G ips betonli devorbop materiallarni ishlab chikarilishi Reja: Gipsbeton
Download 40.84 Kb.
|
G ips betonli devorbop materiallarni ishlab chikarilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gips boglovchisining ishlatilishi.
Gipsning asosiy xossalari. Gips bog'lovchisining zichligi 2,6– 2,75 g/sm3, o'rtacha zichligi to'kilgan holatda 800-1100 kg/m3 va zichlangan holatda esa 1250–1450 kg/m3. Uning normal quyuqligi 50-70% suv sarfi bilan ifodalanadi va maydalik darajasi va aralashmalarning miqdoriga bog'liq bo'ladi. Suv sarfini kamaytirish uchun uning tarkibiga organik plastifikatorlar kiritiladi.
Gips quyuqlanish davriga qarab uch guruhga bo'linadi: A – tez quyuqlanuvchan (quyuqlanish boshi 2 daqiqa va oxiri 15 daqiqa); В – normal quyuqlanuvchan (6 daqiqadan 30 daqiqagacha); V – sekin quyuqlanuvchan (quyuqlanish boshlanishi kamida 20 daqiqa). Davlat standarti tomonidan 12 markada gips bog'lovchisi ishlab chiqariladi (MPa): G-2, G-3, G-4, G-5, G-6, G-7, G-10, G-13, G-16, G-19, G-22, G-25. Bunda egilishdagi mustahkamlik chegarasi kamida liar bir marka uchun mutanosiblikda 1,2 dan 8 MPa gacha qiymatda mos bo'lishi kerak. Gips havoyi bog'lovchi bo'lgani tufayli nam sharoitda mustahkamligi kamayadi. Uning namlikka chidamliligini oshirish uchun sement, pussolan minerallar va domna shlaki kukuni, suvga chidamli polimerlar qo'shiladi yoki gipsdan tayyoflangan buyum sirti lok-bo'yoqlar va plyonkalar bilan qoplanadi. Gips bog'lovchisining ishlatilishi. Qurilishbop gips iste'molchilarga qoplangan yoki to'kilgan holda vagon va avtomashinalarda tashiladi. Maxsus qoplanmagan gipsni namlik va ifloslanishdan saqlash zarur, uni uzoq muddat saqlash tavsiya etilmaydi. Qurilishbop gips asosida pardevor plitalar, kichik o'lchamdagi panellar, paz va greben tipidagi qorishmasiz teriladigan yirik bloklar, gipskarton listlar, ventilatsiya va arxitektura qismlari va boshqa buyumlar ishlab chiqariladi; oddiy va murakkab suvoq qotishmalari, manzarali rangli va relyefli qorishmalar tayyorlanadi. Yuqori mustabkamlikdagi gipsning siqilishdagi mustahkamligi 15–25 MPa, undan devor elementlari, yig'ma pardadevor plitalar, arxitektura qismlari tayyorlanadi. Qolipbop gips keramik va chinni-fayans buyumlar ishlab chiqarishda qolip tayyorlashda ishlatiladi. Download 40.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling