1. Иқтисодиёт / Архитектура ва қурилиш]
Download 445.88 Kb.
|
1. ПФ-3240 06.05.2003
Oldingi tahrirga qarang.
inshootni foydalanishga qabul qilib olish buyurtmachi tomonidan qurilish sohasidagi nazorat boʼyicha hududiy Inspektsiyalar ishtirokida belgilangan sifat standartlarini hisobga olgan holda taʼminlanadi, nuqsonlar mavjud boʼlgan taqdirda esa nazoratni amalga oshirishga vakil qilingan organlarning xulosasi boʼyicha sifatsiz bajarilgan qurilish-montaj ishlari qiymati miqdoridagi ishlarning hajmi chiqarib tashlanadi yoki nuqsonlar aybdor tomonning mablagʼlari hisobidan bartaraf etiladi; (5-bandning beshinchi xatboshisi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018 y., 06/18/5483/1594-son) kontrakt shartlarini buzish bilan bogʼliq barcha sarf-xarajatlar va koʼrilgan zararlar aybdor tomon — buyurtmachi yoki pudratchi mablagʼlari hisobidan qoplanadi. 6. Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʼmitasi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda bosh pudratchilar va subpudratchilar, pudrat tashkilotlari hamda qurilish materiallari va konstruktsiyalari yetkazib beruvchilar oʼrtasidagi oʼzaro munosabatlarning yagona namunaviy tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etsinlar. Bunda qurilish materiallari va ishlarning qiymati sunʼiy ravishda qimmatlashuvini bartaraf etish maqsadida munosabatlar tizimidagi oraliq boʼgʼinlari hamda vositachi tashkilotlar tugatilishi koʼzda tutilsin. 7. Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʼmitasi bilan birga ikki oy muddatda davlat mablagʼlari hisobidan qurilish ishlarini amalga oshiruvchi buyurtmachilarning faoliyatini tubdan takomillashtirish, shu jumladan inshootlar qurilishining borishi ustidan texnik nazoratni kuchaytirish, ularning taʼminot, savdo-vositachi tashkilotlarini hamda buyurtmachi nomidan ish koʼruvchi oraliq tuzilmalarini tugatish boʼyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. Oldingi tahrirga qarang. (8-band Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 martdagi PF-5370-sonli Farmoniga asosan oʼz kuchini yoʼqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2020 y., 06/20/5370/0975-son) 9. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish chogʼida kapital qurilishda joriy shartnomaviy narxlarga oʼtish maqsadga muvofiq deb hisoblansin. Belgilansinki: tanlov savdolari (tenderlar) natijalariga koʼra yangi quriladigan inshootlarga doir tuziladigan shartnomalar (kontraktlar) boʼyicha joriy narxlarga oʼtish shartnoma (kontrakt) tuzilgan paytdan boshlab, oʼtuvchi inshootlar boʼyicha esa — 2004 yil 1 yanvardan boshlab amalga oshiriladi; davlat kapital qoʼyilmalari hisobiga moliyalashtiriladigan qurilish inshootlari boʼyicha tanlov savdosi (tender) gʼoliblari bilan qurilishning birinchi yilida oʼzgartirilmaydigan va keyingi yillarda moddiy-texnika hamda boshqa resurslarga narxlar darajasi hisobga olingan holda aniqlashtiriladigan shartnomaviy narx boʼyicha tegishli kontraktlar (pudrat shartnomalari) tuziladi. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda joriy narxlarga oʼtish toʼgʼrisida qaror qabul qilsin. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 11 iyundagi 261-sonli «Markazlashtirilgan kapital qoʼyilmalar hisobiga roʼyobga chiqarilayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda shartnomaviy joriy narxlarga oʼtish toʼgʼrisida»gi qaroriga qarang. Oldingi tahrirga qarang. (10-band Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 iyuldagi PF-5483-sonli Farmoniga asosan oʼz kuchini yoʼqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018 y., 06/18/5483/1594-son) 11. Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlar 2008 yilning 1 yanvariga qadar ularni ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar va ularning butlovchi buyumlarini olib kelish chogʼida bojxona toʼlovlarini toʼlashdan ozod qilinsinlar (bojxona rasmiylashtirishi uchun yigʼimlar bundan mustasno). 12. Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʼmitasi, Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʼmitasi ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kapital qurilishda ijara va lizing xizmatlari tizimini joriy etish toʼgʼrisida takliflar kiritsinlar. Bunda quyidagilar nazarda tutilsin: lizing shartlari asosida foydalaniladigan yangi yuqori unumli qurilish mashinalari, transport vositalari va kichik mexanizatsiya vositalari sotib olishni moliyalash manbalari toʼgʼrisida takliflar tayyorlash; tugatilayotgan iqtisodiy nochor korxonalarning qurilish texnikasi, transport vositalari va kichik mexanizatsiya vositalarini ularning byudjet oldidagi qarzlarini qoplash hisobiga lizing kompaniyalarining ustav sarmoyasiga oʼtkazish. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 23 oktyabrdagi 462-sonli «Kapital qurilishda ijara va lizing xizmatlari tizimini joriy etish toʼgʼrisida»gi qaroriga qarang. 13. Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʼmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin. 14. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʼrinbosari K. N. Toʼlaganov va Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari R. S. Аzimov zimmalariga yuklatilsin. Oʼzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KАRIMOV Toshkent sh., 2003 yil 6 may, PF-3240-son (Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Аxborotnomasi, 2003 y., 5-son, 68-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2017 y., 06/17/5228/0210-son, 31.07.2018 y., 06/18/5483/1594-son; 29.06.2020 y., 06/20/5370/0975-son) Download 445.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling