1. Issiqlik miqdori
Download 268.86 Kb. Pdf ko'rish
|
tayyor fizika
4-BILET 1. Elektr sig‘imi. Kondensatorlar. 2. Bir atomli gaz molekulalarining konsentratsiyasi 3∙10 25 m -3 , gazning bosimi 20 kPa ga teng bo‘lsa, undagi molekulalarning o‘rtacha kinetik energiyasini toping. 3. Kuzatishlar natijasida barcha aysberglarning faqat qismi bizga ko‘rinadi va qismi suv bilan yashiringan bo‘ladi. Agar suvga tashlangan yog‘och xodasini ko‘rsangiz, u taxminan yarmigacha ko‘rinadi. Nima uchun suv yog‘och xodasining yarmini yashiradi, aysbergni esa deyarli butunlay? Buni qanday fizik tushuncha bilan izohlash mumkin? 202 5-BILET 1. Ideal gazlar molekulyar-kinetik nazariyasi asosiy tenglamalaridan kelib chiqadigan munosabatlar. 2. Elektroliz jarayonida AgNO 3 eritmasidan foydalanilgan. Elektrolitdan 0,5 soat davomida 1,25 A tok o‘tib turgan bo‘lsa, katodda qancha kumush ajralib chiqqan? Kumushning kimyoviy ekvivalenti 1,118 mg/C. 3. Qaysi holda vagon oynasidan tushib ketgan jism yerga tez tushadi: vagon to‘xtab turganidami yoki harakatlanayotgandami? 6-BILET 1. Bosim va uning birliklari. 2. Termodinamik ish. 3. 200 V kuchlanishli tarmoqqa ulangan transformatorning birlamchi cho‘lg‘amidagi o‘ramlar soni 60 bo‘lsa, ikkilamchi cho‘lg‘amida 400 V li kuchlanishni hosil qilish uchun undagi o‘ramlar soni nechta bo‘lishi kerak? 7-BILET 1. Suyuqlikning xossalari. Kapillyar hodisalar. 2. Iste’molchilarni ketma-ket va parallel ulash. 3. Gorizontal sirtda harakatlanayotgan massasi 5 kg bo‘lgan brusokka 10 N sirpanishdagi ishqalanish kuchi ta’sir etmoqda. Agar ishqalanish koeffitsiyentini o‘zgartirmasdan, brusokning yuzaga bosim kuchi 2 marta oshirilsa, ishqalanish kuchi nimaga teng bo‘ladi (N)? Download 268.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling