1-jild, 5-son (YOʻTA) erkin vohidov she'riyatida davrning dolzarb muammolari talqini ergasheva Marjona Qobilovna


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana11.09.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1675461
  1   2
Bog'liq
YO\'TA0527



95 
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI 
AXBOROTNOMASI 
www.in-academy.uz 
1-JILD, 5-SON (YOʻTA) 
 ERKIN VOHIDOV SHE'RIYATIDA DAVRNING DOLZARB 
MUAMMOLARI TALQINI 
Ergasheva Marjona Qobilovna
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti , tillar 
fakulteti , o'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 
ARTICLE INFO 
 
ABSTRACT
 
Qabul qilindi: 01-May 2023 yil 
Ma’qullandi: 05-May 2023 yil 
Nashr qilindi: 08-May 2023 yil
 
 
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Xalq shoiri Erkin Vohidov 
she'riyatidagi davrining dolzarb muammolari tahlil 
ostiga olindi. Urush qiyinchiliklari daxshati insonlar 
qalbida naqadar og'riqli ildiz otgani, Erkin Vohidov 
yaratgan she'rlar mazmuni orqali yoritib xulosalar 
berildi.
KEY WORDS 
Ozodlik, ijodkor, Ruhlar isyoni
Nazrul Islom , kommunistik 
mafkura 
 
Xalq ruhiga ozodlik, vatanparvarlik tuygularni singdirishda sheriyatning roli va o'rni 
beqiyosdir. Sheriyat oziga xos timsollar, ramz va istioralar, ohanglar orqali kishi ruhida 
shunday buyuk tuygular uygotadiki, ularni qilich va qurol kuchi bilan ham yoq qilib bo`lmaydi. 
XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlari o'zbek adabiyotda Erkin Vohidov dilbar ohang va 
samimiy tuyg'ular, quyma fikr va betakror ifodalar, teran ma'no va chuqur falsafa singgan 
sheriyatni olib kirdi. Shoir, avvalo, o'z davrining ogoh va hozirjavob fuqarosi, nozik didli 
ijodkori sifatida faoliyat ko'rsatdi, asarlar yaratdi. Shu bois uning she`rlarida nafaqat 
yurtimizdagi, balki dunyoning qaysidir burchagidagi voqeliklar ham talqinini topganini 
ko'ramiz. Shoirning ―Gohi poyezd, goh ot bilan, Gohi kezdim piyoda deyishi bejizga emas. 
Erkin Vohidov ilk sherlaridayoq urush mavzusini (―Ukamning jangi 1952) yumorga 
asoslangan tasvirda talqin etgan bo'lsa, davrning tezkor va shiddatli voqealariga inson qay 
darajada tayyor degan muammoga o'ziga xos tarzda javob beradi. Uning ―Fursat – oltin 
(1962), ―Inson va fursat (1964), ―Bosh tebratar soatkafgiri...(1964), ―Uchi tugik 
dastro'mol(1966), ―Bong uring kabi sherlarida inson va shiddatkor voqelik, umr va abadiyat 
munosabati tahlil etiladi. Ushbu she`rlar zamirida jamiyatda tobora ildiz otib borayotgan 
vaqtni behuda sovurish illati tanqidi orqali umrni, insonni qadrlash g'oyasi ifodalanadi.Erkin 
Vohidov ijodining deyarli qirq yili sho'ro davriga to'g'ri keladi. Shoir doimo sho'ro davrining 
so'zda, shiorlarda xalqlar do'stligi-yu, amalda esa faqat bir og'a xalqni ulug'lovchi shovinistik 
siyosatini his qilib yashadi. Shu bois sobiq Ittifoqdagi boshqa xalqlar tarixi, madaniyati, tili, 
dini, urf-odatlariga mensimay qarash, oxir-oqibat boshqa millatlarni zimdan yo'q qilib 
ruslashtirishga olib boruvchi siyosiy yo'lining qanchalik g'ayrimadaniy va g'ayriinsoniy 
ekanini tanqid qiluvchi she`rlarni yaratdi. Tabiiyki, sho'ro tuzumi sharoitida bu ijodkorlardan 
ulkan jasorat talab etar edi. Erkin Vohidov ijodida “Ruhlar isyoni” dostoni alohida o‘rin tutadi. 
Sovet imperiyasi sharoitida milliy respublikalar to‘la mustamlakachilik rejimida yashayogan 
bir paytda Erkin Vohidovning mustaqillik uchun kurash, Ona xalqi va Ota yurtini ozod ko‘rish 



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling