1. Issiqlik nurlanishning kvant naziriyasi. Kvant parametrlari. Issiqlikdan nurlanish yutilish qobiliyati


Download 64 Kb.
bet1/3
Sana15.03.2023
Hajmi64 Kb.
#1270643
  1   2   3
Bog'liq
Kvant mexanikasi


Kvant mexanikasi

Reja:



1. Issiqlik nurlanishning kvant naziriyasi.
2. Kvant parametrlari.
3. Issiqlikdan nurlanish yutilish qobiliyati
4. Issiqlik nurlarining oqimi


1. Issiqlik nurlanishning kvant naziriyasi. Yorug’likning tabiati haqidagi masala fiziklar oldida turgan eng katta muammolardan biri edi. Bu muammo, ayniqsa, issiqlikda nurlanishni o’rganish jarayonida yaqqol namoyon bo’ldi. Uni yechish yo’lida dadil g’oyani ilgari surgan nemis fizigi M.Plank 1900 – yilda “energiya faqat kichkina portsiyalar, ya’ni kvantlar ko’rinishida chiqariladi va yutiladi”, degan fikrni bildirdi. 1905-yilda A.Eynshteyn fotoffekt hodisasi uchun o’z formulasini yozib, Plank gipotezasini yanada rivojlantirdi.
Yorug’likning har ikkala tabiatini ham tasdiqlovchi hoddisalarning mavjudligi, u har ikkala xususiyatga ham ega emasmikan, degan fikrning tug’ilishiga sabab bo’ldi. Bu – yorug’likning korpuskular to’lqin dualizimining paydo bo’lishiga olib keladi.
2. Kvant parametrlari. Plank gipotezasi yorug’lik kvanti haqidagi tuhsunchaning paydo bo’lishiga olib keladi va u foton deb nom oldi. Foton quyidagi xarakteristikalarga ega.
Fotonning energiyasi:
massasi ,
impulsi
Yuqoridagi ifodalarda ekanligi e’tiborga olingan. c = 3 · 108 m/s – yorug’likning bo’shliqdagi tezligi.
Foton yorug’lik tezligiga teng bo’lgan tezlik bilan harakatlanadi. Uni sekinlashtirib ham, tezlatib ham bo’lmaydi. Shuning uchun fotonning tinchlikdagi massasi to’g’risida gapirish ma’noga ega emas.
3. Issiqlikdan nurlanish yutilish qobiliyati. Nur yutish qobiliyati hamma to'lqin uzunliklar uchun bir xil va birdan kichik bo'lgan jism kulrang jism deb ataladi.
аl,Т = ат=CоnSt < 1. 
Odatda o'zining xususiyatlari bilan absolyut
qora jismdan kam farq qiladigan Maykelson
taklif etgan modeldan foydalaniladi. Bu model-
da nur qaytarish va nur yutish qobiliyat-
laridan tashqari T temperaturadagi jismning
birlik sirtidan birlik vaqtda nurlanayotgan
elektromagnit to'lqinlarning energiyasini ifodalaydigan kattalik - T tempe-raturadagi jismning nur chiqarish qobiliyati yoki energetik yorqinligi (et orqali belgilanadi va Vt/m2 (J/m2s) bilan o'lchanadi) degan tushuncha kiritiladi. Bundan tashqari l to'lqin uzunlikli, T teperaturadagi jism nur chiqarish qobiliyati е dan foydalaniladi. Absolyut qora jism nur chiqarish qobiliyati Е bilan belgilanadi.
Issiqlik nurlanishi boshqa turdagi nurlanishlardan bir xususiyati bilan farq qiladi.
T temperaturadagi jism issiqlik o'tkazmaydigan
qobiq bilan o'ralgan deb faraz qilaylik. Jism chiqargan nurlanish qobiqqa tushib undan bir
yoki bir necha marta qaytadi va yana jismga tushadi.
Jism bu nurlanishni qisman yoki to'la yutadi.
Qisman yutsa, qolgan qismini qaytaradi. Shuning
uchun jism vaqt birligi ichida qancha energiya chiqarsa, shuncha energiya yutadi va jismning temperaturasi o'zgarmaydi. Bu holatni muvozanatli holat deyiladi.

Download 64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling