1. Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish


Boshqarmalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi


Download 57.63 Kb.
bet3/5
Sana03.12.2023
Hajmi57.63 Kb.
#1798855
1   2   3   4   5
Bog'liq
bobur mustaqil ish

Boshqarmalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
– bevosita turizm obyektlari va infratuzilmasi hududlarida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari xizmatini samarali tashkil qilish;
– ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash borasidagi faoliyatiga axborot-texnik jihatdan ko‘maklashish, ular o‘rtasidagi muvofiqlashtirilgan hamkorlik ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish;
– turizm obyektlari va infratuzilmasi hududlarida kriminogen vaziyatni tizimli tahlil qilish, sayyohlarga nisbatan sodir etiladigan huquqbuzarliklar sabablari va sharoitlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Sayyohlik politsiyasining barcha xodimlari maxsus tayyorgarlikdan o‘tadilar, shu jumladan, chet tili kurslari va sayyohlar bilan muloqot qoidalari bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkaziladi.Hozir sayyohlik politsiyasi bo‘linmalarining vazifalari, xodimlarning vakolatlari, huquq va majburiyatlarini aniq belgilab beruvchi to‘laqonli normativ-huquqiy hujjat yaratish zarurati tug‘iladi.
Ushbu ma’lumot O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining barcha bo‘limlariga, shuningdek sayyohlik kompaniyalariga yetkazilishi kerak.
Sayyohlar uchun chet tilida muloqot qila oladigan va yordam bera oladigan xodimning mavjudligi qo‘shimcha qulaylik hisoblanadi. Shuning uchun sayyohlik politsiyasi kabi bo‘linmaning mavjudligi mamlakat turizmining “sifat belgisi” hisoblanadi.
Sayyohlik politsiyaning maxsus bo‘linmalarining muvaffaqiyatli ishlashi uchun ushbu bo‘linmalarning funksiyalari, maqsadlari, vazifalari, xodimlarning vakolatlari, ularning huquq va majburiyatlari, javobgarligini aniq belgilab beradigan, ushbu xizmatini tartibga soluvchi to‘liq normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish kerak.
Shu bilan birga bugungi kunda “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunda politsiya atamasining yo‘qligini inobatga olib sayyohlik politsiyasi bo‘linmalarining huquqiy maqomini qayta ko‘pib chiqish lozim. Shuningdek, sayyohlik politsiyasi xavfsiz turizmni ta’minlashda eng asosiy subyekt bo‘lishiga qaramasdan “Turizm to‘g‘risida”gi qonunda uning vakolatlari, vazifalari ko‘rsatilmagan.
Jumladan, tarkibiy jihatdan sayyohlar ko‘p bo‘lgan shaharlarda doimiy asosda sayyohlik politsiyasi bo‘linmalarini tashkil etish, shuningdek, yirik miqyosda bo‘linmalarni boshqa shaharlarga ko‘chirish imkoniyatini ta’minlash zarur.
Bundan tashqari, zaruratga qarab fuqarolik kiyimida bo‘lgan turistik politsiya funksiyalarini bajaradigan ko‘ngilli talabalarning bevosita ishtiroki ta’minlanishi kerak. Patrul marshrutlari shunday tuzilishi kerakki, patrul guruhlari marshrutning har bir nuqtasida har 5-7 daqiqada paydo bo‘lishi lozim. Bunday bo‘linmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Ichki ishlar vazirligining barcha bo‘limlariga, shuningdek, sayyohlik kompaniyalariga ma’lumot tarzida yetkazilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlarining yuzi bo‘lgan sayyohlik politsiyasi kabi elita bo‘linmasi xodimlari ingliz tilini mukammal bilishlari, doimiy ravishda til
darajasini oshirishlari, boshqa tillarni, jumladan, arab, xitoy, yapon tillarini ham o‘rganishlari kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining asosiy vazifalaridan biri – jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashga ko‘maklashishdan iboratdir. Bugungi kundagi samarali faoliyatini inobatga olib, Milliy gvardiya organlarining vakolatlarini kengaytirish, ya’ni Milliy gvardiya boshqarmalarida turistik bo‘linmalarni tashkil etish taklif etiladi.
b) Ikkinchi vakolatli subyekt – Turistik yo‘nalishlar bo‘yicha temiryo‘l poyezdlari profilaktika inspektorlari bo‘lib, 2019-yil 6-mart kunidagi Prezident qarori bilan tashkil etilgan.
Xavfsiz turizmni ta’minlash maqsadida Ichki ishlar vazirligining Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari transport obyektlarida, birinchi navbatda turizm yo‘nalishidagi poyezdlarda xavfsizlikni ta’minlaydi; transport obyektlarida sodir etilgan jinoyat va hodisalar haqidagi xabar va arizalarni hisobga olish, qayd etish markazlashgan tartibda transportda xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmalarining navbatchilik qismlari tomonidan amalga oshiriladi; transport obyektlari va ularga tutash hududlarda sodir etilgan jinoyatlar bilan bog‘liq bahsli materiallarni ko‘rib chiqishga doir qaror qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan Transport prokuraturasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi; turizm yo‘nalishidagi temiryo‘l transportida harakatlanish davomida sodir etilgan, tegishliligi bo‘yicha ichki ishlar organlariga taalluqli bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish ularda jamoat tartibini samarali ta’minlash uchun kuzatuvchi profilaktika inspektorlari lavozimlarini bosqichma-bosqich joriy etish orqali bevosita poyezdlarning o‘zida amalga oshiriladi; temiryo‘l vokzallari va aeroportlar atrofida yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari buzilishining oldini olish hududiy ichki ishlar organlari bilan birgalikda transportda xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi2.
Xizmat ko‘rsatish jarayonida xavfsizlikni ta’minlashga mas’ul bo‘lgan subyektlar – davlat vakolatlariga ega bo‘lmagan, lekin turizm xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etishi bilan bog‘liq ma’lum miqdordagi huquq va majburiyatlarga ega bo‘lgan turizm sohasidagi tadbirkorlik va boshqa xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi ma’muriy huquq subyektlari hisoblanadi.
Xavfsiz turizmni ta’minlashda tadbirkorlik faoliyatining tabiati va mazmuniga ko‘ra turizm industriyasining subyektlarini bevosita turizm faoliyati bilan shug‘ullanuvchi turoperatorlar, turagentlar, gid-tarjimonlar, gidlar, yo‘l ko‘rsatuvchi yo‘riqchilar, sanatoriy-kurort tashkilotlari tashkil etadi.
“Turizm to‘g‘risida”gi qonunga binoan turoperator va turagentlar – turning davomiyligi va yo‘nalishini, xizmat ko‘rsatish shartlarini, transportda xizmat ko‘rsatish turini, turistning, ekskursantning xavfsizligini hamda ularning mol-mulki muhofaza qilinishini ta’minlash choralarini turistning va ekskursantning roziligi hamda xohishiga ko‘ra o‘zgartirishhuquqiga ega. Fikrimizcha, turoperator va turagentlarning bevosita ushbu faoliyat bilan shug‘ullanayotganini inobatga olib “Turizm to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi 2-qism 4-bandiga turistik resurslarning saqlanishiga ko‘maklashish bilan birga turistlarning xavfsizligini ta’minlashni majburiyat sifatida yuklash lozim. Shu bilan birga turoperator va turagentlar tushunchalarini, vazifa va majburiyatlarini ajratgan holda aniq ko‘rsatish lozim.
Ko‘rsatilayotgan xizmatlar turiga, shuningdek ularni ko‘rsatish uchun foydalaniladigan xo‘jalik faoliyati obyektlari va vositalariga qarab turizm industriyasi subyektlari quyidagilardan iborat:
a) turizm industriyasi obyektlari (mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari, transporti, umumiy ovqatlanish, ko‘ngilochar, jismoniy tarbiya va sport va boshqalar)
egalari;
b) turizm axborot tizimi operatorlari;
d) ko‘rgazma-yarmarka faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar;
e) ixtisoslashtirilgan ommaviy axborot vositalari;
f) o‘yingoh tashkilotlari.

Download 57.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling