1. Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Download 57.63 Kb.
|
bobur mustaqil ish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 314-son qarori bilan tasdiqlangan Temir yo‘l vokzallarida (stansiyalarda) yo‘lovchilar va boshqa shaxslarni, qo‘l yukini, bagajni ko‘zdan kechirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi, 4-bandi oltinchi xatboshisi va 8-bandi “d” kichik bandidagi “Ichki ishlar vazirligining Transportdagi ichki ishlar boshqarmasi” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin. 2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 727-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlariga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadigan maxsus malaka darajasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandidagi “Ichki ishlar vazirligining Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin. 3. Vazirlar Mahkamasining “Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 23-noyabrdagi 939-son qarorining 6-bandi beshinchi xatboshisidagi “Ichki ishlar vazirligining Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasiga” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamentining Xavfsiz turizm boshqarmasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi 669-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan shartnoma asosida turistlar va turistik guruhlarni kuzatib borish bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandidagi “Ichki ishlar vazirligining Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamentining Xavfsiz turizm boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin. 5. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarning qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Ichki ishlar vazirligining Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin. Xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘yicha milliy qonunchilikni takomillashtirish muhim va murakkab masaladir. Milliy va xorijiy davlatlar qonunchiligi tahlili asosida xavfsiz turizmni ta’minlashga mas’ul subyektlarni ikki tizimga: bevosita turizm xavfsizligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan subyektlar va turizm sohasida xizmat ko‘rsatish jarayonida xavfsizlikni ta’minlashga mas’ul bo‘lgan subyektlarga ajratish mumkin. 1. Bevosita turizm xavfsizligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan subyektlar – “sayyohlik politsiyasi” va turistik yo‘nalishlar bo‘yicha temiryo‘l poyezdlari profilaktika inspektorlari. a) “Sayyohlik politsiyasi”. 2017-yilda “Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori asosida xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasi tasdiqlangan. Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekistonda birinchi marta Buxoro, Samarqand, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari ichki ishlar boshqarmalarida xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘yicha boshqarmalar tashkil etildi. Xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘yicha yaratilgan tizim turizm joylarida hamda sayyohlar tomonidan respublika bo‘ylab harakatlanish uchun faol foydalanilayotgan temiryo‘l va havo transporti infratuzilmasi obyektlarida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish chora-tadbirlarini o‘zida birlashtirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5611-hamda 2019-yil 1-fevraldagi “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5647-farmonlariga muvofiq transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini samarali ta’minlashning sifat jihatidan yangi bosqichiga o‘tish maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Toshkent va Surxondaryo viloyatlari ichki ishlar boshqarmalarida xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmalari tashkil etildi1. Download 57.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling