1. Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish


Download 57.63 Kb.
bet1/5
Sana03.12.2023
Hajmi57.63 Kb.
#1798855
  1   2   3   4   5
Bog'liq
bobur mustaqil ish


Reja:

1.Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish.


2. Boshqarmalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi
3. Yuridik shaxslar – turizm sohasidagi notijorat tashkilotlar, ularning ishtirokchilari

Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish natijasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi va Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasini o‘z ichiga olgan Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti tashkil etildi.


Ichki ishlar organlari tizimi isloh qilinganligi munosabati bilan ushbu sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarni o‘zaro muvofiqlashtirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 26-martdagi PF-6196-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2022-yil 1-avgustdagi PQ-339-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti tashkil etilganligi munosabati bilan sohaga oid ayrim qonunchilik hujjatlarini o‘zaro muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojnov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 30-yanvar,
37-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-yanvardagi 37-son qaroriga
ILOVA

Download 57.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling