1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Filtrlarning turlari.
- Patronli filtr
Filtrlash tezligi. Filtrlash tezligi vaqt birligi ichidagi filtratning xajmini ko‘rsatadi.
Filtrlash tezligi ajratilayotgan suspenziyaning fizik-kimyoviy xossalaricha, xosil bo‘layotgan cho‘kmaning xarakteri, filtrashning xossasi, filtrlash rejimi va boshqa kattaliklarga bog‘liq. Shuni aytib o‘tish kerakki, filtrlash jarayoni laminar rejimda boradi. Filtrlash tezligi quyidagi differensial ifoda bilan aniqlanadi W = dV f /F f d f (7.2) bu yerda dV f - filtratning xajmi, m 3 ; F f - filtrlash yuzasi, m 2 ; d f - filtrlash vaqti, S 2 FILTRLASH TENGLAMASI. Filtrlash jarayonida vaqt o‘tishi bilan bosimlarning farqi va cho‘kmaning gidravlik qarshiligi o‘zgarib boradi. Shu sababli filtrlash tezligi diffrensial ko‘rinishida quyidagicha yoziladi: DV f R 6. W = ---------- = --------------------- (7.3) F f d f (R 2 + R f ) bu yerda R - bosimlar farqi, MPa; - suspenziyaning qovushoqligi, Pa s; Filtrlarning turlari. Kimyo va Kimyo sanoatida ishlatiladigan filtrlar tozalanishi kerak bo‘lgan muxitning kimyoviy ishlash prinsiplari, filtr to‘siqlarining turiga va ish bosimlarning miqdoriga qarab bir necha turlarga bo‘linadi. Texnologiya maqsadlariga ko‘ra filtrlash qurilmalari ikki turga bo‘linadi: 1) suyuqliklarni tozalash filtrlari; 2) gazlarni tozalash filtrlari. Bundan tashqari filtrlar ishlash rejimiga ko‘ra davriy va uzluksiz ishlaydigan bo‘ladi. Patronli filtr. Bu filtrlarda silindrsimon korpusdagi maxsus metall to‘siqga metall yoki keramik trubalardan tayyorlangan yuqori tomoni ochiq bo‘lgan g‘ovaksimon patronlar joylashtiriladi. Patronlarning diametri 15-25 mm bo‘lib, ularga filtrlovchi gazlamalar kiydiriladi. Filtrga suspenziya bosim ostida beriladi, filtrat patronlardan o‘tib, qurilmaning yuqorigi qismida yig‘iladi va shtuser orqali qurilmalardan chiqariladi. Xosil bo‘lgan cho‘kma patronlarning tashqi qismidan siqilgan xavo yoki suv bug‘i yordamida ajratiladi va qurilmaning pastki qismidan chiqariladi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling