1. Jismoniy tarbiya metodikasining asosiy tushunchalari “Mashg‘ulot


Download 121.53 Kb.
bet1/18
Sana18.06.2023
Hajmi121.53 Kb.
#1580339
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
jis tar


1. Jismoniy tarbiya metodikasining asosiy tushunchalariMashg‘ulot” deb – ikki tomonlama to‘g‘ri tashkil etilgan ma’lum bir vaqt bilan chegaralangan maqsad va vazifalarga ega bo‘lgan pedagogik jarayon. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari tarbiyalanuvchilarning holatiga qarab majburiy deb belgilangan. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘quvchilarga jismoniy tayyorgarlikning kichik yo‘nalishini beradi va jismoniy tarbiyaning boshqa yo‘nalishlarini takomillashtirishga yo‘l ochib beradi. Jismoniy rivojlanish- bu kishi organizmi shakl va funksiyalarining uzgarish jarayoni sanaladi. “Jismoniy rivojlanish” iborasi tor ma’noda qo‘llanilganda, u antropometrik va biometrik ko‘rsatkichlarni anglatadi (buy, gavda og‘irligi, ko‘krak qafasi aylanasi, upkalarning tiriklik sig‘imi, qaddi-qomatining holati va boshkalar). “Jismoniy rivojlanish” iborasi keng ma’noda qo‘llanganda, unga jismoniy sifatlar (tezkorlik, epchillik, egiluvchanlik, muvozanat satslay olish, kuz bilan chamalash, kuch, chidamlilik)ham kiritiladi. Jismoniy tayyorligi - bu harakat ko‘nikmalari, malakalari, jismoniy sifatlarning me’yoriy ko‘rsatkichi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun barcha asosiy jismoniy mashq turlari buyicha me’yoriy ko‘rsatkichlar va ularni bajarish sifatiga kuyiladigan talablar ishlab chikilgan. Ular «Ilk qadam» tayanch dasturida ko‘rsatib berilgan. Jismoniy kamolot - bu jismoniy rivojlanishning tarixan shakllangan darajasi va sog‘liqning, xayotga, mexnatga va Vatan ximoyasiga xar tamonlama jismoniy tayyorlanganlikning eng yuqori boskichi. “Jismoniy kamolot” usib boradigan ijtimoiy extiyojlarni ishlab chikarilishi, shuningdek, kishilar ehtiyojining usishiga karab uzgarib turadi. Jismoniy tarbiya - arab tilidan olingan bo‘lib ya’ni “jismoniy” - tan, tana, vujud, “tarbiya” - parvarish, voyaga etkazish - bu jismoniy kamolotga erishishga yunaltirilgan pedagogik jarayon sanaladi. Jismoniy tarbiya jarayonida akliy, ahloqiy, estetik va mexdat tarbiyasi amalga oshiriladi. Jismoniy ta’lim - jismoniy tarbiyaning maxsus bilimlar, harakat ko‘nikma va malakalarini egallashdan iborat bir turi. Jismoniy mashqlar - harakatlar, harakat faoliyatlari, harakat faoliyatining murakkab turlari (harakatli o‘yinlar) bo‘lib, ular jismoniy tarbiya vazifalarini xal etish uchun vosita sifatida tanlab olingan. “Mashq” iborasi harakat faoliyatini bir necha bor takrorlash jarayonini ifodalaydi. Jismoniy madaniyat - umumiy madaniyatning bir kismi, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida tuplangan inson jismoniy kamoloti soxasidagi moddiy va ma’naviy boyliklari majmuasi. Jismoniy harakat - ijtimoiy harakatning uz oldiga axoli jismoniy tarbiyasi darajasini oshirish va sportni rivojlantirishga yordam berishni maqsad kilib kuygan maxsus turi. U davlat, jamoat tashkilotlari va xalk ommasining jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish soxasidagi maqsadga yunaltirilgan faoliyatini kuzda tutadi.

Download 121.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling