1-jild, 5-son (YOʻTA) erkin vohidov she'riyatida davrning dolzarb muammolari talqini ergasheva Marjona Qobilovna
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqYO\'TA0527
- Bu sahifa navigatsiya:
- References
96
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI AXBOROTNOMASI www.in-academy.uz 1-JILD, 5-SON (YOʻTA) istagi ushbu asarni yozishga da’vat etadi. Doston yozilgan davr – 1978-1979 yillar aytish mumkinki, Sovet hukumatining buyuk davlatchilik shovinizmi ruhi jo‘sh urgan, dunyoga egalik qilish da’vosi bilan yashayotgan, milliy respublikalarga har tomonlama, ijtimoiy,iqtisodiy, ma’naviy va ruhiy zarba berayotgan, kommunistik mafkura barcha millatlarni yo‘q qilib, yagona sovet xalqini urchitish uchun kurashayotgan davr edi. Ana shu zo‘ravonliklardan chuqur aziyat chekkan shoir, istiqlol uchun kurashning o‘ziga xos badiiy shaklini topadi. Hindistonlik mashhur Nazrul Islomning ayanchli taqdiri, Hindiston ozodligi yo‘lida tortgan mashaqqatlari asosida o‘z kechinmalarini ifoda etadi: Zamin uzra qor quyunin Yog‘dirganda charx-falak. Qish qahriga egmay bo‘yin, Isyon qilar boychechak. Qishga isyon, qaxratonga g‘alayon qilayotgan boychechak xalq orzulari, shoir qalbidagi tuyg‘ular edi. U ozodlik, xurriyat, millat qadru qimmati hamma narsadan ustun bo‘lishini intiqlik bilan kutayotgan iztiroblarini Nazrul Islom faryodi orqali ochadi. O‘zining g‘oyat shiddatkor, dardchil, alamzada tuyg‘ularini ifoda etadi. Hindistondagi mustamlakachilik fojealari va Nazrul Islom kechinmalarini ifodalar ekan, unga Ona yurti O‘zbekistondagi ayanchli holatlarni katta badiiy mahorat bilan uyg‘unlashtirib yuboradi: Manglay tering to‘kib erga, qolding och. Sen olamga ipak berib, o‘zing o‘tding yalang‘och. Bu endi o‘zbek edi, O‘zbekiston edi. Million-million tonnalab paxta yetishtirib, dunyoni kiyintirib, o‘zi yalang‘och qolgan xalqning faryodi edi. Qishin-yozin mehnat qilib yaratgan ne’matlari rohatini o‘zga xalqlar ko‘rib, o‘zi och-nohor yashagan o‘zbekning timsoli edi. Ozodlik, hurriyat shoir qalbida xayqiriqqa, jur’atli, jasoratli chaqiriqqa aylanadi. Albatta, Erkin Vohidov tabiatan o‘ta bosiq, har qanday ziddiyatli holatlarda ham ehtiroslarga berilmay katta aqlga va hayratomuz idrokka suyanar edi. Uning butun vujudi tarbiya va madaniyatning, sharqona donishmandlik va tafakkurning jamul-jami edi. Hamma gap shundaki, bosiq odamning yorilishi qiyin. Bir yorilsa eru ko‘k, osmonu zamin kunpayakun bo‘ladi. Mehri katta odamning qahri ham katta bo‘ladi. Demak, muhabbati kuchli odamning nafrati, bosiqning isyoni dahshatli. Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki , Erkin Vohidov asarlarini o'qiganingizda , ularda inson azobini ko'rgandek bo'lasiz. Erkin Vohidov hech bir she'rni shunchaki yozmaydi, balki ularning har birida hayotning muhim masalalarini , inson bilan bog'liq haqiqatning yangi yangi qirralarini kashf etadi. References: 1. Karimov I. Ozbekiston iqtisodiy siyosatining ustivor yonalishlari. T.“O`zbekiston”. 1993. –B. 19. 2. "Erkin Vohidovning so'z qo'llash mahorati " Respublika ilmiy amaliy anjumani materiallari . Guliston -2020 3. Vohidov E. Saylanma. 1-Kitob.- T, Sharq, 2001 - B. 4. 4. Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari . - T, 1993 5. Rasulov A. Ilmi g'aribni qo'msab. - T: Ma'naviyat, 1998 Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling