1-Jahon xo‘jaligining mohiyati


Download 48.5 Kb.
bet1/3
Sana02.04.2023
Hajmi48.5 Kb.
#1319773
  1   2   3

1-Jahon xo‘jaligining mohiyati
Jahon iqtisodiyotiga keng va tor ma’nolarda ta’rif berish mumkin1. Keng ma’noda jahon iqtisodiyoti — bu milliy iqtisodiyotlar yig‘indisi sifatidagi tizim hisoblansa, tor ma’noda — bu milliy iqtisodiyotning tashqi dunyoga tovarlar, xizmatlar va iqtisodiy resurslar yetkazib beruvchi qismlarinigina qamrab oluvchi tizimdir. Jahon iqtisodiyotiga berilgan tor ma’nodagi ta’rif iqtisodiy nazariyadagi sotiladigan mahsulotlar va omillar tushunchasiga mos keladi. Amaliyotda keng ma’nodagi ta’rif ko‘proq qo‘llanilganligi bois ham keyingi matnlarda ushbu tushunchadan foydalanamiz.
Shu bilan birga sotiladigan mahsulotlar va omillarga asoslangan xo‘jalik aloqalari yuzlab milliy xo‘jaliklarni «jahon iqtisodiyoti» deb ataladigan bir tizimga birlashtirishini e’tiborga olish lozim. Shu sababdan ham jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar o‘zaro bog‘liqdir.Jahon iqtisodiyotining subyektlari. Jahon xo‘jaligi tizimini sodda holda uning tarkibiy qismlari yoki asosiy qatnashchilari — subyektlaridan iborat mexanizm ko‘rinishida ifodalash mumkin. Ushbu subyektlarning asosiylari milliy iqtisodiyotlar, transmilliy korporatsiyalar (TMK), integratsion birlashmalar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining asosiy subyekti sanaladi. Milliy iqti-
sodiyotlarga xos asosiy xususiyat shundaki, dunyoning aksariyat mamlakatlari iqtisodiy suverenitetni saqlab kelishmoqda. Globallashuv jarayoni tufayli tashqi bosimning kuchayishiga qaramasdan mamlakatlarda eng muhim iqtisodiy qarorlar tashqaridan emas, balki milliy hukumatlar tomonidan qabul qilinmoqda. Shuning uchun ham jahon iqtisodiyotini tahlil etishda sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda mavjud iqtisodiy rivojlanish tendensiyalariga tayanish lozim. Shunga qaramasdan milliy iqtisodiyotlarning jahon iqtisodiyotidagi mavqeyi pasayib bormoqda. Ba’zi integratsion birlashmalarda iqtisodiy suverenitet qarorlar qabul qilishning umumiy mexanizmi bilan uyg‘unlashib ketayotir. Milliy iqtisodiyot doirasida (jumladan, kichik mamlakatlarda) iqtisodiy qarorlar qabul qilishda hukumat o‘z kompaniya va fuqarolari talablaridan emas, balki aksariyat hollarda xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va xorijiy TMKlar talablaridan, manfaatlaridan kelib chiqishmoqda.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mohiyati va shakllari. Jahon iqtisodiyotining tizim sifatidagi faoliyati tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan bog‘liq. Ushbu bog‘liqlik asosida xalqaro iqtisodiy munosabatlar yuzaga keladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar — bu rezidentlar va norezidentlar o‘rtasidagi xo‘jalik munosabatlaridan iborat. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni shakllari bo‘yicha guruhlash mumkin.
An’anaviy tarzda xalqaro tovarlar, xizmatlar va intellektual mulk savdosi alohida shakl sifatida ajratiladi. Ishlab chiqarish omillarining harakati xalqaro iqtisodiy munosabatlarning xalqaro kapital harakati, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi, texnologiyalarni xalqaro uzatish kabi shakllari asosida yotadi.
Kapital, mehnat va texnologiyadan tashqari boshqa iqtisodiy resurslardan biri
hisoblangan tabiiy resurslar harakatchan emasligi bois, jahon xo‘jalik aloqalarida
qazib chiqarilgan va ular asosida tayyorlangan mahsulotlarning xalqaro savdosi
orqali qatnashadi. Tadbirkorlik qobiliyati omili odatda, kapital, ishchi kuchi va texnologiyalar bilan birgalikda harakatlanadi, shu sababli xalqaro iqtisodiy munosabatlarning alohida shakli sifatida qatnashmaydi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning keyingi shakli xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlari xalqaro savdo, ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati hosilasi hisoblansada, jahon xo‘jaligida alohida ahamiyatga ega mustaqil iqtisodiy munosabatlar sifatida tan olingan.



Download 48.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling