1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni


Download 331.2 Kb.
bet31/106
Sana03.08.2023
Hajmi331.2 Kb.
#1664883
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   106
Bog'liq
1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada J

Apologetlar – I-II asrlarda vujudga kelgan, “ximoya qilish” demakdir.
Patristika – “ota” (“padre”) so‘zidan kelib chiqqan. Ioan Zlatoust (347-407) 640 ta da'vatidan ko‘pchiligi avliyo Pavel nomalarining sharhi edi. Uning asarlarida Injilni amaliy qo‘llash sof axloqiy masalalar bilan qorishib ketgan.


Sxolastika – yunoncha “shkola”dan olingan (o‘qish joyi, maktab). Buyuk karl saroyida o‘qituvchilik qilganlarni sxolastlar deb nomlashgan. Ularning maqsadi e'tiqod aqlga muvafiqmi, degan savolga javob berish bo‘lgan.

Realizm va nominalizm: O‘rta asr realizm ta'limotiga ko‘ra, umumiy tushunchalar narsalardan oldin ilohiy fikr sifatida mavjud bo‘lgan. Shuning uchun inson umumiy tushunchalarni bilish orqali narsalarning mohiyatini biladi, chunki bu mohiyat umumiy tushunchadan boshqa narsa emas. Namoyondasi Anselm Kenterberiyskiy (1033-1109) inson bilishi faqar aql yordamida amalga oshadi, chunki faqat aqlgina umumiy fahmlash qobiliyatiga ega, degan edi. Nominalizm (lot. nom, ism) qarshi chiqib, aqldan ko‘ra irodani ustun qo‘yadi.
Umumiy tushunchalar yakka narsalar va hodisalarsiz mustaqil mustaqil ahamiyatga ega emas. Yakka predmetlar va hodisalar bizning ongimizda aks etib, ularni mavhumlash va umumlashtirish asosida umumiy belgilarni topamiz. Bu belgilar bir butun jismdagi narsalarga tegishli bo‘ladi. Masalan, biz “odam” tushunchasini olib qarsak, hamma odamlarga xos belgilarni, ya'ni onglilik belgisini topamiz va bu belgi hamma odamlarga xos umumiy va uni boshqa mavjudodlardan farqlaydigan belgilar. Shunday qilib, nominalizm ta'limotiga ko‘ra, umumiy tushunchalar narsalardan oldin emas, balki narsalar undan oldin paydo bo‘lgan.


Universitetlar. yevropa ilm-fani rivojiga universitetlar muhim o‘rin tutadi. Ular bilim va ma'rifatning o‘chog‘i sifatida 1200 yillarda vujudga kelgan. 1400 yillarga kelib, yevropada 23 ta universitet mavjud bo‘lgan. Universitet dasturini juda katta qismini sxolastika bilan shug‘ullanish tashkil etar edi.
Universitetlarning vujudga kelish sabablari mashhur olimlarning faoliyatidir. XII asrda Iteriy Rim huquqining buyuk tadqiqotchisi sifatida mashhur bo‘ladi va talabalar uni eshitish uchun Bolonya shahriga oqib kela boshlaydilar. Natijada Balonya shahri universiteti muvafaqiyatli faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Abelyarning o‘qituvchi sifatidagi shuhrati ko‘p jihatdan Parij universitetining vujudga kelishiga sabab bo‘lgan. Universitetlar, shuningdek, talabalarning chiqishlari natijasida ham vujudga kelgan. Masalan, XII asrda Angliya va Fransiya qirollari orasidagi nizo oqibatida, Angliya talabalariga yaxshi munosabat bildirilmaganligi ularning Parijdan Angliyaning Oksford shahriga ko‘chib o‘tishlariga sabab bo‘ldi. Buning natijasida mashhur Oksford universiteti tashkil topdi. Kembridj universiteti esa Oksford universiteti talabalarining qo‘zg‘alon ko‘tarishi va 1209 yilda ularning Oksforddan Kembridjga ko‘chib o‘tishlari natijasida vujudga keldi.

Download 331.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling