1. Iste’mol va jamg’arish, ularning grafiklari va funksiyalari
Iste’mol va jamg’arish, ularning grafiklari va funksiyalari
Download 317.66 Kb.
|
Iste’mol va jamg’arish
Iste’mol va jamg’arish, ularning grafiklari va funksiyalari.
Uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari (bundan buyon iste’mol deb yuritiladi), yalpi talab, yoki YAIMning yakuniy iste’molga ko’ra tarkibida eng katta ulushga ega bo’lgan komponentdir. Shu tufayli ham iste’mol xarajatlariga ta’sir etuvchi omillarni, uning o’zgarish qonuniyatlarini o’rganish muhim ahamiyatga ega. Iste’mol va jamg’arish hajmini belgilovchi asosiy omil uy xo’jaliklarining ishlab topgan daromadlari, olgan transfert to’lovlari va to’lagan soliqlari bilan belgilanadigan tasarrufidagi daromadi (DI – disposable income, yoki Yd ) ko’rsatkichidir. Uy xo’jaliklari tasarrufidagi daromadning iste’mol qilinmasdan qolgan qismi ularning jamg’armalarini tashkil etadi. J.M. Keyns uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari va jamg’arishlari hajmini belgilovchi asosiy omil ularning ishlab chiqarishda ishtirok etishdan olingan daromadlari, yanada aniqrog’i tasarrufidagi daromad deb hisoblaydi Ma’lumki, uy xo’jaligi tasarrufidagi daromad iste’mol va jamg’arish uchun ishlatiladi. YA’ni, qancha ko’p iste’mol qilinsa, shuncha kam jamg’ariladi va aksincha. Iste’mol va jamg’arish o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik har xil daromadga ega bo’lgan shaxslarda bir xil emas: kam daromadga ega bo’lganlar, odatda, uning ko’proq qismini iste’mol qilib, kamroq qismini jamg’aradi, lekin daromadlari oshib borishi bilan bu nisbat jamg’arish foydasiga o’sadi. 1 - chizma. Iste’mol grafigi S
420 S ye 390 375 a 370 390 430 Yd Uy xo’jaliklari tasarrufidagi daromadlar 390 sh.b.ka teng bo’lganda, uning miqdori iste’mol miqdori bilan tenglashadi. Bu miqdor bo’sag’aviy daromad deb yuritiladi (1- chizma). Bo’sag’aviy nuqtadan quyida haqiqiy iste’mol daromaddan oshiq. Bu vaziyat insonlarning qarz hisobiga hayot kechirishini bildiradi. ye– nuqtada yuqorida haqiqiy iste’mol daromaddan kam hamda ular o’rtasidagi farq jamg’arishni tashkil etadi. Haqiqiy iste’mol to’g’ri chizig’i iste’mol hajmini belgilovchi vertikal o’qni a nuqtada kesib o’tadi. Bu hol uy xo’jaliklari umuman daromad olmaganlarida ham ma’lum miqdorda iste’mol qilishlarini anglatadi. a – nuqta esa avtonom iste’mol hajmini bildiradi. Iste’mol funksiyasini yozamiz: C = a + b Yd , bu yerda: a – avtonom xarajatlar; Yd – tasarrufidagi daromad (Yd =Y-T), bu yerda: T – soliqlar; b – iste’mol hajmining tasarrufidagi daromadga bog’liqligini ifodalovchi koeffitsient, boshqacha aytganda iste’molga chegaralangan moyillik. ДS b = --------- 100 Д Yd Demak, iste’mol hajmi avtonom iste’molga, tasarrufidagi daromad hajmiga va iste’mol hajmining tasarrufidagi daromad o’zgarishiga ta’sirchanligiga bog’liq. Jamg’arish grafigini ham iste’mol grafigiga o’xshab algebraik ifodalash mumkin, ya’ni jamg’arish funksiyasi quyidagi ko’rinishga ega: S = -a + (1 -b) Yd 2 - chizma. Jamg’arish grafigi Iste’mol va jamg’arish hajmiga tasarrufidagi daromad dinamikasidan tashqari quyidagi omillar, to’g’rirog’i bu omillardagi o’zgarishlar ham ta’sir ko’rsatadi: 1. Uy xo’jaliklari daromadlari. 2. Uy xo’jaliklarida to’plangan mulk hajmi. 3. Baholar darajasi. 4. Iqtisodiy kutish. 5. Iste’molchilar qarzlari hajmi. 6. Soliqqa tortish hajmi. Download 317.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling