1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni
Texnikaviy gidravlika asoslari
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni
Texnikaviy gidravlika asoslari.
Gidravlika, gidrostatika, suyuqlik, zichlik, og‘irlik, qovushqoqlik, issiqlik o‘tkazuvchanlik, issiqlik siьimi, xarorat o‘tkazuvchanlik, bosim. Gidromexanika - suyuqlikning muvozanati va xarakatini xamda suyuqlik bilan unga to’la yoki qisman cho’ktirilgan jism o’rtasidagi o’zaro ta’sirini o’rganuvchi fan. Sanoat qurilmalarida olib boriladigan issiqliq va modda almashinish jarayonlarining tezligi ko’pincha gidromexanika qonuniyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Gidromexanika konunlari va ulardan amaliyotda foydalanish usullari gidravlika fanida o‘rganiladi Eylerning suyuqlik muvozanat xolatining differensial tenglamasi deyiladi. Suyuqlikning istalgan nuqtasidagi gidrostatik va og’irlik kuchini aniqlash uchun bu tenglamalar sistemasini integrallash kerak. Tenglamalarning integrali gidrostatikaning asosiy tenglamasi bulib, muxandislik xisoblash ishlarida keng qo’llaniladi. Bosim va temperatura ta’sirida o’z xajmini o’zgartirmaydigan yoki siqilmaydigan, o’zgarmas zichlikka ega va ichki ishqalanishi (qovushqoqligi) bo’lmagan suyuqliklar ideal suyuqlik deb aytiladi. Aslida esa xar qanday suyuqlik bosim yoki temperatura ta’sirida o’z xajmini o’zgartiradi. Xar qanday suyuqlikda ichki ishkalanish kuchi va qovushqoqlik bo‘ladi Bosim va temperatura ta’sirida o’z xajmini o’zgartirmaydigan yoki siqilmaydigan, o’zgarmas zichlikka ega va ichki ishqalanishi (qovushqoqligi) bo’lmagan suyuqliklar ideal suyuqlik deb aytiladi. Aslida esa xar qanday suyuqlik bosim yoki temperatura ta’sirida o’z xajmini o’zgartiradi. Xar qanday suyuqlikda ichki ishkalanish kuchi va qovushqoqlik bo‘ladi. Demak, xaqiqatda tabiatda ideal suyuqlik bo’lmaydi, ya’ni barcha suyuqliklar xaqiqiy suyuqlikdir. Ammo ba’zi suyuqliklarning qovushqoqligi juda kichik bo‘ladi. Ular temperatura va bosim ta’sirida o’z xajmini shu qadar kam o’zgartiradiki, bu o’zgarishni amalda xisobga olmasa xam bo‘ladi. Bunday suyuqliklar shartli ravishda. ideal suyuqliklar deyiladi. Bu tushuncha xaqiqiy suyuqlik qonunlarini o’rganishni osonlashtiradi. Elastik suyuqliklarning hajmi temperatura va bosim ta’sirida keskin o’zgaradi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling