1. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i qachon joriy etilgan?


Download 22.12 Kb.
Sana15.03.2023
Hajmi22.12 Kb.
#1269891
Bog'liq
Melimurodov Rahimbek masala test


1. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i qachon joriy etilgan?
A) 1993-yil 1-yanvardan
B) 1994-yil 1-martdan
C) 1994-yil 1- yanvardan
D) 1993-yil 1-martdan
2. Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i qachon joriy etilgan?
A) 1992-yil 1-yanvardan
B) 1992-yil 1-martdan
C) 1993-yil 1- yanvardan
D) 1993-yil 1-martdan
3.Mol-mulk solig‘ida obyektning o‘lchov birligi nima?
A) ming.so‘m
B) yer maydoni(gektar)
C) kv.metr
D) dekalitr
4.Toshkent shaxrida 1 kv. metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymat?
A) 1.8 mln
B) 2 mln
C) 2.2 mln
D 1.5 mln
5.Jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘ini qaysi muddatlarda to‘laydilar?
A. 15-yanvar va 15-iyulga qadar.
B. 15-aprel va 15-oktabrga qadar.
C. 1-dekabrga qadar.
D. 15-iyun va 15-dekabrga qadar.



S

1

2

3

4

5

J

C

A

C

D

B

1-MASALA:


Pensioner kvartirasining kadastr qiymati 150 000 000 ming so‘mni, umumiy maydoni esa 82 kv. metrni tashkil etadi. Mazkur pensioner uchun 2023-yilda to‘lanishi lozim bo‘lgan mol-mulk solig‘i summasi hamda imtiyoz summasini hisoblash lozim.
Yechish:
-Ko‘chmas mulkning kadastr qiymati: 120 000 000 so‘m.
-Umumiy maydoni: 82 m2.
Soliq kodeksiga asosan umumiy maydoni 200 kv.m gacha bo‘lgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari uchun mol-mulk solig‘i stavkasi, mol-mulkning kadastr qiymatiga nisbatan 0,23 % ni tashkil etadi. Pensionerlar 60 gacha imtiyozga ega. Shunga ko‘ra mazkur pensioner uchun 2023-yilda to‘lanishi lozim bo‘lgan mol-mulk solig‘i summasi:
Pensioner uchun imtiyoz summasi:
150 000 000 * 0,23%-74 049 =345 000-74 049 =270951 so‘m
Mol-mulk solig’i summasi :
(150 000 000* 0,23%)-270951 so‘m= 74 049 so‘m
2-MASALA:
Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan jismoniy shaxsga tegishli turar joy kadastr qiymati 115 mln.so‘mni, umumiy maydoni 62 kv. metrni tashkil etadi. 2023-yilda mazkur turar joy bo’yicha to’lanishi lozim bo’lgan mol-mulk solig’i qanday hisoblanadi?

Yechish:
-Turar joyning kadastr qiymati: 115 000 000 so‘m.


Soliq kodeksiga asosan umumiy maydoni 200 kv.m gacha bo‘lgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari uchun mol-mulk solig‘i stavkasi, mol-mulkning kadastr qiymatiga nisbatan 0,23 % ni tashkil etadi. Shunga ko‘ra mazkur ko‘chmas mulk bo‘yicha soliq summasi:
115 000 000 * 0,23 % = 264 500 so‘m.
3-MASALA:
Toshkent shahri markazidagi xonadonning kadastr qiymati 1,5 mlrd. so‘mni, mulk egallagan maydon esa 515 kv. Metrni tashkil etadi. 2023-yilda mazkur xonadon bo’yicha to’lanishi lozim bo’lgan mol-mulk solig’i qanday hisoblanadi?
Yechish:
-Ko‘chmas mulkning kadastr qiymati: 1 500 000 000 so‘m.
-Umumiy maydoni: 515 m2.
Soliq kodeksiga asosan umumiy maydoni 500 kv.m dan ortiq bo‘lgan shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar uchun mol-mulk solig‘i stavkasi 0,4 foiz etib belgilangan. Shunga ko‘ra mazkur ko‘chmas mulk bo‘yicha soliq summasi:
1 500 000 000 x 0,4% = 6 000 000 so‘m.
4-MASALA:
Bo‘stonliq tumani Navro‘z mahallasidagi ipak qurti yetishtiradigan korxonaga tegishli mulkning kadastr qiymati 160 mln. so‘mni, mulk egallagan maydon esa 210 kv. metrni tashkil etadi. 2023-yilda mazkur noturar joy bo’yicha to’lanishi lozim bo’lgan mol-mulk solig’i qanday hisoblanadi? 2023-yilda mazkur xonadon bo’yicha to’lanishi lozim bo’lgan mol-mulk solig’i qanday hisoblanadi?
Yechish:
-Ko‘chmas mulkning kadastr qiymati: 160 000 000 so‘m.
-Umumiy maydoni: 210 m2.
Soliq kodeksiga asosan umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq bo‘lgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari (shahardan tashqari) uchun mol-mulk solig‘i stavkasi 0,33 foiz etib belgilangan. Soliq imtiyoziga ko’ra ipak qurti yetishtiradigan korxonalar 50% soliq chegirilib to’lanadi. Shunga ko‘ra mazkur ko‘chmas mulk bo‘yicha soliq summasi:
(160 000 000 *0,33%)*50% = 264 000 so‘m.
5-MASALA:
Toshkent shahridagi kvartiraning kadastr qiymati 150 mln. so‘mni , maydoni esa 70 m2 tashkil etadi. .2023-yilda mazkur kvartira bo’yicha to’lanishi lozim bo’lgan mol-mulk solig’i qanday hisoblanadi?
Yechish:
-Ko‘chmas mulkning kadastr qiymati: 150 000 000 so‘m.
-Umumiy maydoni: 70 m2.
Soliq kodeksiga asosan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari (umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq bo‘lganlari bundan mustasno), boshqa imoratlar, binolar va inshootlar uchun mol-mulk solig‘i stavkasi, mol-mulkning kadastr qiymatiga nisbatan 0,23 % ni tashkil etadi.
150 000 000 x 0,23 % = 345000 so‘m.
Demak, 2023 yil ushbu kvartira uchun to‘lanadigan mol-mulk solig‘i 345000 so‘mni tashkil etadi.
Download 22.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling