1 Issiqlik texnikasi fani, uning maqsad va vazifalari. Gazning xossalari va energiyasi


Download 124.71 Kb.
bet4/4
Sana26.05.2020
Hajmi124.71 Kb.
#110185
1   2   3   4
Bog'liq
Maruza №1


6. Ideal gaz aralashmalari

Gaz aralashmalarining xossalari. Amaliyotda, masalan ichki yonuv dvigatellarini, qozon qurilmalarini va x.k.larni hisoblashlarda hamda ko‘p texnologik jarayonlarda ishchi jism sifatida sof holdagi bir atomli gazlar emas, gaz aralashmalari qo‘llaniladi.

Ko‘p hollarda ishchi jism sifatida bir biri bilan o‘zaro reaksiyaga kirishmaydigan gaz aralashmalari ishlatiladi. Issiqlik texnikasida bular asosan atmosfera havosi, tabiiy gazlardir.

Boyl-Mariott va Gey-Lyussak qonunlarini gaz aralashmalariga ham tadbiq etish mumkin. SHuning uchun gaz aralashmalari uchun holat tenglamasini quyidagicha yozish mumkin, pVap = map Rap T.

Bu erda, r - aralashmaning umumiy bosimi;



Vap - aralashmaning hajmi;

Rap - aralashmaning gaz doimiysi;

Gap - aralashmaning massasi.

Gaz aralashmalarining asosiy xususiyatlarini Dalton qonuni yaxshi ifodalaydi. Bu qonunga muvofiq, aralashmadagi har bir gaz idishda boshqa gazlar yo‘q holdagidek tutadi va o‘zining bosim ulushini (parsial bosimini) hosil qiladi.

SHunday qilib, aralashma tarkibidagi har bir gaz uchun uning parsial bosim bog‘liq holda holat tenglamasini yozish mumkin:

ri Vap = mi Ri T (1.35)

bu erda, Vap - aralashmaning egallagan hajmi;



ri - alohida olingan gazning parsial bosimi;

mi va Ri - mos holda alohida olingan gazning massasi va gaz doimiysi.

Dalton qonuniga binoan, aralashmaning bosimi (r) alohida olingan gazlarning parsial bosimlarining yig‘indisiga teng bo‘ladi.

(1.36)

bu erda, r1, r2, …rn - aloxida olingan gazlarning parsial bosimlari.



Gaz aralashmasining tarkibi. Gaz aralashmasining tarkibi, asosan, 2 xil usul bilan berilishi mumkin, ya’ni aralashmaning massa ulushi (hissasi) va aralashmaning hajm ulushi (hissasi).

a) alohida olingan (bir) gaz massasini aralashmaning umumiy massasiga nisbati, aralashmadagi gazning massa ulushi (xissasi) deyiladi va "g" bilan belgilanadi.



bu erda, map - aralashmaning umumiy massasi.



map = m1 + m2 + … mn (1.37)
Massa bo‘laklarining yig‘indisi 1 ga teng:

b) alohida olingan gazning keltirilgan hajmini aralashma egallagan umumiy hajmga nisbati, aralashmadagi gazning hajm bo‘yicha ulushi (hissasi) deyiladi va “r” harfi bilan belgilanadi.

bu erda, Vap - aralashmaning egallagan hajmi.

(1.38)

Hajm bo‘laklarining yig‘indisi ham 1 ga teng: r1 + r2 +…+ rn = . Ba’zi hollarda, gaz aralashmasining tarkibi kilomollar soni orqali ham berilishi mumkin. Bu usul ham, ri - keltirilgan hajm aralashma tarkibidagi alohida olingan gazning (aralashma haroratida va bosimida) egallangan hajm ulushlari orqali ifodalash usulidan deyarli farq qilmaydi.

Agar aralashma tarkibidagi gazlarning zichligi (i) yoki molekulyar massalari berilgan bo‘lsa, hajm ulushlarida (ri) berilgan aralashma tarkibini massa ulushlarida (gi) ifodalash mumkin, ya’ni

(1.39)

Aksincha, gaz aralashmasining tarkibi massa ulushlari bo‘yicha berilgan bo‘lib, hajm ulushlariga o‘tish lozim bulsa, u holda quyidagi ifodadan foydalanish mumkin:



(1.40)

Aralashmaning o‘rtacha molekulyar massasi. Ma’lumki, gaz aralashmasining molekulasi (masalan, "havo" degan molekula) yo‘q. SHuning uchun, aralashmaning o‘rtacha molekulyar massasi deyilganda, aralash­maning faraz qilingan (o‘rtachalashtirilgan) molekulyar massasini tushunish kerak.

O‘rtacha molekulyar massa quyidagicha aniqlanadi:



(1.41)

yoki (1.40) ifodani hisobga olgan holda yozish mumkin:



(1.42)

Aralashmaning gaz doimiysi (Rap) ma’lum bo‘lsa, o‘rtacha molekulyar massani universal gaz doimiysi orqali sodda yo‘l bilan hisoblash ham mumkin (1.31 tenglikka qaralsin):


(1.43)

Aralashmaning gaz doimiysi. Aralashma massa ulushlari orqali berilganda uning gaz doimiysini Dalton qonunidan kelib chiqadigan tenglik orqali aniqlash mumkin. Bunda aralashmaning massasi Gar kg,

map = m1 + m2 + m3 + … + mn

U holda aralashma tarkibidagi alohida olingan gaz uchun holat tenglamalarini yozish mumkin:



P1Vap=m1R1T

P2Vap=m2R2T

. . . . . . . . . . .

PnVap=mnRnT

Tengliklarning o‘ng va chap tomonlarini o‘zaro qo‘shib quyidagini hosil qilamiz:



(r1 + r2 + ... + pp) Var = (m1 R1 + m2 R2 + ... + mn Rn) T

bu erda, r1 + r2 +...+ rn = r ekanligidan,

Demak, aralashma uchun Rar ni hisobga olgan holda holat tenglamasini quyidagicha yozish mumkin:

p Vap = map Rap T (1.44)

Bu oxirgi ikkala tenglikni chap tomonlari o‘zaro tengligidan quyidagi tenglik kelib chiqadi, ya’ni



yoki


(1.45)
Bu tenglikdan,
Demak, Rap = g1 R1 + g2 R2+ … + gn Rn (1.46)
Parsial bosim. Aralashma tarkibiga kiruvchi alohida olingan gazning parsial bosimi, gaz tarkibining qanday usulda berilishiga qarab, asosan, ikki xil usul bilan aniqlanadi:

a) aralashma tarkibi hajm bo‘laklari bo‘yicha berilgan, u holda parsial bosim,



(1.47)

b) aralashma tarkibi massa bo‘laklari bo‘yicha berilgan holda,



(1.48)

Ba’zi hollarda aralashma tarkibi tashkil etuvchi gazlarning kilomollar soni orqali berilishi ham mumkin, u holda



(1.49)

bu erda, µi - i-nchi gazning (1 ta gazning) kilomollar soni;



µap - aralashmadagi jami kilomollar soni;

p - aralashmaning umumiy bosimi.
Download 124.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling