1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni
1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni. Jarayonlar, asosiy qurilmalar, fanning maqsadi, axamiyati, rivojlanishi, turlari, gidromexanik, issiqlik, modda almashinish, kimyoviy, mexanik, turg‘un noturg‘un. 1. «JARAYONLAR VA QURILMALAR» FANI MAQSADI VA VAZIFALARI. Kimyo sanoati uchun malakali injener kadrlar tayyorlashda «Kimyoviy ishlab chikarish asosiy jarayonlarii», qisqacha «Jarayonlar va qurilmalar» fani katta axamiyatga ega. Bu fan talabalarga o‘z ixtisosliklarini nazariy jixatdan chuqur egallashga, ularning injenerlik bilimlarini mustaxkamlashga, qanday qilib ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va texnologik qurilmalardan unumli va muqobil rejimda foydalanish mumkinligini o‘rgatadi. «Jarayonlar va qurilmalar» kursida asosiy jarayonlarning nazariyasi, ushbu jarayonlar amalga oshiriladigan mashina va qurilmalarning tuzilish prisiplari va ularni xisoblash uslublari o‘rganiladi. Asosiy jarayonlarni qonuniyatlarini o‘rganish va qurilmalarni xisoblash usullarini tuzishda fizika, kimyo, fizik-kimyo, termodinamika, iqtisod kabi fanlarni fundamental qonunlari asso qilib olinadi. «Jarayonlar va qurilmalar» kursi kimyo sanoatining turli tarmoqlarida ishlatiladigan va tashqi ko‘rinishidan xar xil bo‘lgan jarayonlar va qurilmalarning o‘xshashliklarini aniqlashga asoslanadi. Zamonaviy katta o‘lchamdagi ishlab chiqarish jarayonlarini loyixalashda xam «Jarayonlar va qurilmalar» fanining axamiyati katta. O‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan jarayon avval laboratoriya sharoitida, kichik o‘lchamdagi qurilmalarda o‘rganiladi. So‘ngra olingan tadqiqot natijalari katta o‘lchamdagi sanoat qurilmalarida ko‘chiriladi. Shunday qilib, kichik tizimlarda olingan natijalardan katta sistemalarda foydalanish qonuniyatlari modelllashtirish deb yuritiladi. Modellashtirish «Jarayonlar va qurilmalar» fanining muxim vazafalaridan biri xisoblanadi. (Keyingi darslarta batafsil to‘xtalib o‘tamiz) Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling