1-Jahon xo‘jaligining mohiyati
-Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish
Download 48.5 Kb.
|
2-Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish
jihatdan guruhlanish asoslari Jahonda 193 ta mustaqil davlat, 61 ta qaram hudud va 6 ta nizoli hudud mavjud. Xalqaro statistikada «davlat» tushunchasi emas, balki «mamlakat» tushunchasi qo‘llaniladi. Chunki mamlakat albatta siyosiy mustaqillikka ega bo‘lishi majburiy emas. Siyosiy-geografik ma’noda mamlakat — bu muayyan chegaralarga ega, davlat suverenitetidan foydalanuvchi hududdir. Jahon iqtisodiyotidagi o‘zgarishlarni miqdoriy jihatdan aks ettiruvchi xalqaro statistika nuqtayi nazaridan esa «mamlakat» tushunchasi iqtisodiy ma’noda qo‘llanilishi va «iqtisodiyot» tushunchasi bilan mos keladi. Ushbu tushuncha davlatning muayyan hududini, masalan, Xitoy tarkibiga kiruvchi Tayvan va Gonkongni alohida iqtisodiy hudud sifatida ifoda etishi mumkin. Tayvan Xitoyning boshqa subyektlari singari uning ma’muriy okrugi hisoblanadi. Gonkong Syangan hududining inglizcha nomi bo‘lib, Buyuk Britaniya tomonidan 1898-yilda Xitoydan ijaraga olingan. 1984-yil sentyabr oyidagi Xitoy-ingliz deklaratsiyasidan so‘ng 1997-yilning iyul oyida Gonkong ustidan Xitoy suvereniteti o‘matildi. Hozirgi kunda Gonkong Xitoy hududlaridan biri hisoblanadi va yarim avtonom subyekt sanaladi. Gonkong xalqaro kelishuvga muvofiq Xitoy Xalq Respublikasidan alohida o‘z mustaqil hukumatiga ega. Tayvan va Gonkong Xitoyning siyosiy-ma’muriy hududlari hisoblanishiga qaramasdan xalqaro statistikada ular alohida mamlakatlar sifatida hisobga olinadi. Dunyo mamlakatlari, bir tomondan, biri-biridan iqtisodiyotining hajmi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, institutsional va madaniy xususiyatlari bilan farq qilsa, ikkinchi tomondan, ular muayyan o‘xshashliklarga ham ega. Ushbu holat dunyo mamlakatlarini tahliliy va statistik maqsadlarda guruhlarga ajratish, jahon iqtisodiyotining tarkibi va rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish maqsadida muayyan mezonlar bo‘yicha tasniflash imkonini beradi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi kompleks va umumlashtiruvchi ko‘rsatkich hisoblanadi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi: • aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YalM/YaMM; • iqtisodiyotning tarmoq tarkibi; • aholi jon boshiga mahsulotlarning asosiy turlarini ishlab chiqarish (alohida tarmoqlarning rivojlanish darajasi); • aholi turmush darajasi va sifati; • iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichi. Iqtisodiy adabiyotda, ommaviy axborot vositalarida mamlakatlarni guruhlashning «standart tasnifi» nomini olgan yondashuv keng tarqalgan. Yaqin vaqtlarga qadar ushbu yondashuv Xalqaro valyuta fondi (XVF) tomonidan «Jahon iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollari» (World Economic Outlook) deb nomlanuvchi yillik hisobotlarida qo‘llanilgan. Standart klassifikatsiyada mamlakatlar uch guruhga ajratiladi: rivojlangan, rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari. Ular jahon iqtisodiyotining tarkibini tashkil etadi va jahon aholisi, yalpi ichki mahsuloti va jahon savdosidagi ulushini tavsiflaydi. Standart tasnifi biron-bir qat’iy miqdoriy mezonga ega emas. U mamlakat iqtisodiyotining tarkibiy jihatlari, xo‘jalik faoliyatining tashkiliy tamoyillari, institutsional va madaniy xususiyatlari hamda joriy iqtisodiy muammolarini hisobga oladi. Download 48.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling