1. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari


Globallashuv sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyatni va iqtisodiyotni divversifikatsiyalashni kuchaytirish istiqbollari


Download 317.4 Kb.
bet11/18
Sana31.01.2023
Hajmi317.4 Kb.
#1144190
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Glaballashuv jarayonining xalqaro savdo munosabatlarida tutgan o\'rni

Globallashuv sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyatni va iqtisodiyotni divversifikatsiyalashni kuchaytirish istiqbollari

Mamlakatdagi bozor islohotlari iqtisodiyotning barqaror o‘sishi uchun bozorning o‘zini o‘zi tartibga solishi yetarli emas. Shu bois davlat tomonidan uni faol tartibga solish zarur, degan qoidadan kelib chiqiladi. Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishda davlat hal qiluvchi rolni bajaradi. Ayni vaqtda davlat iqtisodiyotga ma’muriy yo‘l bilan emas, balki moliyaviy-iqtisodiy dastaklar yordamida va o‘zining moliyaviy resurslariga tayanib ta’sir ko‘rsatishi kerakligi asarda qayd etilgan.
Inqirozga qarshi choralar dasturi iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishga asosiy e’tiborni qaratadi, uning iqtisodiyotning moliyaviy sektorini mustahkamlashga ta’sirini kuchaytiradi. Demak, Inqirozga qarshi choralar dasturida iqtisodiyotning real va moliyaviy sektorlari o‘rtasidagi dialektik aloqa inobatga olingan. Zero, ularning o‘zaro munosabatlari samarali ekanligi milliy iqtisodiyot rivojlanishining muhim omili hisoblanadi.
Inqirozga qarshi choralar ishlab chiqarishni yanada rekonstruksiya qilish va iqtisodiyotni diversifikasiyalashni nazarda tutadi. Diversifikasiya ishlab chiqarish tuzilishining o‘zgarishini, xilma-xil mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilishini bildiradi. Bu mahsulotlar bir-birini to‘ldirishi kerak. Ularning sotilishi ehtimol tutilgan yo‘qotishlarning o‘rnini qoplashi va bu bilan iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish lozim.
Inqirozga qarshi choralar dasturida iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy muammolarni hal qilishning ustuvor yo‘nalishlari ham belgilangan. Unda hozirgi globallashuv sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyatni va iqtisodiy integrasiya jarayonlarini kuchaytirish inqirozga qarshi asosiy to‘siqlardan biri deb baholanishini anglash mumkin.
Globallashuv jarayonining hozirgi bosqichidagi muhim yo‘nalishlardan biri – O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish hamda jahon hamjamiyatiga integrasiyalashuv jarayonlarini kuchaytirish hisoblanadi. Bu borada mamlakatimizning ko‘plab mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishi, jahondagi turli iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlarning teng huquqli a’zosiga aylanishi e’tiborga molikdir.
Hozirgi davrda Respublikaning tashqi iqtisodiy faoliyatidagi asosiy strategiyasi import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan birga eksportga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish va o‘zining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini kuchaytirishdan iborat.
Respublikada bozor islohotlarini amalga oshirish modelining asosiy tarkibiy qismlardan biri tashqi savdodir. Davlat eksport siyosati mustaqillik yillari davomida birinchi navbatda kerakli tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy sharoitlarni yaratishga qaratilgan edi, bu pirovard natijada tashqi savdo aylanmasi tuzilmasidagi ijobiy o‘zgarishlarga:

  • neft va uni qayta ishlash mahsulotlari hamda energiya tashuvchilari eksport bazasining kengaytirilishi;

  • import tuzilmasidagi siljishlar – energiya tashuvchilari, bug‘doy, g‘alla ulushining kamaytirilishi hamda mashinasozlik mahsuloti importi hajmlarining ortishi;

  • tashqi savdoning ekvivalentligi hamda o‘zaro tovar yetkazib berish hajmlarining teng kuchliligi muammolarining susayishi;

  • Markaziy Osiyo mintaqasida tashqi iqtisodiy integrasiyaning kuchaytirilishiga olib keladi.

Eksportning xom ashyoga yo‘naltirilganligi saqlanib kelaversa milliy xo‘jalikning zaifligi ortadi, chunki uning samaradorligi ko‘proq jahon hom ashyo bozorlarining kon’yunkturasiga bog‘liq bo‘lib qoladi, bu bozorlarning ahvoli esa yetarli darajada barqaror emas va tez-tez jiddiy o‘zgarishlarga uchrab turadi. Paxta, gaz, rangli metallar, oltin bozorlari kon’yunkturasining yomonlashishi mamlakat iqtisodiyotini halokat yoqasiga keltirib qo‘yishi mumkin, chunki respublikamizda eksportning 50%dan ko‘prog‘i ushbu resurslarga to‘g‘ri keladi.
Bunday sharoitlarda bizning fikrimizcha quyidagilar O‘zbekiston tashqi iqtisodiy siyosatining imtiyozli yo‘nalishlari bo‘lishi lozim:

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni maqsadga yo‘naltirilgan holda liberallashtirish siyosatini o‘tkazish;

  • eksport va import tuzilmasini, ularning ishlab chiqarish salohiyotini rivojlantirish yo‘li bilan takomillashtirish;

  • respublikamizdagi eksportga mo‘ljallangan, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqaruvchilarning manfaatlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash;

  • xorijiy kapitalni avvalo moddiy eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishga jalb qilish;

  • O‘zbekistonni jahon transport kommunikasiyalariga integrasiyalashuvini rivojlantirish.

Yuqori texnikaviy saviyadagi tayyor mahsulot ulushining oshirilishi yuqorida aytib o‘tilgan chora-tadbirlar ichida muhim o‘rin tutishi lozim, buning uchun esa quyidagilarni bajarish zarur:

  • respublikamizdagi eksportchilarning mahsulotini sotish bozorini shakllantirishda muhim rol o‘ynovchi xorijiy mamlakatlardagi korxonalar bilan O‘zbekistondagi eksportchi korxonalar o‘rtasida kooperasiya aloqalarining shakllanishiga ko‘maklashish;

  • chuqur qayta ishlash mahsulotlarini yuqori texnologiya va ilm talab qiluvchi buyumlar ishlab chiqariladigan eksportga mo‘ljallangan ishlab chiqarish sohasi va uning tarkibini takomillashtirish;

  • eksportning intellektual mulk ob’yektlari lisenziyalarini hamda nou-xau shaklida texnika va tijorat sirlarini sotish, injiniring va lizing sohalarida xizmatlar ko‘rsatish kabi turini rivojlantirish yo‘li bilan respublikamizda erishilgan fan-texnika yutuqlarining jahon xo‘jaligi aylanmasiga kirib borishini tezlashtirish.

  • ilmiy loyihalarga, xususan, amaliy fan va texnologiyalar transferti sohasidagi ilmiy loyihalarga bozor yo‘nalishini berish uchun sharoitlar yaratish maqsadida innovasiyalarni qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini ishlab chiqish;

  • innovasiya jarayonini davlat tomonidan va tijoriy qo‘llab- quvvatlashning optimal uyg‘unlashuvining asosiy yo‘llarini belgilab olish hamda ilmiy-texnikaviy loyihalarni tijorat ahamiyatiga ega bo‘lgan natijalar darajasigacha yetkazish;

  • o‘zbek olimlari va mutaxassislarining chet eldagi yetakchi institutlar, tashkilot va firmalar bilan hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish;

  • yuqori darajali marketing tadqiqotlari o‘tkazish, tijoratlashtirish va texnologiyalar menejmenti sohasidagi yutuqlarni o‘rganish, xorijiy bozorlarning kon’yunkturasi sig‘imi, talabning mavjudligi hamda raqobatchilarning narx siyosati, kooperasiya, qo‘shma korxonalar tashkil etish bo‘yicha hamkorlar qidirish yuzasidan tahliliy ma’lumotlarni o‘rganish zarur bo‘ladi.

Tashqi iqtisodiy faoliyatda erkin iqtisodiy zonalar ham alohida o‘rin tutadi. Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy integrasiyalashuvi, erkin iqtisodiy zonalarni shakllantirishni taqazo etadi. Ular xalqaro xo‘jalik aloqalarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Erkin iqtisodiy zonalar turli mamlakatlardagi xorijiy va milliy tadbirkorlar faoliyati uchun imtiyozli iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilgan hududlar bo‘lib, ular iqtisodiy o‘sishni t’minlash, sosial va ekologik muammolarni yechish bartaraf etish maqsadida tashkil etiladi. Erkin iqtisodiy zonalar o‘zining faoliyat yo‘nalishiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin:
Erkin savdo zonalarida boj bekor qilinadi yoki uning miqdori ancha past bo‘ladi, eksport-import ustidan nazorat bo‘lmaydi.
Eksportga mo‘ljallangan sanoat zonalarida xorijiy kapitalga soliq imtiyozi beriladi, boj puli kamaytiriladi. Bunday imtiyoz milliy kapitalga ham beriladi. Bundan ko‘zlangan bosh maqsad ma’lum joylarda chet el kapitali faoliyatini kuchaytirib, xorijiy texnologiyani joriy etish, eksportni ko‘paytirib valyuta topish yoki import qilinadigan tovarlar o‘rnini bosuvchi boshqa bir tovarlarni ishlab chiqarishdan iborat bo‘ladi.
Erkin iqtisodiy zonalarni ko‘payishi jahon miqyosidagi resurslar doiraviy xarakatini tezlashtirib, iqtisodiy samaradorlikni umumjahon miqyosida oshirishga hissa qo‘shadi. Oxirgi yillarda dunyoning ko‘pchilik davlatlarida erkin iqtisodiy zona keng tarqalib borayapti. Hozirgi kunda jahonda 5000 ga yaqin har xil ochiq iqtisodiy zonalar mavjud. Diversifikasiya – ilmiy-texnika revolyusiyasi tomonidan hamda kapitalistik xo‘jalik ichki ziddiyatlarining kuchayishi orqali vujudga keltirilgan, rivojlangan kapitalistik mamlakatlar iqtisodiyotida sifat jihatidan yangi hodisa.
Diversifikasiya asosida, xususan, ba’zi tarmoqlarning jadal ravishda o‘sishi va ba’zilarining pasayib ketishi orqali namoyon bo‘luvchi iqtisodiyotning bir tekisda rivojlanmasligi sharoitida firmalarning yashab qolishga intilishi yotadi. Diversifikasiya eng ko‘p darajada XX asrning 50-yillari o‘rtalarida rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda sanoat, transport, qurilish tarmoqlarida ko‘zga tashlandi va tez orada barcha kapitalistik davlatlar uchun xarakterli bo‘lib qoldi. Birinchi navbatda diversifikasiyaga ilmiy-texnika revolyusiyasining kengayishi, raqobat kurashining yangi shakllari, iqtisodiyotning harbiylashtirilishi, mazkur mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘p tarmoqli yirik monopolistik birlashmalar birinchi navbatda yangi, nisbatan foydali tarmoqlar – kimyo, elektronika, radiotexnika tarmoqlariga kiradi. Kompaniyalarga bir xildagi xomashyodan turli tovarlarni ishlab chiqarish, sarf-xarajatlarni pasaytirish, xususan, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga xarajatlarni qisqartirish imkonini beruvchi mahsulot nomenklaturasini kengaytirish, kombinasiyalash yo‘lidan borish foydali hisoblanadi.
Diversifikasiya iqtisodiy inqirozlarning yirik kapitalistik birlashmalar uchun oqibatlarini yumshatib, ularning ta’sirini pasaytiradi, biroq, tovarlarni ortiqcha ishlab chiqarishning oldini olish vositasi bo‘lib hisoblanamaydi. Diversifikasiya ham kapitalning konsentrasiyalashuvi, ham kapitalning markazlashuvi asosida amalga oshiriladi. Birinchi holatda ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasining kengayishi, boshqa tarmoqlarga kirish o‘zining xususiy jamg‘armalari hisobiga amalga oshiriladi. Ikkinchi holatda esa – mazkur jarayon boshqa tarmoq va ishlab chiqarish turlarida band bo‘lgan kapitallarning birlashuvi, «yutib yuborilishi» natijasida amalga oshiriladi. Diversifikasiyalash maqsadida moliyaviy muassasalarning investision trestlar shakllaridan keng foydalaniladi. Ishlab chiqarishni diversifikasiyalash eng avvalo kapitalistik dunyoning eng yirik kompaniyalari imkoniyati darajasidadir. Ishlab chiqarishni diversifikasiyalash natijasida, masalan, kimyo kompaniyalari mahsulotlari nomenklaturasi minglab nomda hisobga olinib, odatda, universal hisoblanadi.
Yetakchi konsernlarni diversifikasiyalash usuli sifatida kapitalning markazlashuvi kompaniyalarning ilmiy-ishlab chiqarish komplekslari tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish va optimallashtirish bilan bog‘liq yangi xususiyatlari bilan ajralib turdi. Ba’zi hollarda hatto yirik kompaniyalar ham yakka holda nisbatan qisqa muddatlarda diversifikasiyalash uchun ilmiy-texnik ishlanmalarni hamda ishlab chiqarish bazasini yaratishga qodir bo‘lmay qoladilar. Diversifikasiyalashning asosan quyidagi jihatlarini O‘zbekistonda amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:

  • xo‘jalik faoliyatining turli-tumanligini ta’minlash maqsadida eksport qilinayotgan mahsulot nomenklaturasini kengaytirish;

  • biznesning diversifikasiyasini amalga oshirish – bu birinchi navbatda iqtisodiy xavfsizlik tomon tutish;

  • kompaniyalarning ichki xo‘jalik resurslarini kam daromad keltiruvchi sohalardan yuqori daromadli sohalarga o‘tkazish orqali yengillik bilan o‘zgartira olishi imkoniyatini yaratish;

  • diversifikasiyalash orqali biznesning ba’zi sohalarida olinmagan foyda boshqa sohalardagi yuqori daromad bilan qoplash yo‘llarini ishlab chiqish;

  • diversifikasiyalashda ham me’yor chegaralariga amal qilish. Aks holda xo‘jalik resurslarining haddan tashqari «tarqatib yuborilishi», firmaning o‘z faoliyatini qandaydir bir yoki ikki magistral yo‘nalishlarda kuchli namoyish eta olmasligi vaqt o‘tishi bilan uning moliyaviy holatini izdan chiqarishi, hattoki bankrotlikka olib kelishi ham mumkin»;

  • jahon xo‘jaligining yangi sohalari va boshqa tarmoqlarga kirib borish orqali ishlab chiqarishning yangi turlarini tashkil etish;

Globallashuv sharoitida milliy xo‘jaliklarning umumjahon mehnat taqsimotida faol ishtirok etishi ularning muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishining muhim shartiga aylanib bormoqda.



  1. Download 317.4 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling