G ips betonli devorbop materiallarni ishlab chikarilishi Reja: Gipsbeton
Download 40.84 Kb.
|
G ips betonli devorbop materiallarni ishlab chikarilishi
G ips betonli devorbop materiallarni ishlab chikarilishi Reja: Gipsbeton Gipsli bog'lovchilar Gips ishlab chiqarish. Gips bog'lovchisining qotishi. Gipsning asosiy xossalari. Gips bog'lovchisining ishlatilishi. Gipsbeton Gipsbeton qurilish gipsi va yuqori mustahkamlikdagi gips asosida tayyorlanadi. Gips tarkibiga sement va pussol an qo'shimchalar kiritilib, namlikka va suv muhitiga chidamli betonlar tayyorlanadi. Gipsbetonning o'rtacha zichligini kamaytirish uchun g'ovak to'ldirgichlar (keramzit, agloporit, shlakli petnza va shu kabilar) ishlatish, kvars qumini qisman yengil qumlar yoki yog'och qipig'i, qayta ishlangan lignin va shu kabilar bilan almashtirish mumkin. Gipsbetonning egilishdagi mustahkamligini oshirish uchun yog'och tolasi, qog'oz sanoati chiqindilari, tekstil chiqindilari va sintetik tolalar kabi dispers armaturalovchi qo'shimchalar qo'shish kerak. Kichik o'lchamdagi elementlar, bloklar, toshlar alohida quyiladi. Katta o'lchamdagi buyumlar esa uzluksiz prinsipda ishlaydigan vibroprokat stanlarda tayyorlanadi. Gipsbeton tayyorlash jarayonini tezlashtirish uchun qolipdan yechilgan buyumlar quritish kameralarida quritiladi. Gipsbetonlarning o'rtacha zichligi to'ldirgichlarning turiga va suvning sarfiga bog'liq bo'lib, 1000-1600 kg/m3. U siqilishidagi mustahkamligiga ko'ra M25 va M50. Gipsbeton binoning ichki devorlarida ishlatilgani sababli suv shimuvchanlik va sovuqqa chidamlilik bo'yicha talablar qo'yilmaydi. U yaxlit va yig'ma pardevor, ichi bo'sh plitalar va bloklar tayyorlashda ishlatiladi. Plitalar qamish, yog'och tolalari va xascho'plari, po'lat simlar, tekstil sanoati chiqindilari, sintetik tolasimon materiallar bilan kuchaytiriladi.Armatura sifatida po'lat simlar ishlatilganda korroziyadan saqlash maqsadida sement-kazeinli, bitumli, polimerli kompozitsiyalar bilan himoyalanadi. Nam sharoitda gipssement- pussolan bog'lovchilar asosida tayyorlangan buyumlar (bloklar, toshlar, panellar) ishlatish maqsaaga muvofiqdir. Bunday betonlar ishlatilgan bino va inshootlar ichidagi nisbiy namlik 75% dan oshmasligi kerak. Qurilish tizimidagips asosidagi betonlarni ratsional sohada ishlatish keramik devorbop materiallarga bo'lgan talabni kamaytiradi va katta miqdorda energiya va ishchi resurslarni tejaydi. Download 40.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling