1-Jahon xo‘jaligining mohiyati


-Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarning tavsifi, belgilari, guruhlanishi va rivojlanish modellari


Download 48.5 Kb.
bet3/3
Sana02.04.2023
Hajmi48.5 Kb.
#1319773
1   2   3
3-Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarning tavsifi, belgilari, guruhlanishi va rivojlanish modellari
Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar — jahon iqtisodiyotining asosiy subyektlaridan biri hisoblanadi. Ushbu guruhga 30 dan ortiq mamlakat kiradi
va ba’zan ushbu mamlakatlar «rivojlangan» yoki «sanoat jihatdan taraqqiy etgan» mamlakatlar, deb ataladi.
Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarga xos boigan asosiy xususiyatlardan biri — daromadlarning aholi qatlamlari o‘rtasida nisbatan tekis taqsimlanishi va mamlakat hududining bir tekis o‘zlashtirilishi hisoblanadi. Bundan tashqari, ushbu mamlakatlar iqtisodiyoti ijtimoiy yo‘naltirilganligi, xususan, aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qoilab-quvvatlash, ilm-fanni rivojlantirishga katta miqdorda mablag1 sarflash (YalM ga nisbatan 2-3 %) va uning yutuqlarining ishlab chiqarishga joriy etilishi, tibbiyot, ta’lim, madaniyat sohalariga sarflanayotgan xarajatlarning yuqoriligi va atrof-muhit muhofazasiga ajratilayotgan sarf-xarajatlarning (YalM ga nisbatan 3-4 %) yuqoriligi bilan ajralib turadi. miqdoriy ko‘rsatkichlar:
• jahon sanoat ishlab chiqarishining 57 % ;
• jahon qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining 40 % ushbu mamlakatlar hissasi­
ga to‘g‘ri keladi;
b) sifat ko‘rsatkichlar:
• iqtisodiyotning ko‘p tarmoqli tarkibga egaligi. Xizmatlar sohasi ushbu mamlakatlar yalpi ichki mahsulotining 60 %dan ortig‘ini tashkil etadi;
• jahon tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishdagi ulushining yuqoriligi. Ushbu mamla­
katlar hissasiga tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishning 80 %ga yaqini to‘g‘ri keladi;
• jahon ilmiy-tadqiqot ishlanmalari va yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishdagi ulushining yuqoriligi. Ular hissasiga ushbu mahsulotlarning 90 %ga yaqini to‘g‘ri keladi;
• aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YalM hajmining jahondagi o‘rtacha ko‘rsat-
kichga nisbatan 3,8 martaga (2012-yil) yuqoriligi (1962-yilda — 3,6 marta). Ush­bu ko‘rsatkich 12390 ming dollardan (Vengriya) 98860 ming dollargacha (Norvegiya) tebranib turadi;
• jamiyatning ijtimoiy tarkibida tabaqalashuv darajasining pastligi va yuqori turmush darajasi standartlariga ega o‘rta sinf mavjudligi.
XXI asrning boshida rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar guruhi
G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika, Osiyo, Avstraliya va Okeaniyada joylashgan qirqqa yaqin mamlakatlarni o‘z ichiga oladi. Ularning 34 tasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)1 a’zosi hisoblanadi. Ushbu mamlakatlarni jahon iqtisodiyotida tutgan o‘rniga qarab uch guruhga boiish mumkin.
Birinchi guruhni «Katta yettilik» mamlakatlari tashkil etadi: AQSh, Yaponiya,
Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada va Italiya. Katta yettilik mamlakatlari
jahon xo‘jaligi tizimining rivojlanish yo‘nalishlarini va barcha davlatlarda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tendensiyalarini belgilab beradi. Bu yetakchilik mamlakatlar hududining hajmi va aholisining soni bilan emas, balki jahon iqtisodiyotidagi o‘rni, yuqori mehnat unumdorligi, fan va texnika sohasidagi ulkan yutuqlari bilan belgilanadi.
Ikkinchi guruhni hududiy jihatdan nisbatan katta boimagan, yuqori ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ega (Avstriya, Belgiya, Daniya, Niderlandiya, Shvetsiya va b.) mamlakatlar tashkil etadi. Ushbu mamlakatlarning ba’zilari jahon tovarlar va xizmatlar savdosida yetakchi o‘ringa ega.

4-Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining tarkibi


XXI asrning boshlariga kelib rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining tarkibi pos­
tindustrial tarkibga ega bo‘la boshladi. Tahlillar ko'rsatishicha, rivojlangan mamla­
katlar iqtisodiyotining tarkibida 1980-yilda birlamchi (qishloq xo'jaligi, qazib chi­
qarish, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi) tarmoqlarning ulushi yalpi ichki mahsulotga
nisbatan 3,5 %ni tashkil etgan boisa, 2009-yilda 2 % gacha qisqargan. Ushbu vaqt
ichida ikkilamchi tarmoqlar (sanoat va qurilish) ulushi 33,5 %dan 26 % gacha qis-
qargani holda, uchlamchi tarmoqlar (xizmatlar sohasi) ulushi 63 %dan 73 % gacha
oshgan3
Download 48.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling