1. Jismoniy rivojlanishi Funksional holati


Kuch chidamliligini aniqlash testlari


Download 58.62 Kb.
bet4/7
Sana30.04.2023
Hajmi58.62 Kb.
#1414525
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-ma\'ruza sport — копия

Kuch chidamliligini aniqlash testlari..
Qayrilgan qo‘llarda osilib turish. Bola yashik ustida turadi, boshi turnikning tepa qismida joylashgan. So‘ng oyog‘ini yashikdan uzib osilib turadi. Boshi turnikning tepasidan pastga
tushish vaqti sekundomer bilan o‘lchanadi. Kerakli anjomlar: Turnik, yashik, sekundomer.
Yotgan xolatda oyoqlarni tepaga ko‘tarish. Bola orqasiga yotgan xolatda, buyruq bilan oyog‘ini tepaga ko‘taradi va tushiradi, yelkasini bosib turish kerak. 30 sekund davomida ko‘tarilishi xisobga olinadi. Test 5-7 yoshar bolalar uchun mo‘ljallangan.
Kuch-tezlik xususiyatlarni aniqlash bo‘yicha testlar.
Joyidan uzunlikga sakrash. Bu usulni xonada va tashqarida o‘tkazish mumkin. Sakrash qum bilan to‘ldirilgan, 1x2m hajmdagi chuqurlikda amalga oshiriladi. Ob-havo yomonlashganda sportzalda o‘tkazish mumkin, bu uchun maxsus rezin yo‘lakcha kerak. Bola chiziqda turib ikki oyog‘ida sakrashni bajaradi. O‘lchash sakrash chizig‘idan boshlab, oyoqni orqa qismi tushgan joyigacha hisoblanadi. Eng yaxshi urinish hisobga olinadi. Kerakli anjomlar: metr, bo‘r, maxsus rezin yo‘lakcha yoki qum to‘ldirilgan chuqurlik. Test 3-7 yoshar bolalar uchun mo‘ljallangan.
Og‘ir (1 kg) koptokni tik turgan holatda uloqtirish. Sinov
10 metrga teng uzunlikdagi maydonchada o‘tkaziladi. Bola chiziqda tik turgan holatda, boshi orqasidan ikki qo‘llab, oyog‘ini yerdan uzmasdan harakatni amalga oshiradi. Harakat bajarganda oldinga siljish mumkin. Sinov 3 marta takrorlanadi. Eng yaxshi natija hisobga olinadi. Test 3-7 yoshar bolalar uchun mo‘ljallangan. Test uchun kerakli anjomlar: og‘ir koptok vazni - 1 kg, bo‘r va uloqtirish uchun chiziq chizilgan maydoncha.

Yengil koptokni uzoqqa uloqtirish.


Test asfalt qoplamli yo‘lakchada o‘tkaziladi. Uloqtirish hududining eni 3m, uzunligi 15-20 m bo‘lishi kerak. Yo‘lakchada har bir metr bo‘r bilan belgilanadi. Tarbiyachi buyruq berganida bola chiziqda turib bitta qo‘li yordamida koptokni uloqtiradi, uloqtirganda oyoqlar turishini o‘zgartirish mumkin emas. Sinov 3 marta takrorlanadi. Eng yaxshi natija hisobga olinadi. Test 3-7 yoshar bolalar uchun mo‘ljallangan.
Test uchun kerakli anjomlar: yengil koptok yoki 200 grammli qum qopchalari- 3 dona, bo‘r, ruletka, belgilangan yo‘lak.

Download 58.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling