1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni
Filtr - presslar. Filtr - press plita va ramalardan tuzilgan bo‘lib, unda ramalarning soni
12 tadan 42 ta gacha bo‘ladi. Ramalarning qalinligi 25-46 mm. Plita va ramalar yon tomonidan ikkita parallel joylashgan sterjenga o‘rnatiladi. Xar bir plitaga filtrlovchi gazlama joylashtiriladi. Rama va plitalar gidravlik qurilma plunjer xosil qilgan bosim yordamida siqiladi. Suspenziya kanalcha orqali ramaning ichiga kirib, filtrlovchi materialdan o‘tadi, so‘ngra yuzasidagi ariqchalar orqali pastga tushadi. Filtrat plitasining pastki qismida joylashgan kanal orqali chiqib, umumiy tarnovga tushadi. Ramaning ikki qismi cho‘kma bilan to‘lganda, suspenziya berish to‘xtatiladi. Shundan so‘ng yuvish uchun suv beriladi. Yuvish jarayoni tamom bo‘lgach, qo‘zg‘aluvchan plita chapga surilib, cho‘kma tushiriladi. Shunday qilib filtr presslarning ish sikli quyidagi jarayonlardan iborat bo‘ladi: 1. Ishga tayyorgarlik ko‘rish 2. Filtrlash 3. Yuvish 4. Filtrdan cho‘kmani ajratib olish Bunday davriy ishlaydigan qurilmalarni ishlatish og‘ir jismoniy qo‘l mexnatini talab qiladi. Bundan tashqari yordamchi jarayonlarni bajarish uchun ish siklining 30 foiziga yaqin vaqt ketadi. Bu filtrlarda ko‘p miqdorda gazlamalar sarf bo‘ladi. 7. Issiqlik o‘tkazish asoslari. Issiqlik, sovuq, jarayon, issiqlik o‘tkazuvchanlik, konveksiya, nurlanish, maydon, qonun, issiqlik almashinish, differensial tenglama, kriterial tenglama. Xar xil xaroratga ega bo‘lgan jismlarda issiqlik energiyasining biridan ikkinchisiga o‘tishi issiqlik almashinish jarayoni deb ataladi. “Issiq” va “sovuq” jismlarning xarorati o‘rtasidagi farq issiqlik almashinishning xarakatlantiruvchi kuchi xisoblanadi. (Yoki muxitlar o‘rtasidagi temperatura farqi jarayonning xarakatlantiruvchi kuchi deyiladi.) Xaroratlar farqi bo‘lganda termodinamikaning ikkinchi qonuniga ko‘ra issiqlik energiyasi xarorati yuqori bo‘lgan jismdan xarorati past bo‘lgan jismga xaraat qiladi va o‘z-o‘zidan o‘tadi. Jismlar o‘rtasidagi issiqlik almashinishi xisobiga sodir bo‘ladi. Issiqlik almashinishida katnashadigan jismlar issiqlik tashuvchilar deb ataladi. Issiqlik o‘tkazish jarayonlari (isitish, sovitish, bug‘larni kondenslash, bug‘latish) kimyo sanoatida keng tarqalgan. Issiqlik tarqalishining uchta prinsipial turi bor: issiqlik o‘tkazuvchanlik, konveksiya va issiqlikning nurlanishi. Bir-biriga tegib turgan kichik zarrachalarning xarakati natijasida yuz beradigan issiqlikning o‘tishi issiqlik o‘tkazuvchanlik deyiladi (yoki konduksiya). Gaz va tomchili suyuqliklarda molekulalarning xarakati natijasida yoki kattiq jismlarda kristall panjaradagi atomlarning tebranishi ta’sirida yoxud metallarda erkin elektronlarning diffuziyasi oqibatida issiqlik o‘tkazuvchanlik jarayoni sodir bo‘ladi. Qattiq jismlarda va gaz yoki suyuqliklarning katlamlarida issiqlik asosan issiqlik o‘tkazuvchanlik issiqlik tarqalish prinsipi asosida tarqaladi. Gaz yoki suyuqliklarda makroskopik xajmlarning xarakati va ularni aralashtirish natijasida yuz beradigan issiqlikning tarqalishi konveksiya deb ataladi. Konveksiya ikki xil 1.Erkin. 2.Majburiy bo‘ladi. Gaz yoki suyuqlik ayrim qismlaridagi zichlikning farqi natijasida xosil bo‘ladigan issiqlikning almashinishi ~tabiiy yoki ~erkin konveksiya deyiladi. Tashqi kuchlar ta’siridagi jarayonni ~majburiy konveksiya deyiladi. (M:suyuqliklarni nasoslar yordamida o‘zatish yoki ularni mexanik almashtirgichlar bilan aralashtirish paytida) Issiqlik energiyasining elektr magnit to‘lqin yordamida tarqalishi issiqlikning nurlanishi deb yuritiladi. Xar qanday jism o‘zidan energiyani nurlatish qobiliyatiga ega. Nurlangan energiya boshqa jismga yutiladi va qaytadan issiqlikka aylanadi. Natijada nur bilan issiqlik almashinish jarayoni sodir bo‘lib, u o‘z navbatida nur chiqarish va nur yutish jarayonlaridan tashkil topadi. Xaqiqiy sharoitlarda issiqlik almashinish aloxida olingan biror usul bilan emas, balki bir necha usullar yordamida yuzaga keladi, ya’ni murakkab issiqlik o‘tkazish jarayonlari amalga oshiriladi. Qurilmalarning ishlash rejimiga ko‘ra jarayonlar ikki xil: turg‘un va noturg‘un bo‘ladi. Uzuliksiz ishlaydigan qurilmalarning turli nuqtalaridagi xarorat vaqt davomida o‘zgarmaydi, bunday qurilmalarda ketayotgan jarayon turg‘un bo‘ladi. Davriy ishlaydigan issiqlik almashinish qurilmalarida xarorat vaqt davomida o‘zgaradi. Bunday qurilmalarda ketadigan jarayon noturg‘un bo‘ladi. (M: isitish yoki sovitish paytida). Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling