1. Islom huquqining manbalari deganda nima tushunasiz?


Download 27.4 Kb.
bet1/2
Sana09.01.2022
Hajmi27.4 Kb.
#256283
  1   2
Bog'liq
Islom huquqi ON


Nazariy savollar

1. Islom huquqining manbalari deganda nima tushunasiz?

Javob


Islom huquq manbalariga to’xtalishdan avval huquq manbasi nima ekaligi to’g’risida gaplashamiz. Huquq manbalari — huquqiy normalarning ifoda etilish shakllari. Huquqning birlamchi manbai xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalari va qoidalaridir.

Islom huquqi manbaalari ham islom huquqi (Fiqh)ning birlamchi manbalari hisoblanadi. Olimlarning fikricha, islom huquqida asosiy 4 ta manba mavjud. Bular: Qur’on, Hadis, Ijmo va Qiyos. Bu to’rt manbaga “adillayi shar’iya” (shar’iy dalillar) deyishadi.

Qur’oni Karim - Islom dinining asosiy muqaddas kitobi va shariatning eng asosiy manbayi.. Budan boshqa barcha manbalar Qur’onga asoslanadi.

Qur’oni Karim 30 pora, 114 sura, 6236 oyat (modda)dan iborat bo'lib, oyatlarning 63 foizini Makkada, 37 foizini Madinada nozil bo'lgan oyatlar tashkil etadi. Ya’ni, Qur’on suralarining 95 tasi 13 yil davomida Makka shahrida nozil bo'lib, makkiy suralar deb ataladi. Ularning 19 tasi esa 622-yili yuz bergan hijratdan keyin 10 yil davomida Madinada nozil bo'lib, madiniy suralar deb qabul qilingan. Bu ikki turkum suralarning farqi shundaki, makkiy suralar asosan e’tiqod, ibodat masalalarini, oliy axloqiy fazilatlar, erkin fikrlik, ilmu tafakkurni targ’ib qilishga qaratilgan bo'lsa, madiniy suralar fiqhiy ahkom-muomalot, jinoyat va jazo, ommaviy munosabatlar, sulhu tinchlik bitimlari va musulmonlararo boshqa aloqalarga tegishlidir. Qur’oni Karim Allohning subhoniy irodasi bilan 20 yildan oshiqroq vaqt mobaynida nozil qilingan.

Qur’on huquqning birlamchi manbai sifatida unda 333 ta huquqiy oyatlar mavjud, Ular asosan Baqara, Niso, Moida suralarida jamlangan.

Sha’riyat manbalaridan birinchisi Kitob bo’lsa, ikkinchisi sunnatdir.

Shariatning ikkinchi manbayi - sunna (arabcha lug’aviy ifodasi -odat, an’ana, xatti-harakat tarzi) yo’1-yo’riq degan ma’noni bildiradi. Sunna Rasululloh (S.A.V.)ning so’zlari, qilmishlari, xatti-harakatlari, fe’llari (amallari), tasdiqlari, shuningdek, sahobalarning so’zlari va amallari majmuyidan iborat. Payg’ambarimizning so’zlari “hadisi sharif” deb e’zozlangan. Sunna haqidagi rivoyatlar hadislarda berilgan. Hadislar to’plamiga sunna deyiladi. Hadis arabcha rivoyat degan so’zdan olinib, islom dinida Qur’ondan keyingi muqaddas manba hisoblanadi. Hadislar Muhammad (S.A.V.)ning hayoti, faoliyati va ko’rsatmalari haqidagi rivoyatlardan iborat.

Hadislarda ibodatning tartib qoidalari va ularni astoidil bajarishga da’vat etish bilan birga insoniy fazilatlar keng tashviq qilingan, insoniylik sha’niga dog’ tushiradigan razil xatti-harakatlar keskin qoralangan. Shuning uchun ham islomning ilk tarqalish davridanoq musulmonlar orasida hadislarda juda katta ahamiyat berilgan. Eshitgan har bir hadisni yanglishmay, asl holicha boshqalarga yetkazishga qat’iy rioya qilingan. Bu to’g’rida Muhammad Payg’ambar (s.a.v.) o’zi musulmonlarni tez-tez ogohlantirib turgan. Hadis mazmuni va iborasini buzib yoki o’ziga yangi hadis to’qib tarqatuvchilar qattiq qoralangan. Bunday talabchanlik Muhammad Payg'ambar (s.a.v.) vafotidan ancha keyingacha ham hadislarning sof holda saqlanib turishida imkon bergan.

Alloh bizga Qur’onni tushirar ekan “o’zlaring o’qib olinglar”, - demadi, balki, “Rasul o’qidi ortidan qaytaringlar, Rasul aytadi amal qilinglar”, - deb marhamat qilgan. Payg’ambarimiz shu aytganlari, qilganlari, indamay ma’qullaganlari, qaytarmaganlari bir so’z bilan aytganda sunnatdir.

Qiyos. Shar‘iy hukmlarning uchinchi manbai «qiyos»dir. Аsri Saodatda Qur‘oni karim oyat-oyat kelgach, shar‘iy hukmlarga asos bo‘lgan oyatlar Payg‘ambarimiz tomonlaridan ochiqlanardi. Shu suratda Аllohning kalomi (Kitob) bilan Payg‘ambarimizning so‘zlari (sunnat) Islom dinining ikki muhim manbai edi.

Rasuli akram davrlaridayoq vahiy kelishi to‘xtadi. Keyin esa zamon o‘zgardi. Yangi hodisalar o‘rtaga chiqdi va ko‘paydi. Endi «qiyos», «ijmo‘» kabi muhim manbalarga ham ehtiyoj sezildi. Chunki Kitob bilan sunnat mutanahiy (tugal) o‘lchovlardir, yigirma uch yillik, ya‘ni Rasuli akramning payg‘ambarlik davrlari bilan chegaralangandir. Hodisalar, muomalalar (g‘ayri mutanahiy) bitmas, tuganmas, chegarasizdir. Mutanahiy bo‘lgan bir hukm g‘ayri mutanahiyni ichiga ololmaydi. Shu sababdan buyuk olimlarning hukmlariga ehtiyoj hosil bo‘ldi. Ijtihod va qiyos lozim deb ko‘rildi. Biroq qiyos hech vaqt Kitob va sunnatning ruhiga teskari bo‘lmaydi.

Qiyos Kitobdan va sunnatdan topilmagan shar‘iy bir masala haqida mujtahidlarning (Islom huquqchilarining) o‘sha masalaning misoli (o‘xshashi) bilan muqoyasa etishlari demakdir. Shar‘iy hukmlarni dalillar bilan chiqarish iqtidoriga ega bo‘lgan katta olimlarga mujtahid deyiladi. Masalan, Xamrning hukmi aroqqa tenglashtirilgan, chunki ularning har ikkisi ham mastlik paydo qiladi.

Ijmo – bir asrda yashagan mujtahidlarning shar’iy bir hukm ustida ittifoqi.

Ijmo so’zi (arab. birdamliq yakdillik bilan qabul qilingan qaror, diniy jamoaning yagona fikri). Qur’on, hadislarda aniq ko’rsatma berilmagan huquqiy masalalarni hal etishda faqih va mujtahidlarning to’planib, yagona fikrga kelgan holda hukm chiqarishi (fatvo berishi). Ijmo 4-manbai sifatida muayyan masalalarni hal qilishda oyat ojizlik qila boshlasa, biror hadis sharxlangan. Shu asosda turli-tuman qo’shimcha, og’zaki talqinlar paydo bo’lgan. Buni mashhur ulamolar to’planib, yakdillik chiqargan hukmi deb tushunish kerak. Bu guruh ulamolarning hukmiga asoslanib chiqarilgan fatvolar ilohiy deb ham hisoblanadigan bo’lgan. Ijmoning talqiniga quyidagi hadis ham misol bola oladi: “Qaysi bir xaqda qirq kishi va undan ziyod odamlar biror ishga guvohlik bersalar, tangri ularning guvohliklarini qabul etadi”.




Download 27.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling