1-jild, 5-son (YOʻTA) erkin vohidov she'riyatida davrning dolzarb muammolari talqini ergasheva Marjona Qobilovna
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqYO\'TA0527
- Bu sahifa navigatsiya:
- ARTICLE INFO ABSTRACT
95 YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI AXBOROTNOMASI www.in-academy.uz 1-JILD, 5-SON (YOʻTA) ERKIN VOHIDOV SHE'RIYATIDA DAVRNING DOLZARB MUAMMOLARI TALQINI Ergasheva Marjona Qobilovna Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti , tillar fakulteti , o'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi ARTICLE INFO ABSTRACT Qabul qilindi: 01-May 2023 yil Ma’qullandi: 05-May 2023 yil Nashr qilindi: 08-May 2023 yil Mazkur maqolada Oʻzbekiston Xalq shoiri Erkin Vohidov she'riyatidagi davrining dolzarb muammolari tahlil ostiga olindi. Urush qiyinchiliklari daxshati insonlar qalbida naqadar og'riqli ildiz otgani, Erkin Vohidov yaratgan she'rlar mazmuni orqali yoritib xulosalar berildi. KEY WORDS Ozodlik, ijodkor, Ruhlar isyoni , Nazrul Islom , kommunistik mafkura Xalq ruhiga ozodlik, vatanparvarlik tuygularni singdirishda sheriyatning roli va o'rni beqiyosdir. Sheriyat oziga xos timsollar, ramz va istioralar, ohanglar orqali kishi ruhida shunday buyuk tuygular uygotadiki, ularni qilich va qurol kuchi bilan ham yoq qilib bo`lmaydi. XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlari o'zbek adabiyotda Erkin Vohidov dilbar ohang va samimiy tuyg'ular, quyma fikr va betakror ifodalar, teran ma'no va chuqur falsafa singgan sheriyatni olib kirdi. Shoir, avvalo, o'z davrining ogoh va hozirjavob fuqarosi, nozik didli ijodkori sifatida faoliyat ko'rsatdi, asarlar yaratdi. Shu bois uning she`rlarida nafaqat yurtimizdagi, balki dunyoning qaysidir burchagidagi voqeliklar ham talqinini topganini ko'ramiz. Shoirning ―Gohi poyezd, goh ot bilan, Gohi kezdim piyoda deyishi bejizga emas. Erkin Vohidov ilk sherlaridayoq urush mavzusini (―Ukamning jangi 1952) yumorga asoslangan tasvirda talqin etgan bo'lsa, davrning tezkor va shiddatli voqealariga inson qay darajada tayyor degan muammoga o'ziga xos tarzda javob beradi. Uning ―Fursat – oltin (1962), ―Inson va fursat (1964), ―Bosh tebratar soatkafgiri...(1964), ―Uchi tugik dastro'mol(1966), ―Bong uring kabi sherlarida inson va shiddatkor voqelik, umr va abadiyat munosabati tahlil etiladi. Ushbu she`rlar zamirida jamiyatda tobora ildiz otib borayotgan vaqtni behuda sovurish illati tanqidi orqali umrni, insonni qadrlash g'oyasi ifodalanadi.Erkin Vohidov ijodining deyarli qirq yili sho'ro davriga to'g'ri keladi. Shoir doimo sho'ro davrining so'zda, shiorlarda xalqlar do'stligi-yu, amalda esa faqat bir og'a xalqni ulug'lovchi shovinistik siyosatini his qilib yashadi. Shu bois sobiq Ittifoqdagi boshqa xalqlar tarixi, madaniyati, tili, dini, urf-odatlariga mensimay qarash, oxir-oqibat boshqa millatlarni zimdan yo'q qilib ruslashtirishga olib boruvchi siyosiy yo'lining qanchalik g'ayrimadaniy va g'ayriinsoniy ekanini tanqid qiluvchi she`rlarni yaratdi. Tabiiyki, sho'ro tuzumi sharoitida bu ijodkorlardan ulkan jasorat talab etar edi. Erkin Vohidov ijodida “Ruhlar isyoni” dostoni alohida o‘rin tutadi. Sovet imperiyasi sharoitida milliy respublikalar to‘la mustamlakachilik rejimida yashayogan bir paytda Erkin Vohidovning mustaqillik uchun kurash, Ona xalqi va Ota yurtini ozod ko‘rish Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling