo tushunchasi haqida gaplashamiz.

Jazo bu – shaxsga nisbatan qilgan qilmishi uchun davlat tomonidan qo’llaniladigan ta’sir chorasi. Islomda jazo sifatida qiynash, azob berish, ma’lum huquqlarda nosuvo qilish bilan amalga oshiriladi.

Islomda jinoyat uchun og’ir jazo turini qo‘llashdan maqsad, birinchidan, aybdorga sodir etgan jinoyati uchun azob berib, qiynash orqali o‘ch, qasos olish va uning kelgusida jinoyat sodir etmasligi uchun ogohlantirish, tarbiyalash bo‘lsa, ikkinchidan, har qanday jinoiy jazo faqatgina davlat tomonidan – uning vakolatli idorasidagi mas‘ul xodimlari – sudyalar (qozilar) tomonidan belgilanishi jamiyatning har bir a‘zosini jazo turlaridan voqif etib, o‘z navbatida ularni ham jinoyatga qo‘l urmaslikka chaqirish, shu yo‘l bilan esa davlatning jinoiy-huquqiy siyosatini to‘g‘ri amalga oshirish kabi ijtimoiy-siyosiy vazifani ro‘yobga chiqarishni ko‘zda tutadi.

Islom huquqi bo‘yicha barcha jinoyatlar jazo belgilanishi va tajovuz obyektiga qarab uchta guruhga:

1)hadd jazo turlari; (oldini oluvchi)

2)qasos yoki tovon va kafforat jazo turlari; (qasos oluvchi)

3)ta‘zir jazo turlariga bo‘lingan.

Islom huquqidagi jazo turlaridan biz had d (oldini oluvchi jazolar) haqida gaplashamiz.

Hadd – so‘zi lug‘atda chekka, chet, chegara, ikki narsa orasidagi parda, mone‘ ma‘nosidadir. Shariatda, Qur‘onda, Hadisda va ijmoda muayyan azob va jazoga loyiq jinoyat qiluvchiga Аlloh taolo tomonidan belgilangan jazodir.

Oldini oluvchi jazolar (hadd) butun jamiyatga yetkaziladigan og‘ir jinoyatlar va huquqbuzarliklar uchun beriladi. Hadd dindan qaytganlik va isyon uchun, agarda sud jinoyatchini qatl etishni lozim topmagan bo‘lsa beriladi. Shuningdek, diniy marosim ko‘rsatmalarini namoyishkorona buzgani va ularni tahqirlagani; qasamxo‘rligi va og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan soxta guvohligi, huquqbuzarlik qilish uchun undagani; g‘ayri qonuniy jinsiy aloqa qilgani, agarda ular o‘zaro nikoxda bo‘lmasalar; voyaga yetmaganlarni zo‘rlagani, ichkilikbozligi, ichkilik va qimorbozlikka o‘rgatgani; firibgarligi va shunga o‘xshash boshqa huquqbuzarliklar uchun beriladi. Hadd jazosi - qamchin yoki kaltak b-n 40 tadan 100 tagacha urish b-n amalga oshiriladi. Aybdor o‘lib qolmasligi uchun jazo ijrosi bir necha xil usulda amalga oshirilishi mumkin. Sud qaroriga ko‘ra hadd qo‘shimcha miqdorda kaltaklash, jarima, ozodlikdan mahrum qilish va mahalliy udumlarda ko‘zda tutilgan boshqa jazolar bilan yanada qattiqroq bo‘lishi mumkin. Biz yuqorida ko’rga kazusdagi bokira ayolga tuhmat qilishlik ham had jazo sifatida baholanadi va jazo belgilanadi.

Alloh tuhmatga nisbatan Qur’onda shunday deydi:

“Pokiza ayollarni (zinokor) deb badnom qilib, so‘ngra (bu da'volariga) to‘rtta guvoh keltira olmagan kimsalar(ni) - ularni sakson darra uringlar va hech qachon ular tomonidan biron guvohlikni qabul qilmanglar! Ular fosiq - itoatsiz kimsalardir” 1

Haromdan saqlangan, pokiza, hur ayolga kimda-kim “zinokor” yoki “fohisha” deb tuhmat qilsa, unga dunyo-yu oxiratda la'nat va ulkan azob bo‘lishini, bu dunyoda esa sakson darra urilib, garchi ishonchli bo‘lsa-da, guvohligi boshqa qabul qilinmasligini Alloh taolo bayon qildi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Yettita halok qiluvchi ishdan saqlaninglar”, deb ular orasida: “(Buzuq niyatlardan) g‘ofil, pokiza, mo‘mina ayollarga tuhmat qilish”ni ham sanab o‘tganlar.

Tuhmat qilish - pokiza, hur, muslima ayolga “ey zinokor” yoki “ey fohisha” va yo shunga ma'nodosh so‘zlarni aytish, eriga “ey fohishaning eri” o‘g‘liga “ey fohishaning o‘g‘li’ qiziga “ey fohishaning qizi” deyish yoki shu kabi so‘zlarni so‘zlashdir.

Bunday gunohni qilgan ozozd kimsalarga 80 darra urish jazosi beriladi. Аbu Yusufning (rahmatullohi alayh) fikricha, qullik paytida dalil-isbotsiz birovni zinokorlikda ayblash-tuhmat jinoyatini sodir etgan qul ishi qozi tomonidan ko‘rilayotganida qullikdan ozod qilingan bo‘lsa, unga ozod shaxsga qo‘llanishi lozim bo‘lgan 80 darra emas, balki, qullarga qo‘llanilgan 40 darra had urish lozim bo‘ladi.



Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, bizga yuqorida berilgan yechimlarda uchinchisi mos kelar ekan. Ahmad tuhmat uchun beriladigan 80 darra o’rniga qul bo’lgfani uchun 40 darra oladi. Bu ish 5 yildan keyi ko’rib chiqilgan va bu paytda Ahmad ozod bo’lsada, unga nisbatan jinoyat vaqtida qulligi hisobga olinib 40 darr jazo berilar ekan.



1 Nur surasi 4-oyat

Download 27.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling