1. Juft so'zlar berilgan javobni toping. A aka-uka, ota-ona b do'st-u dushman, el-u yurt


Download 14.12 Kb.
Sana30.12.2022
Hajmi14.12 Kb.
#1072966
Bog'liq
5-sinf ona tili 1-chorak


1. Juft so'zlar berilgan javobni toping.
A) aka-uka, ota-ona B) do'st-u dushman, el-u yurt.
C) opa-singil, daftar-kitob D) Barchasi to`g`ri.

2. Takroriy so`zlarni toping.
A) Toshbaqa, gulsapsar. B) Baland-baland, uzoq-uzoq. C) Qayta-qayta, bir-bir.

D) B va C javoblar.
3. Ikki kishi o'rtasidagi suhbat nima deyiladi? A) Monolog. B) Dialog. C) Hikoya.

4. Kirish so'zlarni toping. A) Ehtimol, albatta, shubhasiz B) Bugun, kecha, ertaga
C) Goh, ba`zan, bir D) Dala-dasht, yaxshi-yomon.

5.Kirish so'zlar qatnashgan gaplarni toping. A) Men ertaga boraman. B) Biz bajaramiz.
C) Kechagi topshiriqni bajardik. D) Albatta, ertaga boraman.

6. Ikki va undan ortiq sodda gapning birikuvidan hosil bo'lgan gap qanday gap?

A) Uyushiq bo`lakli gap. B) Sodda gap C) Qo'shma gap D) Buyruq gap

7. Qo'shma gapni toping.

A) Bulut to`plandi va yomg`ir yog`a boshladi. B) Maktabimiz va sinfimiz chiroyli.
C) Darslik va daftarlarni oling. D) “Bugungi ishni ertaga qo'yma”,- deydi dono xalqimiz.

8. Birovning aynan keltirilgan gapi nima deyiladi?

A) So'roq gap B) Ko'chirma gap C) Darak gap D) Buyruq gap

9. Kirish so`zlar gapning qayerida kelishi mumkin?

A) Boshida. B) O'rtasida. C) Oxirida. D) Barchasi to`g`ri.

10. Muallif gapida kesim bo`ladigan so`zlarni toping.

A) aytdi, dedi. B) shivirladi, pichirladi. C) qichqirdi, baqirdi. D) Barchasi to`g`ri.

11. Mustaqil so'zlarga ta'rif bering
A) Biror so'roqqa javob bo'lib, atash ma'nosini anglatuvchi so'zlar.
B) Mustaqil ma'noga ega bo'lmagan so'zlar. C) Ma'nosi bir-biriga yaqin bo'lgan so'zlar.
D) Sodda gaplarni bog`laydigan so'zlar

12. Fe`l qanday gap bo'lagi vazifasini bajaradi?
A) Kesim. B) Kirish so`z. C) Ega. D) Aniqlovchi.

13. Undalmali gapni toping.
A) O`quvchilar kecha o`tkazishdi. B) Chiroyliroq yoz, Gulchiroy.
C) Gullar, qanday chiroylisiz! D) B, C javoblar.

14. Ko`chirma gapni toping.
A) Yurt tinch- sen tinch. B) Maktabimiz chiroyli.

C) Toza havo- tanga davo. D) “Bugungi ishni ertaga qo'yma”, - deydi dono xalqimiz.

15. O'rin-payt kelishigining qo'shimchasini toping.
A) –ning B) –ni C) –ga D)- da

16. Narsaning uch shaxsdan biriga qarashli ekanligini bildirgan qo'shimchalar qanday qo'shimchalar?

A) Egalik B) Kelishik C) Shaxs-son D) O’rin - payt qo’shimchalari

17. Sifat gapda qanday vazifada keladi?
A) Aniqlovchi B) Kesim C) Ot D) A va B javoblar.

18. Sifat qatnashgan gapni toping.A) Chiroyli ko'ylak sotib oldim. B) Ertaga biznikiga boring. C) Albatta, boraman D) Vazifani bajar.

19. Dialog qanday yoziladi?
A) Qo`shtirnoq ichida. B) Xatboshidan chiziqcha bilan.
C) Satr boshidan boshlanadi. D) Endi bilib olaman.
20. Son qatnashgan gapni toping.
A) Birlashgan o`zar. B) Karima javobda ikkilandi.
C) Beshinchi sinfda o`qiyman. D) Endi bilib olam

21.Yer yuzida qancha til bor ?
A)2000dan ortiq B)3000dan ortiq C)4000 da ortiq D)5000 dan ortiq
22.O’zbek tilida nechta unli tovush bor ?
A)5 ta B) 6ta C) 7 ta D) 8 ta
23.Kul so’zining ma'nodoshlarini toping.
A)kulmoq, irshaymoq, gapirmoq
B)kulmoq, yozmoq, so’zlamoq
C)kulmoq, tirjaymoq, ishshaymoq, hiringlamoq
D)hiringlamoq, kulmoq, gapirmoq
24.Javoblardan qaysi birida zid ma’noli so’zlar berilgan?
A)do’st- dushman, ulkan B)egri, baland, uzun C)shirin qalin toza
D)egri bugri, baland-past, uzun-qisqa, toza-kir
25.“O’zbekiston-mustaqil davlat” bu gapning oxirida nima uchun nuqta ishlatilad?
A)so’roq gap bo’lganligi uchun
B)darak gap bo’lganligi uchun
C)buyruq his-hayajon gap bo’lganligi uchun
D)qo’shtirnoq ichida yozilganligi uchun
Download 14.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling