1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni


Deni Didro, Iosann Genrix Pestalosining pedagogik ta’limoti mohiyati nimada


Download 334.94 Kb.
bet64/106
Sana18.06.2023
Hajmi334.94 Kb.
#1598392
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   106
Bog'liq
A.Temur

60 Deni Didro, Iosann Genrix Pestalosining pedagogik ta’limoti mohiyati nimada
Deni Didro (Diderot) (1713.5.10, Langr — 1784.31.7, Parij) — fransuz faylasufi, yozuvchisi, maʼrifat-parvari. 1751—80 y.larda "Ensiklopediya yoki fan, sanʼat va kasb-hunarlarning izohli lugʻati" (1—35-jildlar)ning asoschisi va muharriri. Falsafiy va badiiy asarlar yaratdi. "Koʻrlar haqida koʻzi ochiqlarga oʻgitnoma" (1749), "Tabiatni tushuntirishga oid fikrlar" (1754), "D’Alamber tushi" (1769), "Materiya va harakatning falsafiy prinsiplari" (1770) asarlarida maʼrifatli monarxiya tarafdori boʻlgani uchun absolyutizmni, xristian dini va cherkovini ayovsiz tanqid qildi, sensualizmga tayangan holda materialistik gʻoyalarni himoya etdi. D. barcha mavjudotga materiyaning turli shakllari sifatida qaradi. Uning fikricha, materiya sifat jihatdan turlicha, unda oʻz-oʻzidan harakat, rivojlanish mavjud. D.ning adabiyotdagi roli realizm uchun kurashi bilan belgilanib ("Fatalist Jak va uning xoʻjayini" romani, 1773; "Rohiba" qissasi, 1760), uning bu kurashi tasviriy sanʼat haqidagi ("Salonlar", 1759—81) va teatr toʻgʻrisidagi ("Aktyor toʻgʻrisida paradoks", 1773—78) tanqidiy asarlarida ham ifodalangan. D. xalq taʼlimi toʻgʻrisidagi asarlarida ped.ning juda koʻp muammolarini (xalq taʼlimi tizimi, oʻqitish uslublari va h. k.) bayon etgan. U xalq taʼlimining davlat tizimi loyihasini tuzgan, yoppasiga bepul boshlangʻich taʼlim qoidalarini, taʼlim hamma tabaqa uchun bir xil boʻlishini himoya qilgan. Nochorlarning bolalariga davlat tomonidan moddiy yordam koʻrsatilishi zarur, deb hisoblagan. Fizika-mat, va tabiiy fanlar muhimligini uqtirgan. Yaxshi dareliklar tuzish, bu ishga yirik olimlarni jalb qilish haqida yozgan. Oʻrta maktablarda yiliga 4 marta ochiq imtihonlar oʻtkazish, oʻqituvchilikka tanlov eʼlon qilishni maqsadga muvofiq deb bilgan.
61 Adolof Disterbergning pedagogik ta’limoti nimada
62 Pyotr I davrida Rossiyada maktab va pedagogika, M.V. Lomonosovning marifatparvarlik faoliyati va pedagogik qarashlari ahamiyati nimada

Download 334.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling